Ta’sirchan tip - bu toifadagilar muomalada tortinchoq, ko`p hollarda tund
va injiq bo`lib, yolg`onchilikka, surbetlikka, nizoga moyildirlar. Shuningdek,
bunday holatlarda ular doim faol bo`ladilar. Bu toifadagilar xotirjam bo`lganlarida
sofdil, hayvonlar va kichkina bolalarni yaxshi ko`radilar, kayfiyatlari yomon
bo`lganida esa injiq, jaxldor, o`zlarini idora eta olmaydilar.
To`xtaluvchan tip - bu toifadagilar me’yorida hamsuhbat, pismiq, aql
o`rgatuvchi, kamgapdirlar. Ular nizoli holatlarda faol, tashabbuskor bo`lib,
tanlagan faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga intiladilar. Ular o`ziga
nisbatan o`ta talabchan bo`lib, ijtimoiy adolatga xayrihoh, shuning bilan birga
arazchi, hamda qasoskor bo`ladilar. Ba’zida haddan ziyod o`ziga bino qo`ygan,
to`g`riso`z, rashkchi, yaqinlariga va qo`l ostidagi xodimlarga nisbatan o`ta
talabchan bo`lib qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |