S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova
« NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH
Download 458.9 Kb.
|
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org
« NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISHYURITISH»PREDMETINING MAVZUVIYR E J A S I
-7-
T I L V A N U T Q 1-MAVZU : Tilning ijtimoiy mohiyati R e j a : Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi. Til va tafakkur birligi. Til va nutq. Fikr va nutqning o‘zaro bog‘liqligi. Til va jamiyat. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni. Tayanch so‘z va iboralar :Til – aloqa vositasi. Nutq tilning harakat shakli. Og‘zaki va yozma nutq. Til – tizim. Fonetik, leksik va grammatik birliklar va nutq. Me’yor – til tizimini nazorat qilish vositasi. Nutq insonning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashini aks ettiruvchi omil. Nutq ko‘rinishlari, nutq uslublari. Tabiiyki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda material hisoblangan tilning ahamiyatini hyech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham tafakkursiz bo‘lmaydi» [4, 20-b.]*. Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishini, moddiy asos sifatida xizmat qilishini hali birinchi bosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqichda esa fikrlash natijasida, tafakkur mahsuli reallashmog‘i, ya’ni fikrlash markazi bo‘lgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. Bunda esa tilga bo‘lgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi - u kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi. _______________ * Izohlarga havolani adabiyotlar ro‘yhatidan qarang. -8-
Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik imkoniyati ham tobora kengayishi ma’lum bo‘lib qoladi. Ya’ni, inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko‘magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bo‘lgan munosabatda to‘rtinchi bosqich yuzaga keladi. Shu o‘rinda akademik V.V.Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasi mavjudligini ta’kidlagan edi: aloqa, xabar, ta’sir etish [2, 6-b.]. Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o‘tkazish, hissiyotini qo‘zg‘atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammallashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. Mana shu o‘rinda tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi. [5, 31-bet]. Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug‘vor ijtimoiy vazifani bajaradi. Aytilganlardan anglashilayaptiki, til va nutq tizimida me’yor ham o‘z o‘rniga ega. Binobarin, til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamoa, -9-
Jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar aholi soni, binobarin, ularning tilga bo‘lgan ehtiyoji ham o‘sib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zarurati esa o‘z navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini o‘rganishni taqozo qiladi, nutq jarayonidagi iste’molda bo‘lish xususiyatlarini kuzatishni keltirib chiqaradi. Agar mana shu aytilganlarni boshqacharoq tarzda izohlash mumkin bo‘lsa, til va nutq me’yorini o‘rganish, tahlil qilish kuzatuvchilarning asosiy muddaosiga aylanib qoladi. 1989 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonunini katta quvonch bilan kutib oldik va uni amalda tatbiq etishga ishtiyoq bilan kirishdik. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bo‘lmadi. O‘sha paytda qonuniy bo‘lmasa-da, amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism o‘zbek millatiga mansub kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham bog‘chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya olishga jalb qilganligi, buning ustiga respublikamizda ko‘pmillatli aholining birgalikda yashashlari ana shunday tabiiy to‘siqlardan bo‘lib turdi. Oqibatda ma’lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog‘ozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni o‘tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an’analar o‘z -10- kuchini saqlab turdi. To‘g‘risini aytganda, oradan o‘n to‘rt yildan ortiq vaqt o‘tsa ham bu nuqsonlardan to‘laligicha qutila olgan emasmiz. O‘zbek tilidan foydalanishdagi qiyinchiliklarning ko‘plari bartaraf etilganligini, til amaliyotiga oid masalalarning bosqichma-bosqich hal bo‘lib borayotganini ham kuzatamiz. Buning obyektiv va subyektiv omillari ham bor, albatta. Harqalay o‘tgan vaqt mobaynidagi tildan foydalanish jarayoni bir narsani isbotladi - til me’yoriy muammolarining talqin etilishi va ijobiy hal qilinishi vaqt degan hakamga ham bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi. «Davlat tili haqida»gi Qonun o‘zbek tilining amalda bo‘lishi uchun yangi istiqbollarni ochib berdi. Ona tilimiz qo‘llanish ko‘lamining, ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavqyeining kengayishi, ayni paytda, rus tili tazyiqining susayib borishi ana shu istiqbol yo‘lidagi imkoniyatlar edi. 1991 yilning 1 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi bilan bu imkoniyatlar doirasi yanada kengaydi. Oqibatda tilimizning orfografik me’yorlarini belgilashdagi muammolarni hal qilish yangicha mazmun kasb etdi. 1993 yilning 2 sentyabrida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. 1995 yilning 6 mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida» qaror qabul qilindi. Nihoyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qarori chiqdi. O‘zbek tilining imloviy me’yorlarini belgilash ana shu qonuniy hujjatlarga tayanilgan holda olib borilmoqda. Ayni paytda, 1940 yilning 8 mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti sessiyasi kirill alifbosi asosidagi o‘zbek imlosini qabul qilgan va bu imlo «O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1956 yil 4 aprel Farmoni bilan qonun kuchiga kiritilgan me’yoriy hujjatlardan ham foydalanib kelinmoqda. Binobarin, o‘zbek tilining imloviy me’yorlari hozirgacha ana shu qoidalarga muvofiq amal qilmoqda va bu jarayon, ya’ni kirill alifbosidan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish -11-
Undan keyin esa to‘lig‘icha O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini hayotga joriy qilish to‘g‘risida»gi hamda 1995 yil 6 maydagi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlariga asosan ish ko‘riladi. Download 458.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling