Urishtirib harflarni,
Tuzaman ko‘p gaplarni.
Hozircha
dars boshlanar,
Qo'lni bering oshnalar.
Qanot bog'lab parvozga,
Ergashamiz ustozga.
(O'quvchilar birma-bir davraga chiqib, maktab, ustozlar haqida
she’r aytadilar).
Boshlovchi:
Bilsangiz, bor bir kitob,
Kitoblarning bobosi.
Kitobmas go'yo oftob,
Yo'qdir uning bahosi.
Bugun
bayram sababkori,
Bilimlar poydevori.
Qani alifbe o'zi,
Ma’noli har bir so‘zi.
Barobar qarsak chalsak,
«Alifbe»ni chaqirsak.
Hamma:
Alifbejon, kelaqol,
Olqishlaymiz quloq sol!
(Davraga «Alifbe» kitobi kirib keladi).
Salom
aziz bolalar,
Chiroyli gul-lolalar.
Nimalarni bildingiz,
Qay she’rni yod oldingiz?
(O'quvchilar Alifbe haqidagi she’rlardan o'qib beradilar).
0 ‘quvchi:
Alifbeni
endi men,
Hech qiynalmay o'qiyman.
’ Unli, undosh harflardan,
Ma’noli so‘z to'qiyman.
(O 'g'il bolalar ijrosida o'yin).
Do'stlaringiz bilan baham: