S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
 
1. To’ldirgichlarning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 
2. Uyilgan zichlik nima? 
3. To’ldiruvchilar g’ovakligi, zarrachalari orasidagi bo’shliqlikni keltiring? 
4. To’ldiruvchilarning namligi va suv shimuvchanligi qanday aniqlanadi? 
5. To’ldiruvchilar qanday zarrachalar shakli va o’zaro joylanishiga ega?
6. To’ldiruvchi zarrachalar tarkibi, tuzilishi va solishtirma zichligini keltiring? 


33 
7. To’ldiruvchilarning mustahkamligi qaysi formuladan to’iladi? 
8. Suvga va sovuqqa chidamliligi qaysi formuladan to’iladi? 


34 
1-§. Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilar 
 Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar qo‘llaniladi. Donalari 5 mm dan 
kattaroq yirik to‘ldiruvchilarni shag‘al va chaqiq tosh turlariga ajratiladi. CHaqiq 
toshni tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi. Betondagi mayda to‘ldiruvchilar 
tabiiy va sun’iy qum hisoblanadi. 
Qurilishda asosan yuqori mustahkamlikga ega betonlarda ohaktosh va 
granitdan olingan chaqiq toshlar ishlatiladi. SHag‘al sirti tekis va shamolda 
nuragan tog‘ jinslarini noanik aralashmasini ifodalaydi. Odatda, donalari turli 
yiriklikdagi shag‘al-qum aralashmalar uchraydi. Engil betonlar uchun g‘ovakli tog‘ 
jinslaridan olingan tabiiy chaqiq tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki ko‘p 
hollarda mahsus sun’iy tayyorlangan to‘ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, 
agloporit, shlakli pemza, dolomit xomashyosi asosidagi engil to‘ldiruvchilar va 
boshqalar). 
Qum o‘zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog‘ jinslarining 
shamol ta’sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning 
zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dala shpatli va ohaktoshlilari 
uchraydi. Ba’zan qumni tog‘ jinslarini mahsus maydalash yo‘li bilan olinadi. 
Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus 
maqsadlardagina qo‘llaniladi.
To‘ldiruvchilar betonning 85-90% hajmini egallab, uning xususiyatlariga, 
uzoq muddatga chidamliligiga va narxiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
To‘ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho 
hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi. Bundan 
tashqari, to‘ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. YUqori 
mustahkamlikdagi to‘ldiruvchili baquvvat skelet ma’lum darajada betonning 
mustahkamligini va deformatsiyalanish modulini ko‘taradi – konstruksiyalarning


35 
bosim ta’sirida deformatsiyalanishini kamaytiradi, shuningdek betonning 
siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida ta’sir ko‘rsatish natijasida 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qaytmas deformatsiyalardan saqlaydi.
To‘ldiruvchi betonning kirishishini oldini oladi va bu bilan uzoq muddat 
chidaydigan materialni olish imkonini beradi. Sement toshining qotish 
jarayonidagi cho‘kishi 1-2 mm/m ni tashkil etadi. Notekis cho‘kish 
deformatsiyalari sababli ichki zo‘riqishlar va xatto mikroyoriqlar yuzaga keladi. 
To‘ldiruvchi cho‘kish deformatsiyasi zo‘riqishini qabul qiladi va sement toshiga 
nisbatan bir necha barobar cho‘kishni kamaytiradi.
G‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar kam zichlikka ega bo‘lib, engil 
betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik tutuvchanlik xususiyatini 
yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli, nurlanishdan 
himoyalash va boshqalar) to‘ldiruvchining ahamiyati juda katta, chunki ularning 
xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi.
Silikat betonlarda to‘ldiruvchi o‘zining odatdagi tadbiqidan tashqari o‘ziga 
xos muhim ahamiyat kasb etadi. Uning donalarining sirti bog‘lovchi modda bilan
reaksiyaga kirishadi va ko‘p hollarda olinayotgan betonning xususiyatlari ularning 
mineralogik tarkibiga va nisbiy yuzasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Beton tarkibini loyihalash berilgan mustahkamlikdagi va sement sarfini 
minimal konsistensiya asosida bajariladi. Zich tarkibli va minimal sement sarflab 
olinadigan betonlarda asosiy hajmni to‘ldiruvchilar tashkil etadi.
Agar yirik to‘ldiruvchi bo‘liqligi (shag‘al yoki shag‘al) – V
bo‘sh.yir. 
bo‘lsa, 
unda betonning maksimal tashkil etuvchisi mayda to‘ldiruvchi hisoblanadi – V
mayda 
= 0,01V
bo‘sh.yir. 
(0,01-bo‘shliqlik foizda keltirilgan).
U holda mayda va yirik to‘ldiruvchilar aralashmasi bo‘shliqligi quyidagiga 
teng: 
100
.
.
.
.
min
.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling