S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Agloporit ishlab chiqarishning texnologik asoslari


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Agloporit ishlab chiqarishning texnologik asoslari 
Agloporit xomashyoni pishirishda (aglomeratsiya) olinadi. Bu usul ko‘proq 
metallurgiya sanoatida rudani qayta ishlashda qo‘llaniladi. Pishirish jarayoni 
quyidagilardan iborat bo‘ladi: xomashyo materiallardan yoqilg‘i (ko‘mir) qo‘shib 
granulalar tayyorlanadi va kolosnikli panjaraga yotqiziladi.


147 
Rasm -2. Tarelka tipidagi granulyatorning ishlash sxemasi: 
a-komplekt asbob-uskunalarning ko‘rinishi; b-aylanuvchi chashkaning 
yuqoridan ko‘rinishi; 1- qabul bunkeri; 2- ta’minlovchi; 3- bunker;4-
suv(qorishma) uchun sig‘imli idish; 5 – chashka; 6- chashka tagini tozalovchi 
pichoq; 7- ortish joyi; 8- suv(qorishma)ni to‘kish forsunkasi; 9- tayyor granulalarni 
tushirish joyi. 
Panjara ostida vakumkamerada ventilyator yordamida xavo so‘rilib yarim 
xomashyoni kuydirish tezlatiladi. Ko‘mirning yonishi hisobiga yarim xomashyo 
yuqori harorat (1400-1500
0
S) gacha qizdiriladi. Natijada g‘ovak shishasimon 
massa (korj) hosil bo‘ladi. Kuydirish jarayoni juda tez amalga oshiriladi. 
Panjara ostidan havoni so‘rib olishda issiq gazlar yarim xomashyo 
materiallarning pastki qavatini ham kuydiradi. Havoni so‘rishda yuqori pishgan 
qavatlar anchagina soviydi. YOqilg‘ining yonishi kolosnikli panjaraga etganida 
aglomeratsiya jarayoni tugaydi, natijada pishgan agloporit korji olinadi, uni shag‘al 
va qumga aylantirish uchun maydalaniladi. 
Agloporit sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchisi aglomeratsion mashinada (rasm.7.14, 
7.15) olinadi. Bu mashinaning ishlab chiqarish quvvati xomashyoni pishish 
tezligiga bog‘liq va u quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
V= h /τ 
bu erda: h- pishadigan yarim xom ashyoning qavat balandligi, mm


148 
τ - pishish davomiyligi, min. 
Turli xomashyo va yarim xomashyolar uchun vertikal pishish tezligi 5- 
10mm/minut va undan ko‘pni tashkil etadi. Masalan, yarim xomashyo qavati 
200mm bo‘lsa, u 20-40 minut davomida pishadi. 
Rasm-7.14. Aglomeratsion mashinaning sxemasi: 
1-xom granulalarni mashinaga to‘kish; 2-yondiruvchi gorn; 3-kolosnikli 
panjara;
4-pishgan granulalar qavati; 5-yoqilg‘ining yonish zonasi; 6-pishgan korj;
7-gazlarni so‘rib olish; 8-vakum kamera
 


149 
Rasm.7.15. Aglomeratsiyalash mashina 
Kisqacha texnik xarakteristikasi: 
Pishish yuzasi, m2 
75 
Pishirish aravasi eni, m 

Pishgan qavat balandligi, mm, gacha 500 
Aravaning xarakatlanish tezligi, m/min 1…4 
Kolosniklar osti bosimi, Pa, gacha 1200 
*Maxsuldorlik, t/m
2
soat 
aglomerat bo‘yicha 
110…140 
shixta bo‘yicha 
175…240 
*Maxsuldorlik aglomeratsiya jarayonining texnologik sharoitidan kelib chiqib 
belgilanadi. 
Sanoat miqyosida agloporit ishlab chiqarishda gilli jinslardan quyidagi yarim 
tayyor mahsulot tayyorlanadi. Gilli xomashyo, maydalangan toshko‘mir (yirikligi 
5 mm gacha), qo‘shimchalar aniq me’yor bo‘yicha aralashtiriladi. Ko‘mirning 
massa ulushi 7-12% ni tashkil etadi. Agar gilli xomashyo quruq bo‘lsa, u xolda gil 
aralashtirgichga suv qushiladi va gil bir xil massaga kelguncha aralashririladi. 
Maxsus mashinalar granulyatorlarda (masalan, barabanli granulyatorda) gilli 
granulalar olinadi. Tayyor granulalar aglomeratsion mashinada pishiriladi.. 
Mashina to‘xtovsiz harakatlanuvchi aravali konveyrdan, asosi issiqqa chidamli 
po‘lat va ikki tomonidan to‘silgan kolosnikli panjaradan iborat. Konveyr temir-yo‘l 
bo‘yiga vakum-kamera ustida harakatlanadi. 
Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to‘siqli aravachaga 200- 300mm 
qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o‘tganida suyuq yoki gaz 
ko‘rinishidagi yoqilg‘i yonishidan 1000
0
S xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra 
vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so‘rib olinishi natijasida xom 
granulalar pishadi. Aglomeratsion mashinadan pishgan korj chiqadi. 


150 
CHiqqan korj birjinsli bo‘lmay, ichki qismi to‘q rangda (tiklanish muxiti 
temir oksidlariga o‘tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi), 
yuza qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muxit, kuydirishdan past xarorat) 
kichik mustahkamlik va kam chidamli qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli pishmagan qatlam 
yuzaga keladi. SHu sababli aglomeratsion panjarada hosil bo‘lgan pishgan yarim 
maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo‘laklarga korj 
maydalagich yordamida ajratiladi, 
bo‘laklar panjaraga uzatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari cho‘kadi, 
texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi va 
xom granulalarning pishishini, gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi. 
Xomashyoga qo‘shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu 
bilan birga aglomeratsion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini 
yaxshilashda yog‘och opilkalari, yog‘och gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat 
chiqindilari ishlatiladi. 
Agloporit tarkibidan pishmagan bo‘laklarini ajratgandan (texnologik 
jarayonga qaytarilgan) so‘ng 80-120
0
S gacha sovitiladi, maydalanadi, shag‘al va 
qumga ajratiladi. Agloparit shag‘ali va qumining ishlab chiqarish texnologik 
sxemasi (rasm-7.16) da keltirilgan. 
Agloporitni sovitishda qo‘llaniladigan shaxta tipidagi sovitgich o‘rniga lentali 
(tubi perforirlangan metall transporter), chashkasimon ( ikkita jalyuzali silindr 
devorli xalqasimon bunker) va baraban tipidagi sovitgichlar ishlatiladi. 
Asosiy xomashyo material sifatida ko‘mirni boyitish chiqindisi 
qo‘llanilganda, texnologik sxemaga sarflanuvchi materiallarni tayyorlashga doir 
o‘zgartirishlar kiritiladi. Ko‘mir boyitish chiqindilari ikki bosqichli maydalaniladi, 
elakdan o‘tqaziladi va o‘lchami 2,5mm gacha donalar olinadi. Gil quruq 
komponent (yirikligi 3mm gacha) yoki suyuq gilli massa ko‘rinishida qo‘shiladi. 
Agloparit ishlab chiqarishda komplekt texnologik jixozlangan SMS-117 va SM-
961 (uzunligi-40m, eni-1,5m) markali aglomeratsion mashinalar ishlatiladi. 


151 
 
 
Rasm-7.16. Agloporit chaqiq toshi va qumini ishlab chiqarish texnologik 
sxemasi: 
1-ekskavator; 2-avtotransport; 3-yashikli uzatgich; 4-valkli 
maydalagich; 5-tebranma elak; 6-lentali ta’minlovchi; 7- yig‘uvchi lentali 
transporter; 8- toshni ajratuvchi valslar; 9-ikki valli gil aralashtirgich; 10-baraban 
tipidagi granulyator; 11-yotqizgich; 12-yondiruvchi gorn; 13- aglomeratsion 
mashina; 14-maydalagich; 15-shaxta tipidagi sovitgich; 16- valkli-tishli 
maydalagich; 17-shag‘alni navlarga ajratuvchi mashina; 18-tayyor mahsulotlar 
ombori; 
 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling