S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Qandalalar (Hemiptera) turkumiga 40 mingga yaqin tur kiradi. Ular orasida 
o'sim lik zararkur.andalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham uchray­
di. 100 dan ortiq turiari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qilib yashaydi.
12 - P a r a z ito lo g iy a
177


Shularning ichida to'sh ak qandalasi (Cimex lectularius) 
muhim o ‘rin tutadi (68-rasm).
T o'shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, yer 
yuzida keng tarqalgan. Uning kattaligi 4 .5 -8 ,4 mm ke- 
ladi. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik 
hayotiga moslashishi tufayli ulammg qanotlari qisqarib, 
tanasi yassilashgan. Oyoqlari yuruvchi tipda bo'lib, tez
harakatlanadi. 1 daqiqada 1 metr masofani bosib o ‘tadi.
68-rasm . T o 'sh a k q an- 
. . 


,
d alasi. (C im ex lectulariu s). 
To shak qandalasmmg tanasi 3 qismdan, y a m bosh,
ko'krak va qorin b o iim la rid an tashkil topgan. Bosh 
qismida 1 juft mo'ylov, 1 juft k o 'z va sanchib-so'ruvchi o g 'iz apparati joylashgan. 
K o'krak qismi 3 ta b o ‘g ‘imdan iborat. Har bir b o 'g ‘imdan 1 juftdan oyoq chiqqan. 
10 ta segmentdan iborat qorin qismi shaklan bargga o'xshaydi. Ularda hid bilish 
orgam yaxshi rivojlangan. Qandalalar uzoq masofada turib o 'z xo'jayinining hidini 
sezadi.
T o 'sh ak qandalasi, asosan, tunda hayot kcchiradi, kunduzi devor, pollaming 
yoriqlarida, uy burchaklarida, mebel, u y -ro 'zg 'o r buyumlarining ostida yashirinib 
yotadi. Uzoq vaqt och qolgan qandalalargina kunduzi yoki su n ’iy yoru g 'lik paytida 
odam ga hujum qilishi mumkin. Qon so'rish paytida terini teshishi va suyuqlik yu- 
borishi tufayli qattiq og'riq paydo bo'ladi. Ular ommaviy holda urchishidan odam- 
lar qattiq bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi mumkin.
T o 'sh ak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo'yadi. 
Bitta urg'ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha 
yuzlab tuxum qo'yadi. Tuxumdagi embrionning nvojlanish muddati tashqi muhit 
haroratiga bog'liq. 35-37° С da 4 - 6 kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. 
Agar tashqi muhit harorati 10° С gacha bo'lsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6° С dan 
past bo'lsa, ular 1,5 oygina tirik saqlanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar
5 marta p o 'st tashlab, imagoga aylanadi. Har bir tullaganda lichinkalar 1 marta qon 
so'radi. Lichinkalar 1,5 yilgacha och yashay oladi. Jinsiy voyaga yetgan qandala 
!4 oygacha yashashi mumkin.
T o 'sh ak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli hayvonlar 
va odam qoni bilan oziqlanadi Ayrim odamlar to'shak qandalasining chaqishiga 
juda sezgir bo'ladi, bunday odam laming terisida har xil toshma paydo bo'lib, unga 
mikroblar tushishi natijasida yiringli yallig'lanish yuzaga keladi. T o 'sh ak qandalasi 
har xil yuqumli kasallik mikroblarini mexanik ravishda tashib yuradi. Uyda, ja-
178


moat muassasalarida, transport vositalarida to'shak qandalasining tarqalishi sani- 
tariya-gigiyena qoidalarining buzilishi oqibatidir. Ularga qarshi kimyoviy vositalar 
orqali kurash olib boriladi,

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling