Jo`shqin (hayajonli) tip - bu toifadagilar tor doirada saralangan odamlar
bilan aloqa qilishni afzal ko`radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashib,
xafachiliklarini ichlarida saqlaydilar. Ijobiy xislatlari: samimiylik, rahm-
shafqatlilik, o`zgalarning yutug`idan quvonadigan hamda bo`ysunuvchan. Salbiy
tomonlari - yig`loqi, o`ta hissiyotli, izzattalab.
Namoyishkorona tip - tez muomalaga kirishuvchanlik, yetakchilikka
intiluvchanlik, ko`ngilchanlik, boshqalarga tez ko`nikuvchanlik xususiyatilari
mazkur tipga xosdir. Ularda xokimiyatni egallash hissi ustuvor bo`lib, maqtovni
juda yoqtiradilar. Bunday kishilar o`ziga ishonchliligi va o`ziga tortuvchanliklari
bilan atrofdagilarning g`ashiga tegib, mojarolarni o`zlari keltirib chiqaradilar va bu
holatda faol tarzda o`zlarini himoya qiladilar. Ularning ijobiy tomonlari - sabr-
qanoatlilik, artistlik qila oladigan, boshqalarni o`ziga qarata oladigan,
to`g`riso`zligidir.
Salbiy
tomonlari
esa
- xudbinlik,
shaxsiyatparastlik,
maqtanchoqlik, dangasalikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |