Ko’rish xotirasi o’rganilayotganda quyidagi qo’llanma beriladi: ”Hozir men
sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko’rsataman, siz ularning nomini
istalgan tartibda aytasizlar”... Rasmlarning xar biri 2 soniya ko’rsatiladi, 10 soniya
tanaffusdan keyin sinaluvchi predmetlarni ham, rasmda yo’q bo’lgan, qo’shib
qo’yilgan predmetlarning nomini yozib boradi. Rasmlarning 2-seriyasi boshqa
kuni, so’zlar qatori bo’yicha tajribalar ham boshqa kunlar o’tkaziladi. Sinaluvchiga
quyidagi qo’llanma beriladi: “Men hozir sizga so’zlar qatorini o’qib beraman, siz
bo’lsa eshitib bo’lganingizdan so’ng, ularni istalgan tartibda menga aytib
berasiz”...
Tadqiqotchi tadqiqot qatoriga sinaluvchi aytgan barcha so’zlarni
takrorlanganlarini ham, yo’q so’zlarini qo’shib qo’yganlarni ham yozib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: