Ruzmetova gulnoza ilxamovna
Iboralarning semantik turlari
Download 367.37 Kb. Pdf ko'rish
|
7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
Iboralarning semantik turlari
Ibora ma'nosi bilan uning tarkibida qo'llangan leksemalar ma'nosi o'rtasidagi munosabat asosida iboraning ikki semantik turi farqlanadi: 1. Frazeologik butunlik. Bunday iboraning umumlashgan ko'chma ma'nosi ibora tarkibidagi leksemalar ma'nosi bilan izohlanadi. Masalan, tepa sochi tikka bo'lmoq iborasi yaxlit holda “g'azablanmoq” ma'nosini - umumlashgan ko'chma ma'noni anglatadi. Bunday ko'chma ma'noga esa kishi darg'azab bo'lganida uning badanidagi tuklarning sezilar-sezilmas harakatga kelishi asos bo'lgan, demak, iboraning ko'chma ma'nosini ibora tarkibidagi so'zlarning o'z ma'nolari bilan izohlash mumkin. 2. Frazeologik chatishma. Bunday ibora ifodalangan ko'chma ma'no ibora tarkibidagi so'zlar anglatgan leksik ma'nolar bilan izohlanmaydi. Masalan, ikki qo'lini burniga tiqmoq iborasi “quruqdan quruq , evaziga hech narsa olmay” ma'nosini ifodalaydi, bu ma'no ibora tarkibidagi so'zlarning ma'nolari bilan izohlab bo'lmaydi: “Kelmagandan keyin, domlaga “ozodlik” olib kelish kerak- da. Bu bo'lsa shumshayib, ikki qo'lini burniga tiqib keldi”. “...Senga ish yo'q!” - deb, bizni quvib yubordi. Katta o'g'lim bilan ikki qo'limizni burnimizga suqib o'z uyimizga bordik”. Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma orasida malum umumiylik va tafovutlar bor. Ularni quyidagicha izohlash mumkin: Umumiylik: 1) ikkalasi ham turg'un konstruksiya sanaladi; 2) ikkalasida ham umumlashgan yaxlit bir ma'no ifodalanadi; 3) ikkalasida ham uslubiy bo'yoq bo'ladi, chunki iboralarning barchasi voqelikni nomlash bilan cheklanmaydi, uni baholash xususiyatiga ham ega; 4) ikkalasi ham nutqda yaxlit holda bitta sintaktik vazifada qo'llaniladi. Farqlari:1) frazeologik butunlik tarkibida so'zlarning ma'nolari iboraning ko'chma ma'nosini ifodalaydi. Frazeologik chatishmada esa so'zlar ma'nosi bilan ibora ma'nosi o'rtasida bunday aloqa yo'q; 2) frazeologik butunlikning ma'nosida ichki obraz saqlanadi: tarkibidagi so'zlarga xos ma'nolar sezilib turganligidan iboraning ma'nosi ko'p qirrali, boy bo'ladi. Frazeologik chatishma ma'nosining gavdalanishida esa ibora tarkibidagi so'zlarning ma'nolari ishtirok etmaydi, shuning uchun unda ichki obraz so'nggan bo'ladi. (8; 220) Download 367.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling