I kirish. II asosiy qism 1 Tuproq haqida
Download 197.65 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tloqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5 Andijon viloyati sug’oriladigan o’tloqi tuproqlarining unumdorligi III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: O’tloqi tuproqlar va saz tuproqlar va botqoqlanish jarayoni Reja: I Kirish. II Asosiy qism 2.1 Tuproq haqida. 2.2 O’tloqi tuproqlar turlari. 2.3 O’tloqi tuproqlar joylashgan yerlar iqlimi. 2.4 Botqoqlashgan- tuproqlar 2.5 Andijon viloyati sug’oriladigan o’tloqi tuproqlarining unumdorligi III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Yer-xalq boyligi, qishloq-xo‘jalik ishlab chiqarishning bosh vositasidir. Tuproq unumdorligi esa ishlab chiqarish quvvatini oshirishda ko‘p jihatdan tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uni avaylab asrash va yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmuasiga bog‘liq. Tuproqning tarkibidagi o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan oziq moddalarning miqdori ko‘p bo‘lsa, tabiiyki, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayadi. Turli tuproq tiplarida oziq moddalarning umumiy va o‘simliklar oson o‘zlashtira oladigan miqdori turlicha bo‘lganligi sababli bu tuproqlardagi oziq elementlariga bo‘lgan talab va ularning samaradorligi ham turlicha bo‘ladi. Organik va mineral moddalar tuproqlarga ta’sir ko‘rsatib, ularni oziq elementlariga boyitadi, tuproq eritmasining reaksiyasiga mikrobiologik jarayonlarning xususiyati va jadalligiga, shuningdek, tuproq unumdorligiga ta’sir etadi va ko‘pgina xususiyatlarini o‘zgartiradi. Ma’lumki, tuproq unumdorligi deganda, uning o‘simliklarni butun vegetatsiya davrida suv va oziq moddalari bilan ta’minlay olish qobiliyati tushuniladi. Tuproq unumdorligi birinchi navbatda tabiiy tuproq xosil qiluvchi omillar (iqlim, rel’ef, tuproq xosil qiluvchi ona jins, tabiiy o‘simlik qoplami) bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproq unumdorligini belgilaydigan muhim kattaliklar jumlasiga undagi o‘simlik uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarning miqdori va shaklini, o‘simliklar uchun yaroqli suv miqdorini va tuproq aeratsiyasi kabilarni ham kiritish mumkin. Tuproq unumdorligining asosan ikki turi – potensial (tabiiy) va samarador unumdorlik farqlanadi. Shu narsa ma’lumki, tuproq unumdorligi qanchalar yuqori bo‘lsa, qo‘llaniladigan barcha agrotexnikaviy tadbirlarning samarasi va shunga mos ravishda olinadigan hosil miqdori ham yuqori bo‘ladi. Tabiiy unumdorlikning darajasi ko‘proq tabiiy-iqlim sharoitlariga bog‘liq bo‘lsa, samarali unumdorlik esa ko‘p jixatdan tuproqning agrokimyoviy xossalari bilan bog‘liqdir. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy xossalarini tavsiflashga o‘tishdan oldin, tuproq hosil bo‘lish jarayoni, ularning xossa-xususiyatlari va unga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bilish, tuproqlarni shakllanishi va ularning tarkibiy qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Download 197.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling