MS Excel 2010 dasturida funksiyalar bilan ishlash.
MS Excel 2010 dasturida matematik funksiyalar, iqtisodiy funksiyalar, mantiqiy
funksiyalar, matnli funksiyalar, sana va vaqtni ifodalovchi funksiyalar, ko‘rsatkichlar va
massivlar bilan ishlaydigan funksiyalar, statistik funksiyalar, injenerlik funksiyalari,
analitik funksiyalar, belgi va xususiyatlarni tekshiruvchi funksiyalar, o‘zaro bo‘glovchi
funksiyalar mavjud. Bu funksiyalarning ba’zilariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Matematik funksiyalar. Ushbu funksiyalar matematik hisob kitob jarayonida keng
qo‘llaniladigan funksiyalar bo‘lib, ular amaliyotda ko‘p uchraydy. Ularning ba’zilari bilan tanishib
chiqamiz:
ABS (son) - argument qiymatining modulini hisoblaydi;
COS(son) -ko‘rsatilgan sonni kosinusini aniqlash
SIN(son) -ko‘rsatilgan sonni sinusini aniqlash
TAN (son) - sonning tangensini hisoblaydi (radianda);
EXP(son) – berilgan sonning exponensial qiymatini hisoblaydi
LN(son) – berilgan sonning natural logarifmini hisoblaydi
ЗНАК(son)- ko‘rsatilgan xona ichidagi son musbat bo‘lsa 1, 0 ga teng bo‘lsa 0, manfiy bo‘lsa -1
ni chiqaradi
КОРЕНЬ(son) – berilgan sondan kvadrat ildiz chiqarish
ОСТАТ(1-son, 2-son)- 1-sonni 2-songa bo‘lgandagi qoldiq sonni toppish
ПРОИЗВЕД(sonlar) –berilgan sonlarni yoki belgilangan yacheykadagi sonlarni o‘zaro
ko‘paytmasini hisoblaydi
СТЕПЕНЬ(son, daraja) - ko‘rsatilgan sonni kerakli darajaga ko‘tarish
СУММ (xonalar) -xonalardagi sonlarni yig‘indisini topish
ФАКТР(son) – berilgan songacha bo‘lgan sonlarning faktoriali(1 dan shu songacha o‘zaro
ko‘paytmasi)ni hisoblaydi
50
Do'stlaringiz bilan baham: |