S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining vazifalari
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining vazifalari.
Bino va inshootlarning sifati, uzoq muddatga chidamliligi va narxi ko’p jihatdan qurilish materiallari (betonlar) va buyumlarini (temir-beton konstruksiyalar) to’g’ri tanlab olish va ishlatishga bog’liqdir. Beton to‘ldiruvchilaridan samarali foydalanish uchun quruvchi (muhandis-pedagog) ularning xossalarini va ishlatish sohalarini bilishi zarur. To‘ldiruvchilarning xossalari va xususiyatlarini bilish quruvchiga: turli sharoitlarda ishlovchi betonlar uchun samarali to‘ldiruvchilarni tanlash imkoniyatini beradi. Ushbu masalalarni yechishda quruvchi beton to‘ldiruvchilari uchun xomashyo tanlash, ishlab 6 chiqarish texnologiyasini bilish, xossalarini aniqlash va ularga baho berishni bilishi zarur. Shuning uchun quruvchi (muhandis-pedagog)lar tayyorlashda beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining ahamiyati juda kattadir. Fan talabalarning qurilish materiallari, kimyo, fizika, matematika, geologiya, materiallar qarshiligi fanlaridan olgan bilimlariga asoslanadi va boshqa mutaxassislik fanlari (betonlar va temir-betonlar texnologiyalari, me`morchilik, qurilish konstruktsiyalari, temir- beton konstruktsiyalari, qurilish iqtisodiyoti va b.) ni o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Mutaxassislik fanlari o’qituvchilari (muhandis-pedagoglar) uchun mo’ljallangan ushbu darslik beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi bo’yicha chuqur bilim berishdan tashqari, kasb-hunar kollejlarida zamonaviy pedagogik va axborotlar texnologiyasi asosida dars berish malakasini shakllantirishga qaratilgan. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga beton to‘ldiruvchilarning asosiy tushunchalari va kategoriyalari, xossalari va beton uchun samarali zich, g‘ovakli to‘ldiruvchilar texnologiyalarini va sanoat chiqindilardan to‘ldiruvchilar olish texnologiyasini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyo qarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling