S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


«1» raqami: Eng oldinda turaman, Bo'yimga bir qarab qo'y: Tartib sonlar ichida  Birinchiman, bilib qo'y. «2» raqami


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/63
Sana24.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1718476
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

«1» raqami:
Eng oldinda turaman,
Bo'yimga bir qarab qo'y:
Tartib sonlar ichida 
Birinchiman, bilib qo'y.
«2» raqami:
Qomatimni ko'rganlar 
Qiyos etar oqqushga.
Mendan dir-dir titraydi,
Ixlosi yo'q o'qishga.
«3» raqami:
Bilimingni baholab,
Noiloj qoniqaman.
Qachon mendan o'tar deb,
Ko'z tikib toliqaman.
«4» raqami:
To'ntarilgan stolga 
O'xshab ketar bo'y-bastim . .
Ismim «yaxshi» — to 'rtta harf,
Uchdan keyinman, do'stim.
«5» raqami:
Meni derlar besh soni —
A’lochilarning joni.
Olti sonidir akam,
Uch-to‘rt sonlari ukam.
«6» raqami:
Qorni semiz, dumaloq 
Beshdan keyin turaman.
Juft sonlar qatorida 
Uchinchisi bo'laman.
32


«7» raqami:
Boshga tutib soyabon,
Belbog'cha boylaganman.
Hisob-kitobga do'stlar,
O'zimni shaylaganman.
«8» raqami:
Ipak qurt pillasidek,
Qo'sh halqaga o'xshayman.
0 ‘zgarmas qiymatim lek,
Oyoq osmon tursam ham.
«9» raqami:
Shaklim o'xshar vergulga,
Oltiga qarindoshman.
Bir xonali sonlarga,
Shu yoshdan karvonboshman.
Bo'g'irsoq: — Men mana shu d o ‘stlarim yordamida misol, 
masalalar tuzib, yozishni, hisoblashni o ‘rganib oldim.
Quyon: — Barakalla, B o'g 'irso q . Men seni yemayman. 
Sen aqlli bo'lib qolibsan.
Bo'g'irsoq o'rmon aylanishda davom etayotgan ekan, oldidan 
Bo'ri chiqib qolibdi:
— Men seni yeyman! Qornim juda och, — debdi Bo'ri.
— Meni yema, senga m aktabda o'rganganlarim ni aytib 
beraman, — debdi Bo'g'irsoqvoy.
— Maktabga bordingmi? Unda senga savol beraman. Javob 
b e rs a n g , q o 'y ib y u b o ra m a n . X o 's h , a y t-c h i, «Alifbe»ni 
tu g a tib sa n , unda nechta harf bor ekan? — debdi B o 'ri 
Bo'g'irsoqni savolga tutib.
— 29 harf va tutuq belgisi. Harflarning oltitasi unli, qolganlari 
undosh. Barcha harflardan so'zlar tuzib, o 'q iy olaman, — 
debdi Bo'g'irsoq.
— Barakalla, meni qoyil qoldirding. Senga ruxsat, ketaver. 
B o'g'irsoq xursand bo'lib ketayotgan ekan oldidan «Qizil
qalpoqcha» chiqib qolibdi.
— Salom, Qizil qalpoqcha, — debdi Bo'g'irsoq.
— Salom, Bo'g'irsoqjon.
— Qizil qalpoqcha, agar bilsang, men maktabga boryapman. 
O'qish-yozishni, ingliz tilini o'rganyapman!
— Hali shunaqami, unda savollarimga javob bergin-chi, 
what is your name (vot iz yo neym)?
— My name is Bougirsoq (may neym iz Bo'g'irsoq).
— How old are you (hau old a yu)?
— I am seven (ay em sevn).
33


— B arakalla, B o 'g 'irs o q . ingliz tilid a n yana nim alarni
o'rganding?
— Hozir ko'rsataman!
(Hamma bolalar birgalikda harakat bilan raqamlar haqida
quyidagi s h e ’m i aytishadi).
One, one, one — little dogs run (uon, uon, uon — litl dogz 
ran). 
»
Two, two, two — cats see you (tu, tu, tu — ketz si yu)! . 
Three, three, three — birds on the tree 
(sri, sri, sri — 
byordz on ze tri).
Four, four, four — rats on the floor (fo, fo, fo — retz on ze 
flou).
— Bara, alia, B o 'g 'irs o q . Sen m a ktab d a juda fo yd a li 
narsaiarni o'rganayotgan ekansan. Bundan keyin ham «a’lo» 
baholarga o'qigin, xayr!
B o 'g'irso q
qalpoqcha bilan xayrlashgach, kattakon
Ayiqqa duch kelibdi.
— Bo'g'irsoq, Bo'g'irsoq men seni yeyman.- Qornim juda 
och, — debdi Ayiq ham.
— Meni yema. Maktabda endigina «Alifbe»ni tugatib, savod 
chiqargan bo'lsam, — debdi Bo'g'irsoq:
— Xo'sh, unda senga atrof, bo.rliq haqida savol beraman. 
Т ора o ls a n g , ye m a ym a n . A y t-c h i, h a y v o n o t d u n y o s in i 
o'rgandingm i?
— Albatta. Hayvonlar uy va yow oyi hayvonlarga, parrandalar 
va hasharotlar, dengiz jonivorlariga ajratiiadi. Masaian, sen — 
yow oyi hayvonsan.
— Barakalla. Maktabda faqat «5» bahoga o'qigin., — debdi 
Ayiq. 
.
Bo'g'irsoaning oldidan ayyor Tulki chiaib qolibdi:
. — Voy, Bo'g'irsoqjon, qayerga ketyapsan?
— O'rmonda sayr qilib yuribman.
— Vaqtida keiding, qornim juda ochdi-da, o'ziyam. Men 
seni yeyman, — debdi mug'ombir.
— Meni yemagin, senga maktabda o'rgangan maqollarimdan 
aytib beraman, — debdi Bo'g'irsoq.
— lye, sen hali maktabga bordingmi? Mayli, aytaqol.
— Bilim — baxt keltirar. Ona yurting — oltin beshiging. 
Kitob — bilim bulog'i.
— Yaxshi, yaxshi. Faqat q u lo g 'im yaxshi eshitm ayapti, 
maqolingni burnimga chiqib aytaqol, — debdi Tulki.
— Voy ayyor tu lk i-y e y , nima, m eni e rta k o 'q im a g a n , 
e sh itm a g a n deb o 'y la y a p s a n m i? ! M a k ta b im iz d a se ning
34


nayran g larin g haqida ju d a k o 'p e rta k o ‘qiganm iz. M eni 
laqillatmay qo‘yaqol, — debdi Bo'g'irsoq.
— 
Eh, h ozirg ila r buncha aqlli b o 'lm a sa. Bu ketishda 
ochimdan o'lishim hech gapmas.
O'rm onni bir aylanay-chi, menbop laqmalar ham topilib 
qolar.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling