S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Diagnostik gelmintsizlantirish
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
- Bu sahifa navigatsiya:
- G E L M IN T L A R N IN G O R A L IQ XO JA Y IN LA R IN I T E K SH IR ISH
Diagnostik gelmintsizlantirish. Gelmintozlarga aniq tashxis q o'yish uchun ke-
rakli dorilardan foydalanib, hayvon oshqozon-ichagidan birorta gelmint yoki uning lichinka ham da bo'g'inlarini ajratish diagnostik get'mintsizlantirish deyiladi. Diagnostik gelmintsizlantirish hayvonlarning ayrim belgilariga ko'ra jinsiy voyaga yetmagan gelmintlar q o'zg'aydigan kasallik borligiga shubha tug'ilganda o'tkaziladi. Bunday vaqtda boshqa laboratoriya usulidan foydalanib bo'lm aydi. chunki kasallik qo'zg'atuvchi gelmintlar voyaga yetmaganligi sababli tezak yoki boshqa organizmga keraksiz ajratmalar bilan b o 'g 'in , tuxum yoki lichinkalar ajrat- maydi. Diagnostik gelmintsizlantirish uchun kasallanganligiga shubha qilingan 5 -6 bosh hayvon ajratilib, alohiaa boqiladi va ularga terapevtik dozada kerakli antgelmintik bcriladi. So'ngra 1-2 kun ushbu hayvonlarning tezagi to'planib, qo'zg'atuvchini topish uchun gelmintoskopik usulda tekshiriladi. 10 -- P a ra z ito lo fiiy a 145 X o'jalik sharoitida kavsh qaytaruvchi hayvonlarning moniyeziozi, g o ‘shtxo‘r hayvonlarning sestodozlari, cho'ch q a askaridozi va parrandalaming askaridozi kabi kasalliklarga tashxis q o ‘yishda diagnostik gelmintsizlantirish k o ‘proq o ‘tkaziladi. G E L M IN T L A R N IN G O R A L IQ XO JA Y IN LA R IN I T E K SH IR ISH Hayvonlarni tekshirish yo'li bilan gelmintologik sharoitlarning ayrim tomonlari aniqlanadi, xolos. U hayvonlar bilan tashqi muhit o'rtasidagi h am m a munosabat- lami, gelmintozlarning tarqalish y o ila rin i yoritmaydi. Shuning uchun hayvonlar (parazitlarning asosiy x o ‘jayini)dagi gelmintozlarni tekshirish bilan birga oraliq x o ‘jayinlam i ham tekshirib, tanasida gelmintlar lichinkasi bor-yo'qligini bilish kat- ta ahamiyatga ega. Oraliq xo'jayinlarni tekshirish shuning uchun ham zarurki, qator gelmintozlarning qo'zg'atuvchilari biogelmintlar, y a ’ni faqatgina oraliq (ayrimlari qo'shim cha) xo'jayin ishtirokida rivojlanadi. Oraliq xo'jayinni tekshirish va ular- ning tanasida gelmint lichinkalarining bor-yo'qligini aniqlash ju d a oddiy, oson va foydali bo'lgani sababli x o ‘jalikda gelmintozlarning borligini, qanchalik tarqalgan- ligini, hayvonlarga yuqtirayotgan manbai hamda invazion elem entlam ing oraliq x o ‘jayin tanasida saqlanish muddatini aniqlash imkonini yaratadi. Hayvonlarni gelmintologik tekshirish natijasi hamma vaqt oraliq x o ‘jayinlarni tekshirishdan olingan m a ’lumotlar bilan to ‘ldiriladi. Ikkita asosiy va oraliq x o ‘jayinlam i tekshirish natijasigina xo'jalikda gelmintologik sharoitni aniqlash hamda gelmintozlarning prognozini bilib, profilaktika tadbirlarini o ‘z vaqtida tashkil qilish imkoniyati yaratiladi. Molluskalar (chuchuk suvda hamda quruqlikda yashaydiganlari), qisqichbaqasi- monlar (sikloplar, dafniya, yonlab suzuvchilar, suv x o ‘tigi), y o m g ‘ir chuvalchangi, hasharotlar (chivin, ninachi, chumoii va qo'ng'izlar), tuproqda yashovchi kanalar gelmintlarga oraliq xo'jayin b o ‘lishi mumkin. Epizootologik jihatdan har qay- si turdagi oraliq x o ‘jayinning 1 m 2 yaylovdagi sonining eng k o ‘p b o ‘lishi katta ahamiyatga ega. Ular qanchalik k o ‘p, zich b o ‘lsa, hayvonlarni gelmintozlar shun- cha k o 'p zararlashi mumkin. Qum qiikda yashaydigan oraliq x o ‘jayinlar har xil joy- larda: go'ngda, ochiq molxonada, yaylovda vashashi mumkin. G elm intlam ing suv da yashaydigan oraliq xo'jayinlari ayniqsa ariq bo'ylarida, k o'lm ak, suv o ‘tlarida k o 'p bo'ladi. M ana shunday xo'jayinlari k o 'p bo'lgan yaylovlarda boqilgan chorva mollar, parrandalar biogelmintozlar bilan k o 'proq kasallanadi. Oraliq xo'jayinlar tanasidagi gelmint lichinkalarini topish uchun ularni ushlagan zamon (yaxshisi tirik holda) binokulyar, lupa yoki juda katta qilib ko'rsatadigan mikroskopda tekshirish kerak. Gelmint lichinkalari oraliq x o ‘jayin tanasida turli rivojlanish bosqichida b o ‘lishi mumkin, lekin ularning invazion lichinkalari tez- 146 roq k o 'zg a tashlanadi. Oraliq x o ‘jayinlam i tekshirganda m a ’lum turdagi gelmint lichinkalari bilan ular ekstensiv (foiz) va intensiv (lichinkasini) zararlanganligi aniq- lanadi. Xo'jalikda gelmint lichinkalarini topish uchun ko'pincha shoxli q o ‘n g ‘iz, sovut- li kanalar, y o m g ‘ir chuvalchangi, molluskalar, yonlab suzgich, suv xo'tigi, dafniya va sikloplar tekshiriladi. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling