7.
Microsoft Office paketining tarkibi, funksiyalari va qo‘llanish sohalari.
Microsoft Office XP – amaliy dasturlar paketi bo‘lib, u turli xil mazmundagi masalalarni
yechish imkoniyatini beradi. Microsoft Office ilovalari bir-biri bilan o‘zaro shunday uzviy
bog‘langanki, ularni birgalikda yagona dastur sifatida ham qarash mumkin. Microsoft Office
XPto‘plami bir nechta alohida modullardan tashkil topgan. Bu dasturlar bir-biri bilan muayyan
darajada o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir-biriga o‘xshash rasmiylashtirishlar va vositalariga ega
bo‘lsada, ularning har biri alohida ilova hisoblanadi. Microsoft Office XPning komponentlari
faqat Windows NT, Windows 2000, Windows ME, Windows NT 2000, Windows XP operatsion
sistemalar boshqaruvida ishlaydi.
Microsoft Office XP – paketining tarkibi oltita asosiy ilovalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning
har birini Windows ning alohida dasturlarikabi qarash mumkin. Har bir ilovalar bir-biri bilan
uzviy bog‘langan bo‘lib, ular quyidagi xossalarga ega:
-
Hamma ilovalar o‘zaro o‘xshash interfeysga ega;
-
Bir dasturda yaratilgan hujjatlar, ikkinchisiga oson o‘tkaziladi. Buning uchun bir
dasturning oynasidagi ma‘lumotlar fragmentini boshqa bir oynaga o‘tkaziladi.
-
Office paketi qo‘shimcha ko‘plab modullarni o‘zida saqlaydi. Bu modullar aniq
strukturalarni (masalan tashkiliy diagrammalarni) va hujjatlarga turli xil bezaklarni o‘rnatish
imkoniyatini yaratadi.
-
Fayllarni o‘zaro aloqasini tashkil qilish mumkin. Fayllar o‘rtasida aloqa
o‘rnatilganda, ularning birida ma‘lumotlarni o‘zgartirilishi unga bog‘langan boshqa fayllarda
shunday o‘zgartirishlarni amalga oshirilishini ta‘minlaydi.
-
Office dasturlari internetga kirish imkoniyatini ta‘minlaydi. Bu jarayon fayllarni
yangilashga va ma‘lumotnomali axborotlarni bevosita Microsoft ning web uzelidan olishga
imkoniyat yaratadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |