S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
Rasm-2.2. G‘ovak materiallarning strukturasi a-yacheykali, b-donali 9-§. To‘ldiruvchilarning mustahkamligi To‘ldiruvchilar tog‘ jinslarini maydalash orqali olinsa, u holda shu tog‘ jinsining mustahkamligi aniqlanadi. Buning uchun tosh kesuvchi stanokda diametri va balandligi 40-50 mm o‘lchamdagi silindr yoki kub shaklidagi namuna 29 tayyorlanadi. Namunalarni suvga solib, ma’lum vaqtdan so‘ng suvdan chiqariladi va gidravlik pressda siqilishda mustahkamlik chegarasi (MPa) aniqlanadi: А Р ск , bu erda: R-pressning buzuvchi kuchi, mN A-namunaning ko‘ndalang yuzasi, m 2 Biroq hamma vaqt ham bunday sinovni o‘tkazib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda zaruriy tog‘ jinslari yoki xom ashyo materiallar yirik g‘ovaklari, yoriqlari ta’sirida kuchsizlanadi. Bunday tog‘ jinslaridan olinadigan chaqiq tosh etarli mustaxkam bo‘lishi mumkin, ya’ni maydalanish jarayonida kuchsizlantiruvchi defektlardan xalos bo‘ladi. Natijada bunday tog‘ jinsi asosidagi standart namunani sinashda shag‘alning haqiqiy sifatini ifodalovchi natija olib bo‘lmaydi va mustahkamligi pasayadi. R.L.Mailyan izlanishlarida karbonat jinslari asosidagi shag‘al mustaxkamligi shu tog‘ jinsi asosidagi namuna mustahkamligidan bir necha barobar yuqori bo‘ladi. SHu sababli shag‘al va chaqiq toshning mustahkamligi u olinadigan tog‘ jinsi asosidagi namunani sinash orqali hamma vaqt ham aniqlab bo‘lmaydi. SHu sababli standartda tabiiy tosh asosidagi shag‘al va shag‘al uchun po‘lat silindrda siqilishdagi maydalanishini aniqlash nazarda tutilgan. Uning aniqlash metodikasi quyidagilardan iborat: bir fraksiyali shag‘al yoki shag‘al ichki diametri-150mm li po‘lat silindr idishga solinadi. So‘ngra silindr tepasiga nisbatan kichik diametrli (148mm) po‘lat puanson qo‘yiladi, u orqali gidravlik pressda 200 kN kuch ta’sirida eziladi. Natijada to‘ldiruvchilar namunasi maydalanadi. SHundan so‘ng maydalangan namuna silindrdan olinib tarozida tortiladi, keyin sinalyotgan eng kichik o‘lchamdagi to‘ldiruvchi fraksiyasidan 4 marta kichik (0,25D naim ) ko‘zli elakdan o‘tkaziladi; 5-10mm li fraksiyalar uchun 1,25mm li ko‘zli elak; 10-20mm li fraksiyalar uchun 2,5mm li ko‘zli elak; 20-40mm li fraksiyalar uchun 5mm li ko‘zli elak qo‘llaniladi. To‘ldiruvchi namunasidan 30 maydalangan donalar chiqarib tashlanadi, so‘ngra elakdagi qoldiq tarozida tortiladi. Maydalash ko‘rsatkichi(%): % 100 1 m m m Д р , bu erda, m – sinalayotgan barcha namunalar massasi, g m 1 – tajribadan so‘ng kontrol elakda qolgan qoldiq massasi, g G‘ovak to‘ldiruvchilar uchun ham silindrda ezish analogik metodika bo‘yicha bajariladi, faqat natijalarni baholash boshqacha amalga oshiriladi. G‘ovak shag‘al yoki chaqiq tosh bir fraksiyali namuna sifatida ichki diametri 150mm silindr idishga 100 mm balandlikda solinadi, tekislanadi va puanson qo‘yiladi. Tajribagacha puansonning pastki riski silindrning yuqori belgisiga mos kelishi kerak. So‘ngra gidravlik press yordamida to‘ldiruvchi namunasi siqiluvchi kuch ta’sirida puanson 20mm pastga tushguncha (silindrning yuqori riskidan hisoblaganda) eziladi va press manometri ko‘rsatkichi yozib olinadi. SHu tartibda, to‘ldiruvchi namunasining 1/5 qismi hajmi ezilishi uchun ketgan kuch aniqlanadi. Silindrda ezilishdagi mustahkamlik chegarasi (MPa) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: А Р тўл . , bu erda, R – Puanson yuqori riskigacha ezishdagi kuch, mN A – silindr ko‘ndalang kesimi yuzasi, A = 0,0177m 2 To‘ldiruvchining mustahkamligi uning zichligi va strukturasiga bevosita bog‘liq. SHu sababli agar namunaning zichligi 10% ga oshsa, u holda uning mustahkamligi 21% ga ortadi (1,10 2 =1,21). Tog‘ jinslarini o‘rganish jarayonida va bir qancha ilmiy izlanishlar asosida S.M.Itskovich to‘ldiruvchilar mustahkamligi (R) ni hisoblashda quyidagi formuladan foydalanishni taklif etdi: 31 n R R ) ( 1 1 , bu erda, R 1 – zichligi –ρ 1 ga teng bo‘lgan materialning amaliy o‘rnatilgan mustahkamlik chegarasi. ρ- material (dona) zichligi, R mustahkamlikka mos keluvchi. n- material strukturasiga bog‘liq daraja ko‘rsatkichi. Bundan kelib chiqib, to‘ldiruvchilar mustahkamligi uning zichligiga to‘g‘ri proporsionaldir. n- daraja ko‘rsatkichi to‘ldiruvchilar uchun n= 3 - 6 ni tashkil etadi (o‘rtacha 4 ga teng). Hisobiy mustahkamlikni (keramzit shag‘alsi uchun) hisoblashda S.M.Itskovich quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya etdi: 2 15 дона хисоб R , bu erda, ρ dona – keramzit shag‘alsi donasining zichligi, g/sm 3 . ρ dona = 0,58 – 0,67 g/sm 3 bo‘lsa, R xisob = 5 – 6,7 MPa. To‘ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi To‘ldiruvchilarning mustahkamligi ular olinadigan tog‘ jinsidan kelib chiqib, suvga bo‘ktirilgan holatida aniqlanadi. YA’ni suvda saqlangan materialning mustaxkamligi o‘z navbatida kamayadi. G‘ovaklarga va mikroyoriqlarga kirgan suv uning bog‘lanishlarini kuchsizlantiradi. Shu sababli to‘ldiruvchilar mustahkamligini aniqlashda, namunaning quruq holatdagi va suvga bo‘ktirgandan so‘ng mustahkamligi aniqlanib, yumshash koeffitsienti topiladi: курук букт сув юм R . . , bu erda: σ suv.bo‘kt - to‘ldiruvchining yoki u olingan tog‘ jinsining suvga bo‘ktirilgandan so‘ngi (48 soat suvda saqlangan) mustahkamlik chegarasi, kgs/sm 2 σ quruq - to‘ldiruvchining yoki u olingan tog‘ jinsining quruq holatidagi mustahkamlik chegarasi, kgs/sm 2 32 To‘ldiruvchilarning yumshash koeffitsienti uning suvga chidamliligini xarakterlaydi. Suvga chidamlilik bevosita suvshimuvchanlik va to‘ldiruvchining tabiiy moddasiga bog‘liqdir. Suvshimuvchanlik esa materialning g‘ovakligi va strukturasiga bog‘liq. To‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo‘ktirilgan holatda ko‘p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. Bir fraksiyali to‘ldiruvchi namunasi 48 soat davomida xona haroratida suvda saqlanadi. Sovitish kamerasida -15 0 S dan -20 0 S gacha haroratda muzlatiladi. 4 soat davomida kamerada saqlangan namuna idish bilan birgalikda suvli vannada ya’na 4 soat ushlab turiladi. Bu holat standartda keltirilgan bo‘yicha to‘ldiruvchi turidan kelib chiqib takrorlanadi. Shundan so‘ng to‘ldiruvchi namunasi quritilib elakdan o‘tkaziladi. Sovuqqa chidamlilikni sinashda massa yo‘qotilishi (%) aniqlanadi: % 100 1 2 1 . m m m М чид сов , Bu erda: m 1 – sinovgacha to‘ldiruvchi namunasining massasi, g m 2 – sinovdan so‘ng elakda qolgan qoldiq, g SHundan so‘ng olingan natija (massa yo‘qotilishi) mavjud standart bilan solishtiriladi. Sinov ishlarini tezlashtirish maqsadida namuna natriy sulfat qorishmasiga solinadi va tezda 105-110 0 S da quritish shkafida quritiladi. So‘ngra yuqorida keltirilgan holatda massa yo‘qotilishi aniqlanadi. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling