S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

lida (Anoplocephalidae) oilasiga kiradigan chuvalchanglardan ham chorva mol- 
lari katta zarar ko'radi. Bu oilaga kiruvchi turlar ham voyaga yetgan davrida har 
xil qishloq xo'jalik hayvoniarida, y a ’ni qo'ylar, echkilar, qoramollar, otlar, tuyalar 
ichagida parazitlik qiladi. Masalan, qo'y, echki va qoramollar ichagida m oniyeziya 
(M oniezia) u m g 'in in g turlari (Moniezia expansa, M. benedeni va bosh.) parazitlik 
qiladi.
Bu parazit!arning uzunligi 1-5 m atrofida bo'lib. tanasi skoleks, b o 'y in va 
proglottidalardan iborat. Skoleksida 4 ta so'rg'ichlari joylashgan, lekin ilmoqcha- 
lari bo'lmaydi. Proglottidalari qisqa va keng, liar bir proglottidada 2 juftdan jin ­
siy organlar sistemasi mavjud. Ular b o 'g 'im la rin in g yon tom onidan tashqariga 
ochiladi. Yetilgan proglottidalar tuxumlar bilan to'lib turadi. Moniyeziyalar ham 
biogelmint bo'lib, rivojlanish jarayonida 2 ta xo'jayin ishtirok etadi. Yuqorida ayt- 
gammizdek, har xil kavsh qaytaravchi sutemizuvchilar, y a ’ni qo'y, echki, qoram ol­
lar, tuyalar bu chuvalchanglarning asosiy xo'jayinlari, sovutli, qalqonli mayda tup- 
roq kanalari (Oribatidae) esa oraliq xo'jayinlari hisoblanadi.
87


Moniyeziyaning yetilgan b o ‘g ‘imlari asosiy xo'jayin axlati bilan tashqi muhitga 
chiqadi, sovutli tuproq kanalari onkosferali tuxumlarni yutib yuboradi va kanalar 
tanasida chuvalchangning embrioni rivojlanib, sistitserkoid degan lichinkaga ayla- 
nadi. Kana tanasidagi sistitserkoid 2 yilgacha asosiy xo'jayinini moniyeziya bilan 
zararlash qobiliyatiga ega.
Chorva mollari sistitserkoid bilan zararlangan sovutli kanalami o ‘t va suv bilan 
yutib yuboradi. Oradan 4 0 -5 0 kun o ‘tgach, asosiy x o ‘jayini ichaklaridagi moni- 
yeziyalar jinsiy voyaga yetadi. Bir kecha-kunduzda moniyeziyalar 8 sm uzunlikda 
o ‘sishi mumkin.
M oniyeziyalar moniyezioz kasalligini keltirib chiqaradi. Ular ayniqsa yosh mol- 
lami, y a ’ni 1,5-8 oylik q o ‘zi, uloq va buzoqlam i k o ‘p zararlaydi. Masalan, bir 
yoshli q o ‘ylar bu kasallik bilan 59 % gacha, birdan ikki yosligachasi 31 % gacha va 
katta yoshdagilari 15 % gacha kasallangan. Bu kasallikka qarshi kurash degelminti- 
zatsiya va proulaktika tadbirlaridan iborat. Moniyeziozga qarshi chorva mollarda 
fenasal, fenadek, panakur, nliksan, bitionol, oksid, dixlorofen va boshqa preparatlar 
qoTlaniladi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling