S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Parazitologiya: Pedagogika oliy o ‘quv yurtlari talabalari uchun o ‘quv 
qo ‘ll./S.Dadayev; 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’lim 
vazirligi. - Т.: «Platinum Publishers», 2006. - 208 b.
ББК 28.083я73
№ 4 1 4 -2 0 0 6
“O'ZBEKISTON” N M IU , 2006 
© “PLATINUM PUBLISHERS” MCHJ, 2006


SO‘ZBOSHI
Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo'lib, hay­
von yoki o'sim liklarning turli vakillari orasidagi o ‘zaro munosabatning o ‘ziga 
xos ko ‘rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm hisobiga oziqla- 
nishidan iborat. X o‘jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi 
va shuning uchun parazitning hayoti xo ‘jayin orgamzmining hayoti bilan chambar- 
chas bog‘liq. Bu holat esa uzoq evolutsion taraqqiyot davomida shakllangan b o ‘lib, 
murakkab morfo-anatomik, fiziologik, bioximik, ekologik, genetik munosabatlar 
va o'zgarishlam i o ‘z ichiga oladi.
Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari, 
shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolaming tarkibiy 
qismiga aylanib bormoqda. Uning, ayniqsa, tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya 
parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi sohalari jadal nvojlanib bormoqda.
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan, asosan - sarkomastigoforalar
sporalilar, knidosporidiyalar, mikrospondiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida ham­
da ko‘p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikanboshlilar, to ‘garak chu­
valchanglar va bo'g'im oyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq xo ‘jaligiga, 
birinchi navbatda, madaniy o'sim liklar va chorvachilikka katta zarar keltiradi. 
Parazitlar ta ’sirida o ‘simliklar hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligi kes- 
kin kamayadi, hatto ulami nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga 
ham salbiy ta'sir etib, og‘ir kasalliklami keltirib chiqaradi.
Parazit organizmlar to ‘g ‘risida bakalavriat bosqichining biologiya va inson 
hayotiy faoliyati muhofazasi ixtisosligi talabalariga I kursda umurtqasizlar zoo- 
logiyasi fanidan dars o ‘tilganda qisqacha m a’lumotlar beriladi. Lekin bu qisqa 
m a’lumotlar talabalar uchun yetarli emas. Parazitologiya fanimng o ‘qitilishi ta- 
labalaming zoologiyadan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash va kengayti- 
rishga yordam beradi.
Ushbu o'quv qo‘llanmasi o ‘zbek tilida birinchi marta yozilayotganligi uchun
albatta, unda ayrim kamchiliklar bo ‘lishi tabiiy. Shuning uchun ushbu o ‘quv 
qo‘llanmasi bo ‘yicha bizga bildirilgan barcha tanqidiy fikr-mulohazalar, takliflar 
va maslahatlami samimiyat bilan qabul qilamiz va kelgusida, o'quv qo'llanmasini 
qayta ishlash jarayonida, ulami tuzatishga harakat qilamiz.
M uallif
3



Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling