S. Axmadjonova, Fardu dotsenti, A. Qodirjonova Fardu biologiya yo’nalishi 4-bosqich talabasi; Annontatsiya


Download 14.96 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi14.96 Kb.
#1408396
Bog'liq
maqola Qodirjonova (2)


TUTCHILIK VA UNING TARIXI, RESPUBLIKAMIZDA TUTCHILIKNING ISTIQBOLLARI.
S.Axmadjonova, FarDU dotsenti,
A.Qodirjonova FarDU biologiya yo’nalishi 4-bosqich talabasi;


Annontatsiya. Pillachilik qishloq xo’jaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanib, to’qimachilik sanoatida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, tabiiy ipakka bo’lgan talab yuqori bo’lib, undan turli xil qimmatli va sifatli gazlamalar to’qiladi. Ushbu gazlamalarni to’qimachilik, aviatsiya, kosmonavtika sanoatida, radiotexnika, tibbiyot va boshqa sanoat sohalarida keng foydalaniladi. Jadal rivojlanib borayotgan pillachilik sanoatiga xom-ashyo miqdorini yetkazib berish uchun respublikamiz viloyatlarida mavjud bo’lgan duragay tut plantatsiyalarini navli ko’chatlar bilan almashtirish kerak. Buning uchun yangi innovatsion texnologiyalar asosida ko’chatzorlarda ko’plab navli ko’chatlar yetishtirichni ko’paytirishimiz kerak.
Kalit so’zlar : Tutchilik, tut daraxti, ipak qurti, in-vitro, pillachilik, tut navlari.
Tut daraxtining bargi ipak qurtining yagona ozig‘i hisoblansa, uning mevalari shirin va to‘yimliligi hamda shifobaxshligi bilan inson salomatligi uchun nihoyatda bebaho hisoblanadi. Tut daraxti juda qadimiy ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, tarixiy manbalarga ko‘ra, 5000 yil ilgari Xitoyda tarqalib. so‘ngra O’zbekistonda ham o‘stirilib, mevasi iste’mol qilinib, juda noyob hisoblangan, uning bargi bilan ipak qurti boqilib, nafis va mustahkam ipak olingan.[2]
Tut daraxti yer yuzida juda qadimdan o‘sib, uning nomini eronliklar, arablar, turklar, tatarlar, ozarboyjonlar «tut» deb Gruziya va yana ayrim kavkazliklar «tuta» deb ataganlar. Tut turlari lotincha Morus avlodiga va morasiya oilasiga mansub. Tarixiy manbalarning ko'rsatishicha, qora tutning, ya’ni shotut daraxtining vatani Eron, oq tutniki esa Xitoy hisoblanadi, lekin bizning Turkistonda — Turonda ikkalasi ham qadimdan o'sgan. Masalan, Dalvarzintepada topilgan ipak xomashyosi buning dalilidir. Tut daraxti keyinroq Yevropa va Amerikaga tarqalgan.
Tut daraxti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha keng tarqalgan. Tut daraxti turlarining tarqalishi bo‘yicha o‘rganilganda eng ko‘p miqdordagi tut turlari Xitoyda o‘sadi, degan xulosaga kelingan. Yapon olimi Koydzumi tamonidan belgilangan 24 ta turdan 14 tasi Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyoda, ya’ni 58% i Xitoy, Yaponiya va Koreyaga to‘g‘ri keladi. Bu yerda o'sadigan turlar ichidagi xilma-xillik ko‘proq, navlar yangi — yangi xilma-xil navlar undan ham ko‘proqdir. Demak, ushbu mamlakatlar ko‘p asrlardan buyon ipakchilik bilan shug‘ullanib kelganligidan dalolat beradi. Bu mamlakatlarda quyidagi turlar tarqalgan: Morus alba, Morus multicaulis, Morus rotundiloba, Morus acidosa, Morus notabilis, Morus tiliaetolia, Morus cathayana, Morus boninensis, Morus atropurpurea, Morus macroura. Ikkinchi o‘rinda Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari turadi va u yerda tutning 5 ta turi tarqalgan bo‘lib, 21% ni tashkil etadi. Morus rubra, Morus mollis, Morus celtidifolia, Morus microphuelie va Morus insignis. Bu turlar ipak qurti uchun oziqa sifatida ishlatilmaydi. Morus rubra mevasi uchun ko’paytiriladi.[1]
Respublikamizda pillachilik sohasidagi tabiiy ipak miqdorini ko’paytirish, uning sifat ko’rsatkichlarini oshirish, dunyo bozori talablariga javob berish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish uchun ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash, srhosil, kasalliklarga chidamli tut navlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda ipak qurtiga oziqa sifatida 4 ta turi: Oq tut- Morus alba, sershox tut - Morus multisaulis, Kagayama tuti –Morus kagayamae va ipak qurti tuti - Morus bombysis turlariga mansub navlar oʻstiriladi va 1 tur SHotut -Morus nigra turiga mansub qora tut - mevasi uchun oʻstiriladi. [1]
Dunyoning ipakchilik ilm-fani rivojlangan yetakchi davlatlari ilmiy muassasalarida tutning genetik resurslaridan foydalangan holda in-vitro (molekulyar genetika) va payvandlash seleksiya uslubiyotlaridan samarali foydalanib, tutning serxosil, to’yimliligi yuqori, turli iqlim sharoitlariga mos yangi navlarini yaratish va ular asosida intensive hamda buta tutzorlarini tashkil etish borasida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.[3] Jumladan, Respublikamizda ham Ipakchilik ITI mutaxassislaridan iborat "O‘zbekipaksanoat"uyushmasining ishchi guruhi Andijon viloyati Marhamat tumanidagi ‘’Ipak ko’chat klaster’’ fermer xo‘jaligida tut ko‘chati yetishtirish, onalik tutzorlarni, jahon kolleksiyasi doirasida tashkil etilgan tutzorda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda xo‘jalikda 5 mln.dona atrofida sifatli tut ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Shuningdek, joriy yilda ishga tushirilgan "In-Vitro" laboratoriyasida innovatsion usulda tut ko‘chati yetishtirish, issiqxonalarni jihozlash tadbirlari, mavjud muammoli masalalar muhokoma etildi. Laboratoriya usulida maxsus suyuqliklarni o'zaro kimyoviy biriktirish orqali nihollar tayyorlash boshlab yuborilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. U.Abdullaev – Tutchilik T.: Mehnat, 1991. Darslik, 399 bet.
2. Raxmonberdiev K., Muxamedjanova SH. – «Tut selektsiyasi». – T.:. 1988.
3. M.Jo‘raev – O‘zbekiston respublikasida tashkil etilgan tut navlari jaxon kollektsiyasi tarkibiga kiruvchi nav, shakl va duragay tutlar tasnifi. T. «O‘zRFAAK» 2007., o‘quv qo‘llanma 195 bet.
Download 14.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling