S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Gelmintokoprologik tekshirish muddatlari


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Gelmintokoprologik tekshirish muddatlari. U yoki bu gelmintozlaming tar- 
qalishida mavsum dinamikasi kuzatiladi. Ayrim gelmintozlarni qo'zg 'atuv ch i 
gelmintlar yilning m a ’lum mavsumida ju d a k o 'p miqdorda tuxum qo'yishlari aniq- 
langan. Gelmintokoprologik tekshirishni k o 'p vaqtlarda u yoki bu gelmintoz kasal- 
liklariga qarshi kurash choralaridan oldin o'tkazishga to ‘g ‘ri keladi va u k o'pincha 
m a ’lum mavsum bilan bog'liq bo'ladi. Bu esa gelmintologik tekshirishning m a ’lum 
muddatda o'tkazilishidan darak beradi va bu vaqtda u yoki bu gelmintoz kasallik- 
larini aniqlash uchun gelmintokoprologik tekshirish o'tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, yanvar oxiridan mollami yaylovga haydashga qadar fassiolyozga qarshi 
tekshiruv ishlari o'tkazilishi kerak, chunki yanvar oxirida hamma fassiolalar jinsiy 
voyaga yetishadi va axlatda tuxumlari ju d a k o 'p bo'ladi.
Mart oyida bu parazitlaming tuxum qc'yishi ko'payadi. Avgust, senta’or oylarida 
ju d a k o 'p qo'zilarning diktiokaulalar bilan zararlanishi kuzatiladi. Demak, gelmin­
tokoprologik tekshirish ishlarini rejalashtirishda a yoki bu gelmintoz kasalliklar- 
ning mavsum dinamikasini va boshqa sharoitlami nazarda tutish kerak.
143


TIRIK HAYVON GELMINTOZLARINI ANIQLASH HAMDA 
LABORATORIYADA TEKSHIRISH USULLARI
Qonni tekshirish. Qonda Filyariata kenja turkumiga oid nematodlarning lichinka­
lari - mikrofilyariylarni uchratish mumkin. Ular quyuq qon tomchisida ham boTadi. 
Buning uchun hayvon qulog'idan bir tomchi qon olib, buyum oynasiga tomiziladi 
va usti q oplag‘ich oyna bilan yopiladi, so‘ng mikroskopda tekshiriladi. Mikrofi- 
lyariylar harakatchan b o ‘ladi, shuning uchun ham ulami topish oson. A garda jud a 
quyuq qon tomchisida mikrofilyariylar tezda k o ‘rinmasa, u vaqtda qondagi shaklli 
elem entlam ing turtilib harakatlanishidan sezish mumkin.
Ikkinchi, birmuncha murakkabroq usul ham bor. Fibrinsizlantirilgan qondan 
tayyorlangan quyuq qon tomchi quritilib, gemoliz qilinadi va Romanovskiy usuli 
bilan bo'yalib tekshiriladi. Bunday surtma lichinkalami o ‘lchash, ularning tuzi- 
lishini k o ‘rish va qaysi urug' yoki turga mansubligini aniqlash mumkin.
Lichinkalami bir joyga to ‘plab tekshirishning samaradorligini oshirish mumkin. 
Buning uchun T.I. Popova quyidagi usulr.i tavsiya etadi: bo'y in venasidan olin­
gan bir necha kub santimetr qon 4% li limonli nordon natriy eritmasi bilan 1:10 
nisbatda aralashtiriladi, keyin distillangan suv bilan 1:7 yoki 1:10 nisbatda suyul- 
tirilib, sentrifugada aylantiriladi va olingan ch o ‘kma mikroskopda tekshiriladi. Shu 
maqsadda Fyulleborn bir necha ml qonni 95 ml (5% li formalin eritmasidan, 5 ml 
sirka kislotasining tuzli eritmasidan va 2 ml konsentrlangan gensiavialetning spirtli 
eritmasidan tashkil topgan) murakkab eritma aralashmasi bilan aralashtirishni taklif 
qilgan. Hosil bo'lgan aralashma sentrifugada aylantirilib, ch o 'k m a mikroskopda 
tekshiriladi. Bu parafilyarioz yaralaridan tomayotgan qonni tekshirish bilan tas- 
diqlanadi. Bunday qondan bir tomchisi buyum oynasiga tomizilib, 10 baravar k o 'p
distillangan suvda suyultirilib, mikroskopda qaralganda parafilyariyning tuxum va 
lichinkalari aniqlanadi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling