S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Agloporit qumi va shag‘aliga qo‘yiladigan talablar


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Agloporit qumi va shag‘aliga qo‘yiladigan talablar 
KMK ga ko‘ra agloparitning donadorlik tarkibi bo‘yicha fraksiyalarga 
ajratish, uyilma zichligi asosida markalarga bo‘lish keramzit shag‘ali kabi amalga 
oshiriladi. Agloporit chaqiq toshning talab etiladigan mustahkamlik chegarasi, 
silindrda maydalashda aniqlangan qiymatlari keramzit shag‘aliga nisbatan kichik 


152 
bo‘ladi (jadval-14.1). Lekin agloporitni keramzitga nisbatan mustahkamligi kichik 
deb emas, balki dona shaklini xam inobatga olish kerak. 
Agloporit chaqiq toshining mustaxkamligiga qo‘yiladigan talablar 
jadval- 7.2 
Uyilma 
zichligi 
bo‘yicha 
markasi 
Silindrda maydalanish 
mustaxkamligi, MPa sifat 
darajasiga ko‘ra, kam emas 
Uyilma 
zichligi 
bo‘yicha 
markasi 
Silindrda maydalanish 
mustaxkamligi, MPa sifat 
darajasiga ko‘ra, kam emas 
oliy 
birinchi 
oliy 
birinchi 
400 
0,4 
0,3 
700 
1,0 
0,9 
500 
0,6 
0,5 
800 
1,4 
1,2 
600 
0,8 
0,7 
900 
1,6 
1,4 
Silindrda maydalashda mustahkamlikning absolyut emas balki nisbiy qiymati 
aniqlanadi, chunki mustahkamlik sinalayotgan to‘ldiruvchi shakliga bog‘liqdir. 
Metall silindrga solingan o‘ta qirrali agloporit chaqiq toshni ezishda keramzit 
shag‘aliga nisbatan kam kuch sarflanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘satdiki, 
agloporitning mustahkamligi betonda sinalganda silindrda standart mustahkamlikni 
sinashdagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 25-30 barobar ortadi. 
Turli fraksiyadagi agloporit quyidagi uyilma zichlikni tashkil etadi:
chaqiq tosh fraksiyasi 20-40mm, uyilma zichligi 500-600kg/m
3
; 10-20mm, 
600-700 kg/m
2
; 5-10mm, 700-800kg/m
3
;
5mm gacha yiriklikdagi qumda – 1000kg/m
3
gacha.
Agloparit chaqiq toshining donalari orasidagi bo‘shiqlik 50-60% ni (yuqori 
sishafli uchun 50% gacha) tashkil etadi.
Dona zichligi chaqiq tosh uyilma zichligiga nisbatan 2 va undan ko‘p martaga 
ortadi. Agloporit chaqiq toshining donalar g‘ovakligi 40-60% ni tashkil etadi. 
Donalar shakli koeffitsienti o‘rtacha 2,5 dan oshmasligi kerak (yuqori sifatli 
agloporit uchun -2). Keramzit shag‘alidan farqli ravishda agloporit chaqiq toshda 
ko‘p miqdorda ochiq g‘ovaklar (15-20%) bo‘lib, betonda suv yoki sement 
qorishmasi bilan to‘ladi. Bu sement sarfini bir muncha oshishiga olib keladi, biroq 


153 
to‘ldiruvchining sement qorishmasi bilan yaxshi bog‘lanishini va mustahkamligini 
oshishini ta’minlaydi. Natijada yuqlri mustahkamlikdagi agloporit beton olinadi. 
Agloporit yuqori darajada zichligi va mustahkamligi bo‘yicha bir jinsligi 
bilan farqlanadi, bu esa betonda qo‘llanishi samaradorligini oshiradi. Davlat 
standartiga ko‘ra uning uzoq muddatga chidamliligi va bardoshliligini ta’minlash 
maqsadida talablar qo‘yiladi. Agloparit chaqiq toshining bardoshliligi silikat 
nurash va sovuqqa bardoshliligi bilan tekshiriladi. YOnmagan yoqilg‘ilar qoldig‘i 
chegaralanadi. Agloporit chaqiq toshi namunasining qizdirishda massa yo‘qotishi 
3% dan oshmasligi kerak. Agloporit chaqiq toshida yonmagan donalar miqdorini 
chegaralash uchun natriy sirka kislota aralashmasida sinov ishlari bajariladi, bunda 
uch sikl aralashmaga solish va quritishda massa yo‘qotilishi 5%dan oshmasligi 
kerak. Agloporit qumi uchun donadorlik tarkibi normaga keltiriladi. Qumning 
qizdirishda massa yo‘qotishi 5% gacha ruxsat etiladi. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling