Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil
bo`lgan kishilarni topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakterlaridagi ko`p
narsalar bir guruh kishilar uchun yoki xatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi
mumkin. Bir jamoada mehnat qilayotgan kishilar uchun jamoatchilik, o`zaro
yordam ko`rsatishga intilish, mehnatni xurmat qilish singari xususiyatlar tipik
xususiyatlardir.
Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo`lsak, uning
borliqdagi obyektlar va predmetli faoliyatga nisbatan amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. S
huning uchun ham psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof
etiladi:
mehnat faoliyatida namoyon bo`ladigan xarakterologik xususiyatlar -
mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat,
mas’uliyat,
dangasalik, qo`nimsizlik va boshqalar;
insonlarga nisbatan bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |