S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Perlitga issiqlik ishlov berish


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Perlitga issiqlik ishlov berish 
Termik ishlov berish fraksiyalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bir vaqtning 
o‘zida olinadigan chaqiqtosh uchun har bir fraksiyadan kelib chiqib issiqlik ishlov 
berish qurilmalari tanlanadi. 
Mustahkam kichik suvshimuvchanlikka ega B sinfli perlit asosidagi 
to‘ldiruvchi olishda issiqlik ishlovi ikki bosqichli sxemada bajariladi; A sinfli perlit 
asosidagi o‘ta engil qum olishda kuydirish ishlari bir bosqichli sxemada bajariladi. 
Perlitga issiq ishlov berish xomashyoni kuydirishda yorilishini kamaytiradi, 
ko‘pchigan perlitning strukturasini va ko‘pchish jarayonini yaxshilaydi, tayyor 
mahsulotning mustahkamligini oshiradi va suv shimuvchanlikni kamaytiradi. 
Perlit xomashyosida kimyoviy bog‘langan suv termik ishlovdan so‘ng
massa bo‘yicha 1-3% ni tashkil etadi. Termik ishlov aylanma pechlarda qaynovchi 
qatlam pechlarida va boshqalarda bajariladi. Termik ishlov harorati xomashyo 
xususiyatlari va ko‘pchigan perlitning berilgan tavsifi asosida aniqlanadi: B 
sinfdagi perlitlar uchun 300-600
0
S atrofida bo‘lib, gazlarning pechga xom 
granulalarni ortish donasidagi harorati 200
0
S, materialning keyingi isish harorati 
15-20 
0
S/min tashkil etadi. 
Issiqlik tayyorlov pechlarida suyuq va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘ilar 
ishlatiladi, shu bilan birga kuydirish pechlaridan chiqadigan gazlar, bu gazlar bilan 
isigan havo ham qo‘llaniladi. Issiqlik tayyorlov pechlaridan isigan material o‘z 
oqimi yoki maxsus qurilmalar yordamida kuydirish pechlariga uzatiladi. Isitilgan 
material turli konstruksiyalarga ega pechlar (aylanma, vertikal, qaynovchi qavat)da 
kuydiriladi. Pechning konstruksiyasi kuydirilayotgan donalar o‘lchami, tayyor 
maxsulotning berilgan xususiyatlari va rejalashtirilgan mahsuldorlik bo‘yicha 
tanlanadi. Mayda perlit qumlari yuqorida ko‘rsatigan barcha konstruksiyadagi 
pechlarda kuydiriladi, chaqiq tosh va yirik qumni kuydirish asosan aylanma 
pechda bajariladi, shu bilan birga qaynovchi qatlam pechlari ham qo‘llaniladi. 
Vertikal pechlarning ishlash prinsipi quyidagicha: ma’lum balandlikdan erkin 


168 
tushayotgan material donalari gazlar harakat tezligining etarlicha o‘zgarishida 
pechning pastki konus qismida turib qoladi, issiq gaz ta’sirida ko‘pchiydi, 
yo‘nalgan gazlar oqimida pechdan tashqariga chiqariladi. Vertikal pechlarda 
yirikligi 2mm gacha, ko‘pincha 1,2mm gacha maydalangan jinslar kuydiriladi. Bu 
pechda dastlab jinslar isitiladi, so‘ngra bir necha sekundgacha pishiriladi. Bu 
ko‘pchitilgan qum donalarining darzliligi, yuqori darajada ochiq g‘ovaklar va suv 
shimuvchanligi (massa bo‘yicha 500% ga etadi), kichik mustahkamligi bilan 
tushuntiriladi.
Natijada xomashyoning kuydirishdagi darz ketishida donalarni katta 
qismining o‘lchami 2mm dan oshmaydi. Bir vaqtning o‘zida chaqiqtosh va qum 
yoki faqat chaqiqtoshni kuydirishda aylanma pechlar qo‘llaniladi, uning o‘lchami, 
aylanish tezligi va burchak qiyaligi berilgan kuydirishning davomiyligi va 
agregatning mahsuldorligi bo‘yicha tanlanadi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling