nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki xalqimiz ham milliy
tilimizda kechayotgan har
qanday jarayondan boxabar bo'lishi kerak. Tilning o'zlashmalar hisobiga boyib
borishi va ular orqali yangi-yangi narsa
va hodisalarni nomlanishi, ular orqali
anglashiladigan tushuncha va tasavvurlarning aniq bo'lishi, har bir til egasi va
uning
suhbati uchun ham dolzarb hisoblanadi. Til egalari o'zlashma va iboralarni bilib
qo'llasa hayotlarida anglashilmovchilik kam bo'ladi.
Ishning yangiligi. Bitiruv malakaviy
ishimizning yangiligi shundaki, biz konkret
misollar yig'dik, ular asosida lug'at tuzdik va ilmiy jamoatchilik ichida birinchilardan
bo'lib, 315 ta inglizcha o'zlashma so'zni morfologik va semantik tahlil qildik.
Ishning ilmiyligi. O'zlashmalarning morfologik va semantik tahlili obro'li
izohli
lug'atlar, qomuslarga suyanilgan holda qilindi. Biz tomondan chop qilingan lug'at
bilan tanishgan har bir o'quvchi o'zlashmalar borasida o'zining ilmiy va amaliy
bilimlarini oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: