BIR HUJAYRALI PARAZIT HAYVONLAR
Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar, ular
ning tuzilishi, ко ‘payishi, rivojlanishi va tasnifi. Bir hujayrali parazit hayvonlar
qo ‘zg'atadigan kasalliklar va ularning oldini olish choralari.
Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 39 mingdan ortiq tur kiradi.
K o‘pchilik
turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari
tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o ‘simliklar, hayvonlar hamda odam or-
ganizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hay
vonlar, nomidan ko'rinib
turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan
tashkil topgan bo‘lsa-da, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alo
hida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun
organizmga tegishli barcha
vazifalami o'zi bajaradi.
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o 'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi: 1. Sarko-
mastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Sporalilar (Sporozoa). 3. Miksosporidiya-
lar (M icsospondia). 4. M ikrospondiyalar (Microspondia). 5. Infuzoriyalar (Infuzo-
ria).
Bulardan sporalilar, miksosporidiyalar va mikrospondiyalar tiplariga kiruvchi
barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar
tiplariga kiruvchi
bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi Le
kin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir
kasalliklar. hatto, o'lim ga olib keladigan turlari bor.
Sarkomastigoforalar tipiga 18
mingdan ortiq tur kirib, sarkodalilar va xivchinli-
lar sinflariga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: