S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Bir barabanli aylanma pechda keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Bir barabanli aylanma pechda keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi 
Rasm 7.2. Keramzit ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan bir barabanli 
aylanma pech sxemasi:1-xom granulalarni joylash; 2-aylanma pech; 3-forsunka; 4-
ko‘pchigan keramzit shag‘ali; 5-issiq gazlar oqimi. 
SHu sababli keramzit olishda xom granulalarni pishirish xaroratni juda tez 
oshirishda erishiladi, aks xolda sekin xaroratni oshirishda gazlarning asosiy qismi 
ko‘pchishgacha erkin chiqib ketadi va zich ko‘pchimagan massa xosil bo‘ladi. 
Granulalarni juda tez ko‘pchish xaroratigacha qizdirish uchun dastlab uni 
tayyorlash, quritish va isitish kerak.
S.P.Onatskiyning izlanishlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, issiqlik 
ishlov berishning bosqichma-bosqich rejimi optimal xisoblanadi: xom granulalarni 
uzluksiz 200-600 
0
S gacha issitish va so‘ngra juda tez ko‘pchish xaroratigacha 
qizdirish (1200-1250 
0
S). 
Xom granulalarni pishirish aylanma pechlarda bajariladi, konstruksiya 
bo‘yicha ular bir barabanli, ikki barabanli va issiqlik almashinuvini bajaruvchi 
pech turlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda bir barabanli aylanma pechlar keng 
ishlatiladi, diametri-2,5m va uzunligi-40m (rasm 2.1.). Bu pech silindr metall 
barabandan iborat bo‘lib, ichki qismi olovga bardoshli material(g‘isht) bilan 
qoplangan. Aylanma pech 3 gradus qiyalikda joylash-tiriladi va o‘z o‘qi bo‘yicha 


126 
sekin aylanadi. SHu sababli pechning yuqori qismidan tushadigan xom granulalar 
uning aylanishidan pastki qismiga qarab xarakatlanadi, bu qismida gaz va suyuq 
ko‘rinishdagi yoqilg‘ilarni yondirish uchun gaz gorelkasi yoki forsunka 
joylashtiriladi. Natijada, xom granulalar issiq gazlarga qarshi xarakatlanadi, isiydi 
va qizdirish zonasida ko‘pchiydi. Granulalar pechda o‘rtacha 1 soat bo‘ladi.
Issiqlik ishlov berishning optimal rejimini ta’minlash uchun, pechning 
ko‘pchish zonasi uning boshqa qismlari (tayyorlash zonasi)dan xalqa yordamida 
ajratiladi. Aylanma pechning ko‘pchish zonasi yoki ikkita oxirgi qismlari 
kengaytirilgan va o‘rta qismi toraytirilgan bo‘lsa analogik samaraga erishiladi. 
Granulalarning ko‘pchishi gilni piroplastik holatga o‘tishida sodir bo‘ladi, bunda 
ishlab chiqarishning oz miqdorda ham berilgan parametrlardan chetlashishi 
granulalarni o‘zaro yoki pechning ichki devoriga elimlanib qolishiga olib keladi. 
Keramzit ishlab chiqarishning samarali yo‘li bu granulalarni olovga bardoshli 
kukunlar bilan qoplash hisoblanadi. Bu kukun sepuvchi maxsus barabanda yangi 
tayyorlangan granulalar qoplanadi yoki bevositia aylanma pechda ko‘pchish 
zonasidan oldin maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi. Granulalar sirtini 
kukun bilan qoplash ishlab chiqarish jarayonini va pishirish xaroratini 
barqarorlashtiradi. Natijada keramzit uyilma zichligi pasayadi va pechning ishlab 
chiqarish mahsuldorligi ortadi rasm 7.3.). 
 
Rasm-7.3. Aylanma pechga olovga bardoshli kukunni kiritish qurilmasi:1-
aylanma pech; 2-kukunning zaxira bunkeri; 3-kukunni kiritish qurilmasi; 4-gorelka 
(forsunka); 5-ikkilamchi xavoni kiritish qurilmasi; 6-elevator. 


127 
Aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qayta qo‘llashda yoqilg‘i sarfini 
kamaytiradi. SHu maqsadda pechdan tashqari va pech ichidagi issiqlik 
almashinuvini qo‘llash yoqilg‘i sarfini 10% dan 30% gacha tejashga erishiladi. 
Pechdan tashqari issiqlik almashuvi uchun kuydirish agregati (rasm.7.4.) tarkibiga 
kiruvchi qatlam tayyorlovchi SMS-197 ishlatiladi.
Rasm-7.4. Kuydirish agregati SMS-197: 1- qatlam tayyorlovchi; 2-aylanma 
pech 2,8 × 20 m; 3- qatlam sovitgich; 4- xom granulalar 
Qatlam tayyorlovchi qurilmada xom granulalar nafaqat quritiladi, balki 200-
300
0
S gacha qizdiriladi, natijada uzunligi 20m va diametri 2,8m aylanma pechlar 
ishlatiladi. Keramzitni kuydirishda ishlatiladigan ikki barabanli pechning 
tayyorlash va ko‘pchish zonalari ikkita turli tezlikda harakatlanuvchi 
barabanlardan tashkil topadi. 
Issitish barabani (kichik diametrli) va ko‘pchish barabani (katta diametrli) 
bitta o‘qda joylashgan bo‘ladi, ya’ni birinchisi ikkinchisi ichiga kiradi yoki turli 
o‘qlarda joylashtiriladi, bunda ular oraliq kamera (rasm.7.5.) bilan bog‘lanadi.


128 
Rasm 7.5. Ikki barabanli pechning sxemasi: a- bitta o‘qda joylashgan 
barabanlar; b- turli o‘qlarda joylashgan barabanlar; 1-issitish barabani; 2-oraliq 
kamera; 3-ko‘pchitish barabani 
Rolikli tayanchalarda turgan xar bir barabanning ekspluatatsiya paytidagi 
holati jiddiy nazorat etiladi, chunki roliklarga tushadigan yuk oshib ketmasligi 
kerak. Isitish barabanlari diametri 2,5-3m va uzunligi 20-35m, ko‘pchish 
barabanlarining diametri 3,5-4,5m va uzunligi 19-24 m ni tashkil etadi. Har bir 
baraban mustaqil yurgizuvchiga ega bo‘lib, uni belgilangan tezlikda aylanishini 
ta’minlaydi.
Barabanlarning aylanish tezligi shu holatda tanlanadiki, bunda ko‘pchish 
barabanidagi to‘shalgan granulalar isitish barabanidagiga nisbatan 1,5-2 marta 
tezroq harakatlanishi kerak. Ikki barabanli pechda har bir xomashyo turi uchun 
optimal issiqlik ishlov berish rejimi tanlanadi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish 
shuni ko‘rsatadiki, bu holatda olingan keramzitning sifati ortadi, mahsuldorlik 
oshadi, yoqilg‘i sarfi kamayadi. 
Granula ichida tiklanish muhiti undagi organik aralashmalar yoki 
qo‘shimchalar yordamida ta’minlanadi, biroq pechda oksidlanish muhitida bu 
organik aralashmalar va qo‘shimchalar yonishi mumkin. SHu sababli xom 
granulalarni isitishga tayyorlash jarayonida oksidli gazli muxitning bo‘lishi shart 
emas, biroq boshqa nuqtai nazar bo‘yicha ko‘pchimagan zich qobig‘li o‘ta 
mustahkam keramzit shag‘alini olish mumkin. Bunday 3mm gacha qalinlikdagi 
qobig‘ granulalar yuzasida organik aralashmalaning oksidli muxitda yonishida 
yuzaga keladi. 
Biroq keramzit ishlab chiqarishda xomashyoning ko‘pchish koeffitsientini 
oshirish 
zarur, 
chunki 
yuqori 
mustahkamlikdagi 
to‘ldiruvchi olishda 
ko‘pchimaydigan yoki kam ko‘pchiydigan gilli xomashyo ko‘p uchraydi, yaxshi 
ko‘pchiydigani esa etarli bo‘lmaydi.


129 
Keramzit shag‘alida etarli qalinlikdagi zich qobig‘ning mavjudligi 
xomashyoni ko‘pchishi qobiliyatidan to‘la foydalanilmaganligi bilan tushuntiriladi 
va maxsulot chiqishi kamayadi.
Kuydirish qurilmasining mahsuldorligi (m
3
/yil):

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling