S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


 ‘tkir dumli nematoda yoki bolalar gijjasi (Enterobius vermicularis)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

0 ‘tkir dumli nematoda yoki bolalar gijjasi (Enterobius vermicularis) ham- 
ma jo y d a tarqalgan, ju d a mayda, y a ’ni urg'ochisining uzunligi 1 0 -1 2 mm, erka- 
giniki esa 2 -5 mm b o ia d i (34-rasm).
O 'tk ir dumli nematoda deb atalishiga sabab shuki, urg'ochisining tanasi dum 
qismiga tomon o ’tkirlashgan, ingichkalashgan b o ia d i. Erkagi tanasining keyingi 
uchi spiralsimon buralgan. Tanasining bosh tomoni qavarib chiqqan va kengaygan 
kutikula-vezikula bilan o'ralgan. Erkagining askaridadan farqi - dum tomonida 
bitta spikulasi borligidir (askaridada spikula ikkita b o ia d i). O g'zi uchta lab bilan 
o'ralgan. Qizilo'ngachi sharsimon kengaygan bulbus bilan tugaydi. Bulbusda ku- 
tikulali chaynash plastinkalari bor.
Bolalar gijjasi odamlar, ayniqsa, yosh bolalar ingichka ichagining ikkinchi yar- 
mida va y o 'g 'o n ichagida parazitlik qiladi. U ru g ia n g a n urg'ochi gijjalar tunda 
anal teshikdan faol harakatlanib, anus atrofiga chiqadi va bu yerda teri burmalari- 
ga 10-20 mingga yaqin tuxum qo'yadi. Tuxum qo'yishdan oldin gijjalar suyuq­
lik ajratadi, bu suyuqlik yordamida tuxumlar teriga yopishadi. Parazit anai teshigi 
atrofiga chiqib o'zidan suyuqlik chiqarib, tuxum qo'yayotganida bu joyni qichi- 
tadi. Natijada b o la ju d a bezovtalanadi va beixtiyor qashinadi. U rg'ochi gijja tuxum 
qo'y ib bo'lgam dan keyin burishib o'ladi. Q o'yilgan tuxum 4 - 6 soatda yuqumli ho­
mo


latga keladi. Bu parazitning urg'ochisi 2 5 -3 0 kun yashaydi. Erkagi urg'ochisini 
otalantirgach, o'lib ketadi.
Gijja bilan kasallangan bola kam uxlaydi, asabiylashadi, injiq bo'ladi, ishtahasi 
yo'qoladi, ko'ngli ayniydi, qorni og'riydi va boshi aylanadi. Bola qashingan paytda 
ostritsa tuxumlari ichki kiyimlarga, barmoqlariga, timoqlari orasiga o'rnashib qola- 
di va qo'lini yuvmasdan ovqatlansa yoki bannoqlarini og'ziga solsa, ostritsa tuxu­
mi bolaning ichiga tushadi. Tuxumdan lichinka chiqib, o'sib rivojlanadi, 2 - 4 haf- 
tadan keyin voyaga yetadi. Shunday yo'sinda ostritsa bolaning ichida bir necha 
yil davomida saqlanishi mumkin. Gijja tuxumi kiyimda va polda uzoq saqlanishi 
mumkin. Gijja pashshalar. suvaraklar va boshqa hasharotlar orqali ham tarqaladi. 
Bolalar gijjasi bilan kurashish uchun shifokorlar bemorlarga issiq suv va margan- 
sovka eritrnasi bilan klizma qilishni buyuradiiar, ammo bu yaxshi natija bermaydi. 
Gijja bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun vankin, kombantrin, vermoks, 
piperazin, medamin, adipinat kabi dorilar qo'llaniladi. Gijja yuqishi yoki qayta yu- 
qishidan bolani saqlash uchun bolani yoshligidanoq sanitariya-gigiyena qoidalariga 
o'rgatish lozim. Bolalarning tirnoqlarini kalta qilib olib, kiyimlarini dazmollab ki- 
yishga odatlantirish kerak. Bolalar gijjasini tushirish uchun yarim stakandan kuniga
2 mahal 2 -3 hafta davomida qizil sabzining suvini ichish lozim.
Umuman, ostritsalar avlodining 20 ga yaqin turi bor. M DH da odamlarda faqat 
bitta turi, y a ’ni bolalar ostritsasi parazitlik qiladi. Ostritsaning otlarda Oxyuris equi 
turi parazitlik qiladi. Uning tana uzunligi 18 sm gacha boradi va oksiuroz kasal- 
ligini keltirib chiqaradi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling