Gepatovirus a virusi (gav) tomonidan keltirib chiqariladigan keng tarqalgan


Download 17.33 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi17.33 Kb.
#1794204
Bog'liq
fsdfsdff



Gepatit A – gepatovirus A virusi (GAV) tomonidan keltirib chiqariladigan keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. GAV fekal-oral usulda yuqadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat holatda asimptomatik boʻladi. Boshqa hollarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, sariqlik va qorinda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Jigarga aloqador boʻlmagan belgilari juda kam uchraydi hamda vaskulit, artrit, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pankreatit va Giyan – Barre sindromi qoʻshilib kelishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida oʻz-oʻzidan tuzalib ketadi. Shu xususiyati bilan gepatit B va Cdan ajraalib turadi. Chunki, bu viruslar surunkali kasalliklarga sabab boʻladi. 1% dan kamroq bemorlarda fulminant jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin va bu jigar transplantasiyasini talab qiladi. Fulminant jigar kasalligi rivojlanishi uchun xavf omillariga bir vaqtning oʻzida gepatit C bilan kasallanganlik hamda homiladorlik kiradi. Klinik jihatdan boshqa virusli gepatitlardan farq qilmaydi. Laboratoriya tekshiruvlarida plazma aminotransferaza fermentlari (ALT ASTga qaraganda ancha baland), bilirubin va ishqoriy fosfataza miqdorining ancha oshishi kuzatiladi. Tashxis qonda GAV immunoglobulin Mni aniqlash orqali tasdiqlanadi. Davolash simptomatik boʻlib, asosan dam olish, koʻp suyuqlik ichish, koʻngil aynishi va ich ketishini bartaraf etishdan iborat boʻladi.[1]
Quturish — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli zoonoz kasallik; tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan (qarang Gidrofobiya). Fransuz olimi Lui Paster XIX asrning 2-yarmida quturish kasalligiga qarshi vaksina kashf etdi, shu sababli quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansiyalari deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan soʻng vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi. Qoʻzgʻatuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3—5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud boʻladi.
Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14—16 kun. Shundan keyin bezovtalik, yirtqichlik, xatti-harakatning oʻzgarishi, koʻp soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon oʻlib qoladi.
Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqa jonivorlar tishlaganida yoki soʻlagi teri yuzasiga tushganida yuqadi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun) davom etadi. Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda uzoqroq boʻladi[1].
Gijjalar — bu bir qator parazit chuvalchanglar bo’lib, hayvon va o’simliklar hisobiga yashaydi, ularning ichida rivojlanadi va ko’payadi. Insonlar ham bundan istisno emas. Faqat bizning mamlakatimiz hududida parazitlarning 60 dan ortiq turli mavjud. Statistikaga ko’ra, yer sayyorasining har uchinchi insoni qurt-parazitlar tomonidan zararlangan. Taxmin qilinishicha, dunyoda hayoti davomida biron marta gijjasi bo’lmagan kishi yo’q, har bir kishi hech bo’lmaganda bir marta zararlanadi.
Download 17.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling