Xarakter. Xarakter xususiyatlari va tipologiyasi.
Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni
biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma’nosini
olimlar “bosilgan tamg`a” deb ham izohlashadi.
Xarakter
- ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka
va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik xulq-
atvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar
yig`indisidir (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»). Xarakter hamisha
shaxsning o`ziga xos bo`lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham
xarakter kishining biror hayotiy vaziyat sharoitida o`zini qanday tutishini oldindan
ko`rish imkonini beradi.
Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonlari tug`ma bo`lishi
mumkin, ular nerv sistemasining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. U kishining hayot
va faoliyat sharoitlariga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va
tarbiyalanuvchandir. Maxsus sharoitda ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter
xususiyatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xususiyatlarini shakllantirish
mumkin. Munosabatlarning xarakterdagi o`rni xususida V.S.Merlin ularning
mazmunida ikki komponentini ajaratadi:
19-shakl
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |