S bts-gu-19 talabasi Boqijonova Iqbola savol va topshiriqlar


Download 112.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi112.11 Kb.
#201314
Bog'liq
3.M.JAVOBLAR.



S.BTS-GU-19   talabasi  

Boqijonova Iqbola          

 

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1. Husnixat va uni o`qitish metodikasining predmeti nima? 



2. Husnixat va uni o`qitish metodikasi vazifalarini ayting. 

3. Husnixatga o`rgatishning ijtimoiy ahamiyati nimalardan iborat? 

       4. Yozuv darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish qanday amalga oshiriladi? 

       5. Yozuv daftari ustida ishlashni bilasizmi? 



                                     JAVOBLAR 

 

1.

Boshqa fanlar kabi husnixat o`qitish metodikasining ham o`z predmeti bor. Husnixat o`qitish 

metodikasining o`rgatish predmeti ta’lim berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik 

jihatdan to`g`ri, chiroyli yozishga o`rgatish jarayoni hisoblanadi. 



2.

Boshlang`ich sinf o`quvchilarini husnixatga o`rgatishning asosiy vazifasi ularga husnixat 

yuzasidan amaliy bilimlar berish, tez, to`g`ri va chiroyli yozuvga o`rgatishdir. Husnixat va uni 

o`qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari 

darajasini o`rganadi, o`qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarining sababini aniqlaydi, grafik 

xatolarni tekshiradi va ularning oldini olish, yo`qotish usullarini topadi. 



3.

 O`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati bor. Chiroyli 

yozuv o`quvchida mehnat qobiliyatini shakllantirish, yuklatilgan vazifalarni toza, aniq madaniyat 

bilan bajarishda o`rganish, estetik  didni tarbiyalash, chiroyli yozuv imlo xatolarining oldini 

olishi, xunuk xat o`quvchida yozuvga nisbatan mas’uliyatsizlik hissini uyg`otishi, o`ylamay 

yozishga, imlo xatolariga befarq bo`lishga olib kelishi, chiroyli yozuvning ijtimoiy ahamiyatidir, 

hujjatlar o`qib bo`lmaydigan dastxat bilan yozilsa, o`quvchining ko`p vaqtini olishi va 

tushunmaslikka olib kelishi mumkin. 



4.

 Boshlang’ich sinf o’quvchilariga chiroyli yozuvni o’rgatish savodxonlikning poydevori 

hisoblanadi. Bolalarga chiroyli yozuvni o’rgatishdan maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma 

nutqini ravon qilish hamda ularni xar tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda 

go’zallikga intiluvchi uni yurakdan his qila oladigan go’zallikni yaratishga intiladigan shaxslar 

qilib voyaga yetkazish nazarda tutilgan. Husnixatga o’rgatishning maqsadi esa kichik yoshdagi 

o’quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o’rgatish orqali ularning chiroyli yozuv 

malakalarini shakillantirihdan iborat. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifalar ko’p qirrali 

bo’lib, u nafaqat o’qishga balkim o’quvchilarga chiroyli yozuv orqali behato va ravon yozishga 

va imloviy savodxonlikni oshishiga ahamiyat berishi lozim 



5.

Husnixat darslarida o’quvchilar quyidagi talablarga amal qilishlari lozim.  

         1. Husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan to’g’ri 

shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda xat-savod o’rgatish 

davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi materiallar asosida o’rgatiladi.  



         2.Grafik me‘yorlarga amal qilish. Bunda harflar elementining qiyaligiga, harflar bo’yining 

tengligiga, harflar va so’zlar orasidagi oraliq masofalarning teng bo’lishiga e‘tibor berilishi 

kerak.  

 3.Harflar qiyaligini to’g’ri saqlash. Bolalaming yozuvlari har xil qiyalikda bolishi mumkin. agar 

harflarning asosiy elementlari daftar chizig’iga nisbatan tik holatda bo’lsa, yozuv holati ham tik 

bo’ladi. Harf elementlari o’ng tomonga qiya bolib, o’tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. biz 

o’quvchilarni o’ng tomonga qiya qilib (65°) yozishga odatlantirishimiz lozim. O’ng qol bilan 

yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o’ng tomonga moslashtirilishi faqat harflarning 

shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning qulayligi uchun ham mos keladi. Yozuvning 

qiyaligini to’g’ri saqlash, qo’l va barmoqlarni ortiqcha zo’riqtirmaydi.    Yozuvning o’ng 

tomonga qiyaligini saqlash tirsaklarni bir tomonga erkin yuritish uchun qulay bo’lib, parta 

ustidagi daftarning turish holatiga bogliqdir.   Yozayotganda daftarning holati bir tomonga qiya 

bo’lishi o’z-o’zidan yozuvning qiyaligini ta‘minlaydi.  Yozuvning qiyaligini saqlashda 

daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning 

holati o’zgarsa ham, yozuvning qiyaligi o’zgarmasligi mumkin. shuning uchun qiya chiziqli 

daftarlardan faqat dastlabki paytlarda foydalaniladi.  Qiya yozishga o’rgatishning o’ziga xos 

usullari mavjud. O’quvchilarga dastlab eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarni yozdirib mashq 

qildirish vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalaming farqini o’rgatish zarur.   Buning uchun 

o’qituvchi doskada ikki xil shaklda (qiya va tik) tayoqchalar shaklini yonma-yon yozib 

ko’rsatadi, ularning farqlarini tahlil qilib beradi. Bunday mashqlar xotirada uzoq vaqt saqlanib, 

xatolarning oldi olinadi.  Shuningdek, yozuv qiyaligining togri bolishi uchun daftaming qiya 

olatini ham hisobga olish lozim ekanligi tushuntiriladi va ko’rsatiladi. Daftarning parta ustida 

noto’g’ri turishi gigenik qoidalarning buzilishiga ham sabab boladi, chunki o’quvchi yozuvning 

qiyaligini saqlash uchun gavdasini daftaming notogri holatga moslaydi.  



 

Download 112.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling