S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Trixinella (Tricbinella spiralis)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Trixinella (Tricbinella spiralis) ju da mayda, y a ’ni u rg ‘ochisining uzunligi
3 - 4 mm, erkaginiki 1,5-2 mm atrofida b o i i b . asosan kalamush, it, mushuk, boi'siq, 
ch o 'ch q a va b a ’zan odamlarda parazitlik qiladi (34-rasm).
Trixinella rivojlanishining ham m a davrini tashqi muhitga chiqmasdan, o ‘z 
xo'jayinining ichida o ‘tkazadi. Voyaga yetgan trixinella ingichka ichakda yashay­
di. U r u g ia n g a n urg'ochilar ichak devoriga o ‘tib, 2 oygacha yashaydi va shu yerda

mingtagacha tirik lichinkalar tu g ‘adi.
Lichinkalar k o ‘chib yuruvchanligi bilaii diqqatga sazovordir, y a ’ni ular qonga 
o i a d i va qondan k o ‘ndalang-targ‘il muskul tolalarining orasiga kirib o 'm a s h ib ola­
di. 0 ‘mashib olgan lichinkalar spiral shaklida buraladi va ularning atrofida shakli 
limonga o ‘xshash kapsula hosil b o ia d i. Taxminan 5 - 6 oydan keyin kapsula ohak- 
lanib qoladi, y a ’ni kapsula devoriga ohak moddalari to ‘planadi. Har bir kapsulada
1 ta , 2 ta yoki 3 ta lichinka b o ii s h i mumkin. Umuman, 1 kg trixinella bilan kasal­
langan ch o‘chqa g o ‘shtida 10-12 mingtagacha lichinka b o ii s h i mumkin. Kapsu- 
laga o ‘ralgan trixinella lichinkasi to x o ‘jayini o ig u n i g a qadar tirik holda saqla- 
nadi, lekin rivojlanmaydi. O dam trixinella lichinkasi b o i g a n c h o ‘chqa g o ‘shtini 
yaxshi qovurmasdan, yaxshi pishirmasdan iste’mol qilganda parazitni o 4ziga yuq- 
tiradi. Odaroning ichagida hazm shiraiari ta ’sirida kapsula erib ketadi va trixinella 
lichinkasi ichak b o ‘shlig‘iga chiqadi. Bu lichinkalar 2 kundan keyin voyaga yeta­
di va t o ‘rtinchi kuni ichakning hujayralari orasida urchib, muskullarga o ‘tadigan 
lichinkalar tug'adi, Erkaklari u rg ‘ochilarim u rugiantirgach, o ia d i.
106


Trixinclla tufayli vujudga keladigan kasallik trixinellyoz deyiladi. Minglarcha 
trixinella lichinkalari odam ichak devorini teshib o'tganda, o g 'ir kasallikka va, hat- 
to, o 'lim g a ham olib kelishi mumkin. Bu lichinkalar ichakdan qonga o'tganda, qon 
orqali muskullar orasiga borib joylashganda va kapsulaga o'ralganda ham bemor- 
ga qattiq azob bcradi. Umuman, trixinclla bilan kasallangan odamlarning harorati 
ko'tariladi, ovqat hazm qilish sistemasining ishi buziladi va muskullari og'riydi, 
ko'ngli ayniydi, yuzi va qovoqlari shishadi. Trixinellyozning yashirin davri 10- 
25 kun davom etadi.
Trixinclla odamlarga asosan cho'ch q a go'shti orqali yuqadi. C ho'chqalarga esa 
trixinella lichinkasi sichqon va kalamushlaming o'ligini ycyishlari orqali yuqadi. 
Sichqon va kalamushlarga esa trixinella lichinkasi bir-birlarini yeyishlari yoki kasal 
bo'lib o'lgan cho'chqa go'shtini yeyishlari natijasida o'tadi. O damga trixinella 
lichinkasi yovvoyi to 'n g 'iz, bo'rsiq va ayiq go'shtini yaxshi pishirmasdan yeyishi 
orqali ham yuqishi mumkin.
Trixinella bilan kasallanmaslik uchun, avvalo, go'sht kombinatlarida va bozor- 
larda veterinariya nazoratidan o'tm agan cho'ch q a go'shtini sotmaslik va ovqatga 
ishlatmaslik kerak. Iste’mol qilinadigan cho'chqa go'shtini yaxshilab qovurish va 
pishirish kerak. Trixinelladan saqlanish ucliun cho'chqa og'ilxonalari va atrofini 
sementlash, cho'chqachilik xo'jaliklari atrofida uchraydigan kalamush, sichqonlar- 
ga qarshi kurash choralarini olib boiish va trixinelladan o'lgan hayvonlarni albatta 
kuydirish kerak. Trixinellyoz bilan kasallangan odamlarni esa vermoks, mintezol, 
tiabendazol, benzimidazol kabi dorilar bilan davolash tavsiya etiladi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling