S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


 4-rasm . P arazit n em atod alar


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

3 4-rasm . P arazit n em atod alar
A -od am ask arid asi (A scaris lu m b ricoid es): c h a p d a e rk a g i, o 'n g d a u rg 'o c h is i;
B -b olalar gijjasi (E n terob iu s v erm icu laris), u rg ‘ochisi: 1 -q izilo ‘n g a c h , 2 -q iz ilo ‘n g a c h p iy o z - 
c h a si (b u lb u s ), 3 - o 'r t a ic h a k , 4 -a n a l te s h ig i, 5 -b a c h a d o n , 6 -jin s iy te sh ik ;
D -odam qilbosh ch u valch an gi (T rich ocep h alu s trichiurus): 1 -q iz ilo ‘n g a c h , 2 - 3 - ic h a g i (k a t- 
ta la s h tirilg a n );
E -T rixin a (T rich in ella spiralis): 1 -m u sk u ld a g i trix in a la r k a p su la si, 2 -e rk a g i, 3 -y e tilg a n u r g 'o -
c h is i (k a tta la s h tirilg a n );
F-o'n ikki barm oqli ichak q iyshiq b oshi (A n cylostom a d u od en ale), erkagi;
G -u r g ‘ochi rishta (D racu nculus m ed inensis).
Lichinka o'p kag a kelganda, odamda o 'p k a sharnollashi hodisasi kabi o'zgarish 
bo'lib, yo'tal paydo bo'ladi va yo'taiganda o'pkada, ko'krakda o g 'riq paydo
98


bo'ladi, ayrim vaqtlarda harorat ko'tariladi. Y o'talganda lichinkalar bronxlar va 
kekirdak orqali yuqoriga, y a ’ni og'iz bo 'sh lig 'ig a keladi. U yerdan so'lak bilan 
qayta yutib yuborilganda lichinkalar oshqozon orqali ingichka ichakka tushib, 
uning devorlariga yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetgan askaridaga ayla­
nadi. Ular o 'z vaqtida otalanib yana tuxum qo'yadi. Askaridalar ichakda odam or- 
ganizmi uchun eng qimmatli bo'lgan ovqatlar va vitaminlar bilan oziqlanib, odam ­
larda avitaminoz paydo qiladi. natijada odam boshqa turii yuqumli kasalliklarga 
beriluvchan bo'lib qoladi.
Askaridalar keltirib chiqaradigan kasallik askaridoz deyiladi. Bu kasallikdan 
kishida kamqonlik avj oladi, ko'ngil aynish, qusish, ishtaha yo'qolishi va boshqalar 
bo'ladi. B a ’zan askaridalar ichakdan o 't pufagiga o'tib, uni bekitib qo'yadi. Ichak- 
dan oshqozon, qizilo'ngach, hatto nafas yo'llariga o'tishi mumkin. Bundan tashqari, 
askarida o'zidan zaharli moddalar chiqarib, odam organizmini zaharlaydi.
Bundan ming yil muqaddam vizantiyalik shifokor Eginskiy askaridoz bilan 
kasallangan bemorlarning holatini quyidagicha tasvirlagan: “Ichagida askaridalar 
bor odamlar ichak va oshqozonida og'riq sczadi, quruq yo'tal, b a ’zan hiqichoq tu- 
tadi. Uyqusida vuragi qattiq urish, cho'chib tushish va baqirib yuborish holati kuza- 
tiladi, keyin bemor yana uyquga ketadi. Bolalar sababsiz kavshanib tilini chiqaradi
tishini g'ichirlatadi, ko'zini yumib jim o'tiradi, ularning tinchligi buzilsa, ju da xafa 
bo'lishadi. Ba'zar. askaridalar oshqozonga tushib qolsa, ko'ngilni aynitadi, zirqira- 
gan og'riq va ovqatdan jirkanish paydo qiladi. Askaridoz bilan og'rigan bemorlami 
ovqat yeyishga majbur qilinsa. ular ovqatni z o 'r g 'a yutadi, ko'pincha qaytarib tash- 
lavdi” .
O 'zbekistonda tog' va tog'oldi mintaqalarda yashovchi aholi o'rtasida askaridoz 
bilan kasallanish tez-tez uchrab turadi. Aholining askaridoz bilan og'rishi 1-90 % 
orasida o'zgarib turadi. Masalan, A.Mansurovning m a ’lumotlariga qaraganda
1968-yilda Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida yashovchi aholi o'rtasida 
bolalar 57,2 % va k a t ta la r - 33,9 
%
ga askaridoz bilan og'rigan.
Askaridalar ayniqsa, bolalarda k o 'p uchraydi. Odam askaridasining zahari ayniq­
sa, bolalar organizmiga yomon ta ’sir qiladi. Kasallangan bolaning boshi og'riydi, 
boshi aylanadi. kechalari bczovta bo'ladi, tipirchilab, tishini g'ichirlatadi. O g'riq 
vaqti-vaqti bilan bo'lganligi uchun shifokor ko'pincha appenditsit deb ham gumon 
qiladi. Odatda odam ichagida bir nechta, b a'zan o'nlab, yuzlab askaridalar parazit­
lik qiladi. Bitta odamdan 900 ta va yana bittasidan 5126 ta askarida topiigani fanga 
m a ’lum. Bunday holda askaridalar ichak devorini yaralaydi, ichaklarda tiqilib qolib
99


ovqatni o'tkazmaydi. B a’zan esa jigar va miyani ishdan chiqarib, kishini o i i m g a
olib kelgan hollar ham kuzatilgan.
Askaridoz bilan og'rigan odamlarni piperazin, adipinat, dekaris (levamizol), 
naftamon (alkopar, befenium), vermoks kabi dori-dannonlar bilan davolashadi. 
Davolashni albatta shifokor nazorati ostida olib borish lozim.
Askaridadan saqlanish uchun, avvalo, unga y o iiq q a n bem orlaming hammasini 
yaxshilab davolash kerak. Har bir xonadonda. jam oat joylarida vodoprovod bilan 
jihozlangan yopiq turdagi hojatxona b o iis h i kerak. Yuqumsizlantirilmagan odam 
ekskrementlaridan bog' va ekinzorlarga o 'g 'i t sifatida foydalanmaslik lozim. Xom 
sabzavot, h o i meva va poliz mahsulotlarini iste’mol qilish oldidan vodoprovod, 
qaynatilgan yoki oqar suv bilan yuvish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini va idish 
tovoqlarni pashshalardan saqlash maqsadida ularni yopiq joyda tutish, pashshalar- 
ga qarshi kurash choralanni q o il a s h va, albatta, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya 
qilish zarur. Askaridalarning ayrim turlari chorva mollarida va parrandalarda ham 
parazitlik qiladi. Masalan, c h o 'c h q a l a r d a - c h o 'c h q a askaridasi (Ascaris suurn), to- 
vuqlarda - tovuq askaridasi (Ascaridia galli), otlarda - ot askaridasi (Parascaris 
equorum), qo'ylarda - qo 'y askaridasi (Ascaris ovis), qoramollarda - qoramol 
neoaskaridasi (Neoascaris vitulorum) parazitlik qiladi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling