S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Q oram ol tasmasimoni (Taeniarhvnchus saginatus)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Q oram ol tasmasimoni (Taeniarhvnchus saginatus). asosan, odam ning in­
gichka ichagida parazitlik qilib hayot kechiradi (26-rasm).
2 6-rasm . Q oram ol tasm asim on i (T aen iarh yn ch u s sagin atu s) n in g rivojlan ish sikli: 
A -asosiy xo 'ja y in - od am , B -bosh q ism i, D -germ afrod it b o ‘g ‘im , E -yetilgan b o 'g 'im , 
F -tu xu m , G -oraliq xo'jayin .
Parazitning tana uzunligi 4 - 1 0 m gacha boradi. Eni esa 12-14 m m atrofida 
b o ‘ladi. Gavdasi bosh (skoleks), b o ‘yin va mingga yaqin proglottidalardan iborat.
Skoleksida 4 ta so ‘r g ‘ichi b o ‘ladi. S o ‘r g ‘ich1ari o ‘rtasida rudiment ko'rinishdagi 
xartumi b o i i b , unda xitinli ilmoqchalar b o ‘lmaydi. Shuning uchun ham qoramol 
tasmasimoni qurolianmagan tasmasimon ham deyiladi.
Jinsiy organlari sistemasi taxminan 200-bo‘g ‘imdan paydo b o ‘la boshlaydi. Ger- 
mafrodit b o ‘g ‘imlarida avval erkaklik, s o ‘ngra urg'ochilik jinsiy a ’zolari yetiladi. 
U ru g ‘donlar soni har bir proglottidda 1000 ga yaqin, bir dona tuxumdoni esa ikki 
b o ‘lakli.
Gavdasining oxiridagi yetuk b o ‘g ‘im laraa bachadon shoxlangan va asosiy bacha- 
don o ‘qidan yon tomonlariga 18-35 tadan o ‘simtalar o ‘sib chiqadi. Bu o ‘simtalar 
o ‘z navbatida yana shoxlanib, butun proglottida yuzasini egallab oladi. Eng oxirgi 
yetilgan proglottidaning uzunligi 16-20 mm, eni esa 4 - 7 mm b o ‘lib, ular strobila- 
dan yakka-yakka ajralib, tashqi muhitga chiqadi.
74


Qoramol tasmasimonining lichinkalik stadiyasi - sistitserk ham parazitlik qilib 
hayot kechiradi. Sistitserkning shakli ovalsimon ko'rinishda, n o ‘xat kattaligiday 
b o ia d i. Uning ichida 4 ta so'rg'ichli skoleksi joyiashgan. Sistitserk qoramollam ing 
go'shti orasida yashaydi va u finna deyiladi. Demak, qoramol tasmasimoni biogel- 
mint bo'lib, odam bu parazitning yagona asosiy xo'jayini hisoblanadi. Qoramol, 
buyvol, zebu va qo'toslar esa oraliq xo'jayinlardir. Odamlar asosan xom, chala pi- 
shirilgan yoki chala qovurilgan finnali mol go'shtini iste’mol qilganda, bu parazitni 
o'zlariga yuqtiradi.
Odam organizmiga tushgan sistitserkning po'sti oshqozon shirasi hamda o 't 
suyuqligi ta ’sirida eriydi va undan chiqqan lichinka so'rg'ichlari yordamida ichak 
devoriga yopishib rivojlana boshlaydi va 2-3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. 
Oxirgi yetilgan harakatchan b o 'g 'im la r bittadan uzilib tashqariga chiqadi. U odam 
organizmida 18-20 yil va undan ham ortiqroq yashashi mumkin va har yili 600 mln. 
gacha, umri davomida esa 1 1 mlrd. gacha tuxum qo'yadi.
Qoramol tasmasimonining odam ichagidagi rivojlanish siklini rus olimlari 
J.K. Shtrom va F.F. Tolizin tomonidan chuqur o'rganiigan. Bu olimlar o 'z ha- 
yotlarini x av f ostida qoldirib, qoramol tasmasimoni tuxumini yutib, uning rivoj- 
lanishini va organizmga ko'rsatadigan ta'sirini o'zlarida tajriba o'tkazib sinab 
ko'rishgan. Ularning olib borgan tajribalariga (1947-y.) k o'ra xo'jayin ichagidan 
har kuni parazitning 10-1 1 yetilgan bo'g'im lari alohida-alohida tashqariga chiqadi. 
Bitta b o 'g 'im d a 145-175 mingtagacha tuxum bo'ladi. Qoramol tasmasimonining 
yetuk proglottidalari odam axlati orqali tashqi muhitga chiqib, turli mexanik va 
fizik ta ’sirlar natijasida yorilib, ichida 6 ilmoqli lichinkasi (onkosfera) bor tuxum 
atrof-muhitga tarqaladi. Voyaga yetgan parazit bir kecha-kunduzda odam organiz- 
midan tashqi muhitga 300 mingdan 5 mln. tagacha tuxum chiqaradi.
Qoramollar yem-xashak, suv va b a ’zan odamning najasini iste’mol qilishi orqa­
li parazit tuxumini o 'ziga yuqtiradi. Mollar oshqozonida shiralar ta ’sirida parazit 
tuxumining po'sti erib ketadi va undan chiqqan lichinka - onkosfera ilmoqchalari 
yordamida m e ’da yoki ichak devorlarini teshib qon tomiriga o'tadi. U qon bilan 
organizmga tarqaladi va skelet muskullari, yurak. ko'z, bosh miya va boshqa or- 
ganlarda o 'm ash ib rivojlanadi. M a ’lum vaqtdan, y a ’ni 4 - 6 oydan keyin n o 'x a t kat- 
taligidagi pufaksimon shaklga aylanadi. Bu davr finna, u keltiradigan kasallik esa 
finnoz deyiladi.
Umuman, qoramol tasmasimonining jinsiy voyaga yetgan davri teniarinxus 
(Taeniarynchus saginatus), keltirib chiqaradigan kasalligi esa teniarinxoz deyiladi. 
Lichinkalik davrida (Cysticercus bovis) hosil qiladigan kasallik esa sistitserkoz deb
75


ataladi. Bundan k o ‘rinib turibdiki, teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistitserkoz 
bilan esa qoramollar kasallanadi.
Teniarinxoz yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika
Avstraliya va Osiyoning ayrim mamlakatlarida odamlar bu kasallik bilan k o ‘proq 
kasallanadi. M D H da teniarinxoz Kavkaz ortida, O 'rta Osiyo respublikalarida, 
Q o zo g ‘istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida k o ‘proq uchraydi. O'zbekiston- 
da bu kasallik, ayniqsa, Xorazm viloyati aholisi o ‘rtasida keng tarqalgan (13%). 
Buning asosiy sababi mahalliy aholi o ‘rtasida milliy taom - mol g o ‘shti qiymasidan 
tayyorlangan “ijjan”ning (piyoz va garmdori q o ‘shilgan xom qiyma mol g o ‘shtining) 
keng iste’mol qilinishidir.
Sistitserkoz kasalligi qoramollarda uchrab, chorvachilikka katta iqtisodiy zarar 
keltiradi. Chunki sistitserkoz bilan zararlangan g o ‘shtning narxi past b o ia d i. B un­
day go 'sh t faqat zararsizlantirilgandan keyingina iste’mol qilishga ruxsat etiladi. 
A garda mol sistitserkoz bilan kuchli zararlangan b o ‘lsa, uning g o ‘shti iste’mol qi­
lishga yaroqsiz hisoblanadi. Bunday m ollam ing bir qismi kasallik boshlanishi dav­
rida halok boTadi.
Qoramollarning sistitserkoz bilan kasallanishi, ayniqsa, xonadonlarda boqiladi- 
gan shaxsiy moilarda k o ‘proq uchraydi. Chunki b a ’zi xonadonlarda hojatxonalar- 
ning yo'qligi, agarda b o ‘lsa ham sanitariya qoidalariga javob bermasligidandir.
U m um an, odamlardagi teniarinxoz va qoramollardagi sistiserkoz kasalliklari- 
ning oldini olish uchun, avvalo, odamlardagi teniarinxoz kasalligini tugatish kerak. 
Buning uchun aholi o'rtasida vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshirishlar olib borish, 
kasallikning bor-yo‘qligini aniqlash lozim. Bemorlarni tezda davolash kerak. Te­
niarinxoz bilan kasallangan odam lami fenasal, oshqovoq urug'ini berib davola- 
shadi. Kasallik odamlardan qoramollarga yuqmasligi uchun aholi yashaydigan joy- 
larda yopiq tipdagi hojatxonalar boTishi va ular toza holda saqlanishi lozim. Q o­
ramol g o ‘shti veterinariya nazoratidan o ‘tkazilishi kerak. X om yoki chala pishgan 
qoramol g o ‘shtini yemaslik, xom qiymani tatib k o ‘rmaslik kerak. Qoramollarda 
finnozni davolash uchun prazikvantel q o ‘llanilmoqda.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling