S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


YASSI CHUVALCHANGLAR (TLATHELMINTHES)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

YASSI CHUVALCHANGLAR (TLATHELMINTHES) tipi vakillari gav- 
dasimng uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metr- 
gacha (kashalotlaming ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglar­
dan - Polygonoporus giganticus) boradi. Yassi chuvalchanglar tipiga 15 mingga 
yaqin tur kiradi.
Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o'rtasida dengiz va 
chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki tur- 
bellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning har xil organlarida 
parazitlik qiluvchi juda ko'plab turlari mavjud.
Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va biologiya- 
sida bu hayvonlarning yashash sharoiti ta’sirida vujudga kelgan juda ko 'p o'ziga 
xos xususiyatlari bor. Ularning ayrimiarining rivojlanish sikli ancha murakkab 
kechadi.
Yassi chuvalchanglar tipi o 'z navbatida 9 ta sinfga bo'linadi, asosiylari quyida- 
gilar: 1. Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2. Mono- 
geniyalar (Monogenea) sinfi. 3. So'rg'ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi.
4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5. Sestodasimonlar 
(Cestodaria) sinfi.
Bu yassi chuvalchanglardan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin 
holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirt- 
qichlar bo'lib, bir hujayrali hayvonlar. chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimoniar 
va hasharotiar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari esa parazitlardir.
S O R G ‘lC H LlLA R (TREMAT ODA^ sinfi vakillari haqidagi dastlabki 
m a’lumotlar 17-asrning o'rtalarida paydo bo'lgan. Taniqli italiyalik olim Redi bi­
rinchi marta qoramollar jigarida jigai qurtini topib, uning tuzilishini o'rganadi. 
Shved olimi K. Linney trematodalaming 40 dan ortiq turini o'rganib birinchi marta 
trematodalar sinfiga asos solgan. 1819-yili mashhur gelmintolog olim K.A. Ru­
dolf 220 dan ortiq trematodalar turini o'rganadi. Trematodalarni har tomonlama 
o'rganishda ms olimlari yetakchi rol o'ynaydi. Akademik K.l. Skryabin o ‘z sho- 
girdlari bilan trematodalar bo ‘yicha 26 tomlik kapital asarlar yozgan.
46


Hozirgi vaqtda trematodalar, ya’ni so'rg'ichlilar sinfiga 4000 dan ortiq tur kira­
di. Ulaming deyarli hammasi odam va hayvonlarning turli to'qim a va organlarida 
parazitlik qiladi. Bu sinfga kiruvchilaming hammasi endoparazitlar hisoblanadi.
Trematodalarning rivojlanishi anchagina murakkab, ularning rivojlanishi 
xo'jayinlar va b o 'g 'inlar gallanishi orqali boradi. Demak, so'rg'ichlilar bitta, 
b a’zan ikkita oraliq xo'jayin orqali rivojlanadi. Bunday hollarda ularning birinchi 
oraliq xo'jayinlari albatta suvda va quruqlikda yashovchi molluskalar hisoblanadi. 
Ikkinchi oraliq (qo'shimcha) xo'jayinlari har xil hasharotlar (chumolilar), ulaming 
lichinkalari (ninachi lichinkalari), baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchi- 
larning vakillari bo'lishi mumkin. So'rg'ichlilam ing asosiy xo'jayinlari esa har xil 
turdagi sutemizuvchilar, qushlar va boshqa umurtqali hayvonlar hamda odamlar 
hisoblanadi.
Trematodalarning rivojlanishini oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) misolida 
ko'rib chiqiladi (16-rasm).

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling