S havkat edu center


Download 185.38 Kb.
bet3/6
Sana01.07.2023
Hajmi185.38 Kb.
#1657947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-dars

Tub sonlar qatori:
2,3,5,7,11,13,17,19, . . .
Bu qator cheksizdir

Faqat 1 ga va o`zig abo`linadigan sonlar tub sonlar deyiladi.

Murakkab sonlar qatori:
4, 6, 8, 9, 12, 14, . . .
Bu qator cheksizdir



2- yagona juft tub son
2- eng kichik tub son

1 soni tub ham emas murakkab ham emas

Aleksandriyalik olim Eratosfen tub sonlar jadvalini quyidagicha tuzgan: 2 dan boshlab biror songacha (masalan, 1000 gacha) barcha natural sonlar yoziladi va undagi murakkab sonlar o`chiriladi. Qolgan sonlar tub sonlar bo`ladi: 2, 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23, … . Bu usul “Eratosfen g`alviri” degan nomni olgan.


Agar ikkita tub sonning ayirmasi 2 ga teng bo`lsa, ular egizak tub sonlkar deyiladi. Masalan, 3 va 5; 5 va 7; 17 va 19; 227 va 229; 809 va 811.
Egizak tub sonlar cheksiz ko`pmi? bu savolga hozircha javob topilmagan.
Natural sonlarni tub ko`paytuvchilarga ajratish
Birdan katta har qanday natural sonni tub ko`paytuvchilarga ajratish mumkin.
2 soni tub sonlarning eng kichigi hisoblanadi, shuning uchun berilgan anturla sonni (juft bo`lsa) 2 ga bo`lamiz. Undan chiqqan natijani yana 2 ga bo`lamiz va hk. Bo`linmada toq son chiqquncha 2 ga bo`lishni davom ettiraveramiz. So`ngra chiqqan bo`linmani 3 ga bo`linish bo`linmasligini tekshiramiz; agar u 3 ga bo`linsa yuqoridagidek tartibda bo`laveramiz. So`ngra 5 ga bo`linishini tekshiramiz. Shuningdek, 7, 11, 13 va boshqa tub sonlarga bo`linishini ham yuqoridagidek qarab chiqamiz. Bu jarayon tub son chiqquncha davom ettiriladi. Biz 4,6,8,9,10, … larga bo`linishni tekshirmadik. Boshqacha aytganda murakkab sonlarga bo`linishni tekshirmaymiz.
Misol: 486 sonini tub ko`paytuvchilarga ajrating.
486 = 2 * 243 = 2 * 3 *81 = 2 * 3 * 3 * 27 = 2 * 3 * 3 * 3 * 9 = 2 * 3 * 3 * 3 * 3 * 3 = 2 * 35
Biz 486 sonini tub sonlar ko`paytmasi ko`rinishida tasvirladik. Bu jarayon 486 sonini tub ko`paytuvchilarga ajratish deyiladi. 2 va 3 sonlari 486 sonining tub bo`luvchilari deyiladi.
Tub sonning tub ko`paytuvchisi shu sonning o`zi bo`ladi.
Sonlarni tub ko`paytuvchilarga ajratishni quyidagicha amalga oshirsa ham bo`ladi

Download 185.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling