S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


PARAZIT CHUVALCHANGLAR (GELMINTLAR)NING


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

PARAZIT CHUVALCHANGLAR (GELMINTLAR)NING 
UMUMIY TAVSIFI VA TASNIFI. SO‘RG‘ICHLILAR 
(TREMATODA) VA MONOGENIYALAR 
(MONOGENEA) SINFLARI
Gelniintologiya - parazit chuvalchanglar haqidagi fan. Geogelmintlar va bio- 
gehnintlar haqida tushuncha. Odam va hayvoniarda parazitlik qiluvchi yassi chu­
valchanglar tipi vakillarining tavsifi va tasnifi. Odam va hayvoniarda parazitlik 
qiluvchi so 'rg ‘ichlilarning biologiyasi va qo ‘zg 'atadigan kasalliklari. Monogeniya- 
lar sinfi vakillarining tuzilishi, ko'payishi, baliqchilik xojaliklariga keltiradigan 
zarari.
Parazitlik qilib hayot kechiruvcni chuvalchanglar gelmintlar, ular keltirib 
chiqaradigan kasalliklar esa gelmintozlar deb ataladi. Gelmintlami o'rganuvchi fan 
gelmintologiya deyiladi.
Skoletsidalar, y a’ni chuvalchanglar tabiatda eng ko’p tarqalgan hayvonlar guru- 
hini tashkil qiladi. Ularning ko'pchilik turlari suvda va tuproqda erkin holua yashay­
di. Shu bilan bir qatorda o ‘simliklaming to'qim alarida. umurtqasiz va umurtqali 
hayvoniarda hamda odamlaming turli organlarida parazitlik qilib yashaydigan tur­
lari ham oz emas. Skoletsidalar katta tipi o ‘z navbatida yassi chuvalchanglar, tikan- 
boshlilar, to'garak chuvalchanglar, nemettinlar va halqali chuvalchanglar tiplariga 
bo'iinadi.
Parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan birinchi 3 la tiplarida uchraydi. Yas­
si chuvalchanglar tipida 9000 dan ortiq turi, tikanboshlilar tipida 500 ta turi va 
to'garak chuvalchanglar tipida 3000 dan ortiq turi parazitlar hisoblanadi. Halqali 
chuvalchanglar tipida ham 450 dan ortiq turi parazitlik qilib hayot kechiradi.
Jinsiy voyaga yetgan parazit chuvalchanglar, y a’ni gelmintlar asosan umurtqali 
hayvoniarda parazitlik qiladi. Ularning ko'pchiligi endoparazitlar, y a’ni hayvon- 
laming turli ichki organlarida parazitlik qiladi.
45


Gelmintlar rivojlanish sikliga ko'ra biogelmintlar va geogelmintlarga bo'linadi. 
Biogelmintlaming rivojlanish siklida oraliq yoki qo‘shimcha xo'jayinlar ishtirok 
etadi (barcha so‘rg ‘ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshlilar sinflarining 
vakillari va qisman nematodalar sinfining vakillari).
Geogelmintlar guruhiga kiruvchi parazit chuvalchanglar esa oraliq xo'jayinlarsiz 
to 'g 'rid an -to 'g 'ri rivojlanadi. Askarida, ostritsa, trixotsefala va boshqa nematodalar 
shular jumlasidandir.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling