S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
shaxsning bilish jarayonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri sezgilari
- Og’riq sezgilari
Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish
demakdir. Odam to’rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi.
mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo’lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas bog’langan bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi sezilmagani uchun uning mazasi ham yo’qday ko’rinadi.
bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tekkanni sezish yoki taktil sezgilar, terimizga tegib turgan narsani uning silliqligini yoki g’adur-budurligini his etishdir. Harorat sezgisi issiq-sovuqni his etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har xil darajali buyumlarning terimizga bevosita urilib turishidan paydo bo’ladi. Terimizga tegib turgan buyumning harorati, terimizga nisbatan pastroq bo’lsa - sovuqni, balandroq bo’lsa - issiqni sezamiz. Og’riq sezgilari ichki va tashqi a’zolarimizda bironta o’zgarishga bog’liq bo’lgan xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir.
analizator sezgirligining unga uzoq ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi ta’sirida yoki ular ta’sirining yo’qligida o’zgarishi muhim ahamiyatga egadir. Adaptatsiya (moslashish) tufayli analizatorlar tashqi muhitning o’ta o’zgaruvchi sharoitlariga moslashishi mumkin. Ko’rish yoki eshitish sezgisining yo’qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to’ldiriladi. Sezgi a’zolari sezuvchanligining kuchayish hodisasi ba’zi maxsus kasblar bilan uzoq vaqtdan bilan shug’ullanadigan shaxslarda kuzatiladi. Bularning xammasi sezgilarimiz hayot sharoitlari va amaliy mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida rivojlanishining dalilidir. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling