S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


na pa lp a lis ); В - u y q u k a sa llig i bilan


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

na pa lp a lis ); В - u y q u k a sa llig i bilan 
psevdosistalar hosil qiladi. Parazitlar kasal- kasallan8an 
o d a m , k a s a l l i k n i n g o x ir g i 
lik tarqatovchi organizmida va sun’iy usulda 
o ‘stirilganda xivchinli shaklda bo'ladi.
Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so'radigan Triatoma infestans qandala- 
sidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5—15 kun davomida 
taraqqiy etadi. Parazitlarni o'ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri davomida 
(2 yildan ortiq umr ko'radi) o ‘zida tripanosomalami saqlaydi va odam uchun xavfli 
hisoblanadi.
Odatda parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlaming har xil yoriqlari, ja- 
rohatlar orqali faol yo ‘1 bilan o ‘tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi 
uxlab yotganida hujum qilib, lab, ko'z va burunmng shilimshiq qatlamlaridan qon 
so'rib oziqlanadi. Ovqatlangan joyiga ko'pincha tripanosomalar bilan lfloslangan 
axlatini chiqazadi va shikastlangan ten orqali tripanosomalar juda osonlik bilan 
odamga o'tadi. Ular ten va shilimshiq pardalammg hujayralarida bir-ikki hafta 
yashab, ko'paya boshlaydi So'ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon 
tomirlarga o'tadi va butun organizmga tarqaladi. Shu davrda odamning tana haro- 
rati ko'tanladi, parazitlar yurak, nerv, hazm sistemasi va retukulo-endotelial or- 
ganlaming hujayralariga o'tib, u yerda yashab qoladi. Kasallikning belgilariga tana 
haroralining ko'tarilishi, jigar va taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzi-
21


lishi kabilar kiradi. Keyinchalik, ularga meningo-ensefalit va miokardit qo'shilishi 
mumkin. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda chagas kasalligi juda og‘ir o ‘tib, 
o ‘limga olib kelishi mumkin. Ayrim m a’lumotlar bo'yicha 14 % gacha bemorlar 
ushbu kasallikdan o'ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yu- 
qadi (tug‘ma ham bo ‘lishi mumkin). Chagas kasalligi ko'pincha qishloqlarda ko'p 
rarqalgandir. Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan xonadon- 
larda, iflos joylarda triatom qandalalaming lichinkalari bemalol rivojlanadi.
Tripanosomalaming bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida parazitlik qilib, 
o g 'ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qoramollarda 
parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei nagana kasalligini qo'zg'atadi (3-rasm).
Nagana kasalligining tarqatuvchisi so'nalardir. Qozog'iston, Turkmaniston, 
O 'zbekistonda va Ural viloyati cho'llarida tuyalar, otlar va eshaklarda Trypano­
soma evansi parazitlik qilib, og'ir “suv o g 'rig 'i” kasalini keltirib chiqaradi. Bu 
parazitning ham tarqatuvchisi so'nalar hisoblanadi.
Otlarda Trvpanosoma equiperdum turi parazitlik qilib, kuyukish (qochirish) 
kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa 
orqali o'tadi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling