S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. To‘ldiruvchilar vazifasi


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

 1-§. To‘ldiruvchilar vazifasi: 

To’ldiruvchilar betonning 80% gacha hajmini tashkil qiladi, beton 
tarkibidagi defetsit va qimmat bo‘lgan sement va boshqa bog‘lovchilar sarfini 
kamaytiradi . 

Sement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo’liqadi. Uning 
cho’kishi-2 mm/m ga etadi. Cho’kish deformatsiyalarining notekis bo’lishi ichki 
zo’riqishlar va yorilishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko’zga ko’rinmaydi, 
lekin ular sement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. 
To’ldiruvchi betonda qattiq karkas xosil qiladi, u esa cho’kish deformatsiyalarini 
qabul qilib, cho’kishini kamaytiradi, (bu esa taxminan sement toshiga nisbatan 10 
baravar kam). 

YUqori mustaxkamlikdagi to’ldiruvchilardan iborat qattiq karkas 
beton mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yani konstruksiyaning yuk 
ta’siridagi 
deformatsiyasini 
kamaytiradi), 
betonning 
cho‘ziluvchanligini 
kamaytiradi (ya’ni yuklarning uzoq vaqt ta’sirida betonning qaytmas plastik 
dnformatsiyalarini kamaytiradi). 

Engil g‘ovak to’ldiruvchilar betonning zichligini va issiqlik 
o’tkazuvchanligini kamaytiradi, bunday betonlar to’siq konstruksiyalarda issiqlik 


12 
izolyasiyalari uchun ishlatiladi. 

Alohida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi 
saqlaydi (atom elektrostansiyalarida va sh.k.). 
To’ldiruvchilarni sanab o‘tilgan vazifasi, betonlarda samarali ishlatilishini 
belgilaydi, shuningdek ular betonning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning 
xususiyatlari hamda texnik iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi. 
2-§. To’ldiruvchilarning sinflanishi. 
O‘zRST 669-96 “Noruda qurilish ashyolari. Sanoat chiqindilaridan olinadigan 
zich chaqiq tosh va qum. Betonbop g‘ovak to‘ldiruvchilar” bo’yicha 
to’ldiruvchilarning 
standartlashtirilgan 
sinflanishi 
quyidagilar 
bo’yicha 
belgilanadi: kelib chiqishi, zarrachalar yirikligi, zarrachalar shakli, zichligi (jadval-
1.1). 
To’ldiruvchilar 
kelib chiqishi, 
yirikligi 
va 
boshqa 
xususiyatlari bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi: 
1) 
Kelib chiqishi bo’yicha 3 ta guruxga bo’linadi: 
a) tabiiy, shu jumladan yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan jinslar va
boyitishdagi chiqindilar;
b) sanoat chiqindilari asosidagi to’ldiruvchilar; 
v) sun’iy (maxsus tayyorlangan). 
Kimyoviy tarkibi va fazoviy xolatini o‘zgartirmay, tog‘ jinslarini kelib 
chiqishi va petrografik nomlanishi yoki chiqindilar turini xususiyatlaydigan tabiiy 
materiallar va sanoat chiqindilari. Masalan, magmatik chuqurlikdagi (intruziv) 
jinslar – granit, sienit, diorit; domna shlaklari. Sun’iy to‘ldiruvchilar xomashyo turi
(tabiiy, chiqindilardan yoki ular aralashmasidan) va ishlab chiqarish texnologiyasi 
(ishlov berish usuli) bilan xususiyatlanadi. Masalan, tabiiy xomashyoni kuydirib 
ko‘pchitish –keramzit; domna shlaklari eritmalarini g‘ovaklashtirib olinadigan – 
shlakli pemza. 
2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi: 
a) yirik, zarrachalari o‘lchami 5 mm dan katta (chaqiq tosh, shag‘al);


13 
b) mayda, zarrachalari o’lchami 5 mm dan kichik (qum). 
3) Zarrachalar shakli bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi:
a) burchaksimon (noto‘g‘ri) shakldagi, maydalab olinadigan (chaqiq tosh, 
maydalashdagi qum va b.); 
b) yumaloq shakldagi zarrachalar (shag‘al, tabiy qum va b.); 
4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi buyicha zich va g‘ovak turlarga 
bo‘linadi (2 g/sm

dan katta yoki kichik
).
5)Uyilgan zichligi bo‘yicha xam to‘ldiruvchilar tavsiflanadi:
Uyilma zichlik yirik g‘ovak to‘ldiruvchilar uchun 1200 kg/m³ dan oshmasligi 
va g‘ovak qumlar uchun -1400 kg/m³ dan oshmasligi kerak.
6) To‘ldiruvchining ko‘rinishi tuzilmasi bo‘yicha xam betonlar zich, g‘ovak 
va maxsus to‘ldiruvchi turlariga bo‘linadi.
7) To‘ldiruvchilar asosiy kursatkichlari va vazifalari buyicha og‘ir betonlar, 
engil betonlar, mayda zarrachali betonlar, maxsus betonlar uchun to‘ldiruvchilar 
turkumini tashkil kiladi. 
8) To‘ldiruvchilar asosiy vazifasiga ko‘ra: og‘ir, engil, maydazarrachali 
betonlar uchun, maxsus betonlar uchun (olovgabardosh, kimyoviy chidamli, 
manzarali, radiatsion-himoya, issiqizolyasion va b.).

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling