S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning nazariy asoslari
Download 0.68 Mb.
|
S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning
2.11.
Induktiv bog'langan zanjirlar. O'zaro bog'lanish koeffitsiyenti 2.11.1. Umumiy ma'lumotlar Agar elektr zanjirning bir elementidagi tokning o'zgarishi zanjirning boshqa elementida EYuK paydo bo'lishiga sabab bo'lsa, u holda bu elementlar o'zaro induktiv bog'langan, paydo bo'ladigan EYuK esa o'zaro induksiya EYuKi deyiladi. Ikki elementning induktiv bog'lanish darajasi bog'lanish koeffitsiyenti yordamida tavsiflanadi: 2 1 L L M k , bu ifodada M -zanjir elementlarining o'zaro induktivligi, L 1 va
2 - zanjir elementlarining xususiy induktivliklari. Induktiv bog'lanish koeffitsiyenti har doim birdan kichik bo'lishligini ko'rib chiqamiz. Nisbatan katta o'lchamli ikkita induktiv g'altak berilgan bo'lsin (2.27-rasm). G’altaklarning har bir o'rami bir xil magnit oqimi bilan ilashgan bo'lsin. 2.27-rasm, a da birinchi g'altakdan i 1 tok o'tgan holat uchun magnit maydonining tasviri ko'rsatilgan. Birinchi g'altak o'ramlari o'zinduksiya magnit oqimi Ф 11 , ikkinchi g'altak o'ramlari esa o'zaro induksiya magnit oqimi Ф 12 , bilan ilashgan. Birinchi va ikkinchi g'altaklarning o'zinduksiya va o'zaro induksiya ilashish magnit oqimlari quyidagicha aniqlanadi: , ,
2 21 11 1 11 Ф w Ф w bunda
1 va w 2 - g'altaklardagi o'ramlar soni. O’zaro induksiya oqimlari ( 21 va 12 ) va ilashish oqimlari ( 21 va
) indeksidagi birinchi raqam oqimning qaysi kontur bilan ilashayotganligini, ikkinchisi esa shu oqimni hosil qilgan tok qaysi konturga tegishliligini bildiradi. Ta'rif bo'yicha birinchi g'altakning induktivligi va g'altaklarning o'zaro induktivligi quyidagilarga teng: , 1 11 1 1 11 1 i Ф w i L .
21 2 1 21 21 i Ф w i M M ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI 114
musbat yo'nalishlarini o'ng vint qoidasiga ko'ra tanlaymiz, shuning uchun i 1 > 0 bo'ladi va 1 11 / i nisbat har doim musbat qiymatga ega. O'zaro induksiya oqimining musbat yo'nalishi esa ixtiyoriy va shuning uchun 1 21 / i nisbat (musbat yoki manfiy) ishorali bo’lishi mumkin. 2.27-rasm, b da faqat ikkinchi g'altakdan i 2 tok o'tayotgan holat uchun magnit maydonining tasviri berilgan. Ta'rif bo'yicha . ,
12 1 2 12 12 2 22 2 2 22 2 i Ф w i M M i Ф w i L Amalda ikki g'altakning o'ramlari bir xil bo'lmagan (bir-biridan farq qiladigan) magnit oqimlar bilan ilashadi, shuning uchun har doim k < 1 bo'ladi. O'zaro induktiv bog'lanish koeffitsiyenti qiymatini g'altaklarni bir-biriga nisbatan siljitish bilan o'zgartirish mumkin. G’altaklari bir- biriga nisbatan siljishi mumkin bo'lgan asbob variometr deb ataladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling