S harq madaniyati tarixida notiqlik san'atining o’rni. K aykovus suxandonlik xususida


Download 15.63 Kb.
bet2/2
Sana28.01.2023
Hajmi15.63 Kb.
#1136874
1   2
Bog'liq
3-MAVZU

Qobusnoma- Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va "Nasihatnomai Kaykovus" deb atalgan. "Qobusnoma" shu asarning oʻzbekcha tarjimasidir. muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan.
"Qobusnoma" asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik.
Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa "jon" bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni "sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim", deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.
"Q." rus va Gʻarb sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi Sankt-Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. "Q."ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan.
«Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda.Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi.Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi.Endi bir-ikki og’iz so’z SHamsul-maoliy Qobus haqida. SHamsul-maoliy Qobus o’z davrining fozil kishilaridan bo’lgan. U keng bilim egasi bo’lish bilan birga she’rlar ham yozgan. Hukmdorligi davrida o’z saroyida zamonasining peshqadam olimlari va shoirlarini yig’ib, poytaxti Jurjonni yirik madaniy markazga aylantirgan. Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo’lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag’a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to’g’risidagi «Al-forida fi-l amsal va-l adab» («Nodir nomalar»), «Risola fi-l iftixor va-l itob» («Tanbeh va maqtov nomalari»)dir.«Qobusnoma» murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ’ib qilish deb baholandi.

Savol va topshiriqlar



  1. Sharq madaniyati tarixida notiqlik san'atining o’rni qanday?

  2. Qobusnoma” ni o‘rganganingizda nimalarga amal qilish kerakligini bilib oldingiz?

Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling