I kirish. II asosiy qism 1 Tuproq haqida


Download 197.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi197.65 Kb.
#1613988
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o\'tloqi

 
 


2. O’tloqi tuproqlar poyasining tuproqlari.
 
Bo`z tuproqlar poyasining tuproqlarini dastlab A.Middendorf (1882) va 
N.Teyx (1881) o`rgandilar. Bu tuproqlarni N.A.Dimo "och tuproq", 
S.S.Neustruyev "bo`z tuproqlar" deb atashni taklif qildilar. A.N.Rozanov 
keyinchalik ko`p yillik izlanishlar samarasi o`laroq "O`rta Osiyo bo`z 
tuproqlari" kitobini yozdi (1951).
Bo`z tuproqlar poyasi tog`larning yuksakligi 250-400 metr dan 1400 
metrgacha, janubda 1500-1600 metr absolyut yuksakliklarini ishg`ol qiladi. 
Biologik va iqlimiy sharoitlarning ifodalanishiga ko`ra bu tuproqlarning 
yuqori chegarasi hamma joyda har xil yuksakliklardan o`tadi.
Keyingi 
yillarda 
toshkentlik 
tuproqshunoslar 
N.V.Kimberg, 
B.V.Gorbunov, A.Z.Genusovlar tomonidan olib borilgan tekshirishlar 
natijasida bo`z tuproqlar poyasi bilan cho`llarning biologik va iqlimiy 
sharoitlari orasida muhim farqlar borligi va bu farqlar bir-biridan ajralib 
turadigan tuproqlar paydo bo`lganligi aniqladi.
Relyefi tog` jinslari. Bo`z tuproqlar Tyan-Shan, Pomir-Oloy va 
Kopetdog` tog`larining etaklaridagi qiya tekisliklarda, tog` daryolarining 
terrasalarida va tog`oldi murakkab relpefli joylarda tarqalgandir. Bo`z 
tuproqlar tarqalgan joylarda to`rtlamchi davr g`ovak jinslari (Toshkent vohasi 
va Mirzacho`dda lyosslar, lyossimon jinslar), konus yoyilmalarida shag`al 
aralash turli granulometrik tarkibli jinslar hosil bo`lgan. Tog` etaklaridan 
yuqoriga ko`tarilgan sari lyoss tarkibidagi il jinslarining miqdori ortib boradi. 
Lyoss tarkibida yirik chang miqdori ko`p, g`ovak, mikroagregatli, SaSO3 ga 
boy, kolloidlarga va almashinuvchi kationlarga kambag`al.
Turkiston lyosslari allyuvial, allyuvo-prolyuvial va delyuvo- prolyuvial 
jarayonlar taosirida hosil bo`lgan degan nazariya bor.
Bo`z tuproqlarda sizot suvlari chuqurda bo`ladi, ammo baozi joylarda 
bu suvlar yer yuziga yaqinlashganda (3-5 m) tuproq gorizontlari bo`ylab 


kapillyarlar orqali ko`tarilayotgan nam o`tma tuproqlarni hosil qiladi. Sizot 
suvlari yanada yuzada joylashgan yerlarda esa bo`z tuproqlar zonasining 
gidromorf tuproqlari-sho`rxoklar va o`tloqi tuproqlar hosil bo`ladi.
Iqlimi. Bo`z tuproqlar poyasining iqlimi Turkiston cho`llarning 
iqlimidan aridlik va kontinentalligining ozligi bilan farqlanadi.
Tog`lari uchta yuksaklik iqlim poyasiga bo`linadi: arid, subgumid, 
gumid-subnival. Har bir poyas maolum geomorfologik rayonlarga muvofiq 
keladi: arid-tog`oldi qiya tekisliklari va past tog`lar, subgumid-o`rtacha 
yuksaklikdagi tog`lar, gumid-subnival-yuksak tog`lar. Bo`z tuproqlar 
yuqorida eslatib o`tilganidek 1600 m yuksaklikkacha bo`lgan joylarni 
egallaydi. Bo`z tuproqlar poyasining o`rtacha yillik temperaturasi zonaning 
shimolida 9-11°, markazida (Toshkent, Samarqand oblastlari) 12-13,6° va 
janubida (Tojikiston Turkmaniston va Janubiy O`zbekistonda) 14-15° ni 
tashkil qiladi. Yillik yog`in miqdori yuqoridagilarga muvofiq 200-300, 250-
500 va 250-600 mm ni tashkil qiladi. Zonaning shimolida yog`in asosan 
qishda va bahorda bo`lib, bahorgi yog`inlar maksimumi mai oyiga to`g`ri 
keladi, Markazda yog`ining asosiy qismi baqorda mart-aprel oylarida bo`ladi. 
Janubda qish yumshoq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 0° dan yuqoridir. 
Absolyut yuksaklik ortgan sari yillik yog`in miqdori ortab, yillik 
o`rtacha temperatura ozayadi. Suv yuzasidan bo`g`lanishi 1000-1500 mm ni 
tashkil qiladi yog`in miqdoridan 4-5 marta ortiqdir. 
O`simliklar. Bo`z tuproqlar poyasining quyi och bo`z tuproqlar 
tarqalgan tog`oldi qiya tekisliklarida efemeroidlar, ulardan keng tarqalgani 
rang (Calex pachystylis) va qo`ng`irbosh (Poalubosa) iliq va nam bahor 
oylarida zich yashab chim hosil qiladi. Yozda esa qurib-qovjirab qoladi. 
Efemeroidlar orasida efemerlar keng tarqalgandir (Papaver pavonium, 
Delphinium persicum, Alyssum desertorum, Malsomlia turcestanica va 


boshqalar). Gipslashgan skeletli melkozem ustida esa asosan shuvoq va 
uncha siyrak rang, qo`ng`irbosh assotsiatsiyasi qo`shilib o`sadi.
Bir metrli qatlamdagi jami biomassa gektariga 8-10 tonnaga 
teng. Shunday qilib och bo`z tuproqlar poyasida efemerli mezofil 
o`simliklarining 
hosil 
bo`lishi, 
mezotermik 
fazada 
qalin 
o`sib 
yuqori o`n santimetrli qatlamda chim hosil qilishi bilan cho`l 
zonasining siyrak o`simliklaridan farq qiladi.
Tipik o’tloqi tuproqlar tarqalgan joylarda efemer-efemeroidli 
o`simliklarga yozda vegetatsiya qiladigan o`simliklar qo`shilib o`sadi. 
Bular zontiksimonlarning baozi turlari (Saligeria allioides, S. transcaspica), 
flomislar (Phlomis tapsoides, Ph.bucharica) juziniya (Cousinia reanosa), 
kapalakgullilar (Proralea drupacla) va boshqalardir. Bu tuproqlarning bir 
metrli qatlamqdagi jami biomassa gektariga 20 tonnadan ortiqdir.
To’q tusli o’tloqi tuproqlar tarqalgan joylarda o`simliklarning bo`yi 
yanada balandlashadi va qalinlashadi. Asosiy o`simliklari bug`doyiq 
(Agrorurum triuchophorum) va piyozboshlilar (Hordeum bulboum), baland 
bo`yli o`t o`simliklari - kamola (Ferula Jaeschkeana sovina), devyasila 
(Codonocephalum), yugana (Prahgos pabularia) qo`shilib o`sadi. Bug’doyiq 
asosiy fonni tashkil qilganidan bu mintaqani bug`’doyik-yirik o`tli tog` quruq 
dashti deb ham yuritiladi.
O’zbekistonlik olimlar tomonidan (Genusov, Gorbunov, Kimberg) 
ishlab chiqilgan tuproqlar tasnifining geomorfologik rayonlarga munosib 
ravishda tog`oldi va past tog`larda bo`z tuproqlar, o`rtacha yuksakliklardagi 
tog`larda jigarrang va tog` o`rmon qo`ng`ir tuproqlari hamda yuksak 
tog`larda o`tloqi-dasht och qo`ng`ir tuproqlari tarqalgan.
Tekisliklardagi sigari yuksaklik mintaqalarqda ham sizot suvlari yer 
yuziga yaqin joylashgan yerlarda gidromorf tuproqlar, gidromorf va avtomorf 
tuproqlar orasida elyuvial-gidromorf tartibotdagi o`tma tuproqlar hosil 


bo`lgan. Bo`z tuproqlar. Poyasi atalgan tog`oldi qiya tekislaklar va past 
tog`larda quyidagi tiplari tarqalgan.
X. Bo`z tuproqlar.
XI. tuproqlar.
XII. Botqoq tuproqlar.
XIII. Sho’rxoklar.
Avtomorf sharoitda bo`z tuproqlar, elyuvial-gidromorf sharoitda 
solonetslar, gidromorf sharoitda o`tloqi, botqoq va sho`rxoklar hosil 
bo`lgandir.
XIV. Bo`z tuproqlar poyasining bo`z-voha tuproqlari.
XV. Bo`z tuproqlar poyasining o`tloqi-voha tuproqlari.
XVI. Bo`z tuproqlar poyasining botqoq-voha tuproqlari.
X. Bo`z tuproqlar.
Bo`z tuproqlar Tyan-Shan, Pomir-Oltoy va Kopetdog`ning tekisliklar 
bilan kontakt zonadan boshlanib barcha qiya tekisliklarni, o`rtacha 
yuksakliklardagi tog`larni ishg`ol qiladi. Bu poyas arid iqlimi va efemer-
efemeroidli o`simliklar qoplamidan iborat. Tog`oldi qiya tekisliklaridan past 
tog`larning yuqori qismida ko`tarilgan sari iqlimning aridlik xususiyati ozaya 
boradi, o`smlikalarda kech vegetatsiya qiluvchi shakllari ko`payadi va 
qalinlashadi. Tuproqlarning chirindisi ortadi, tuproq kesmasi uzayadi, 
karbonatlar va gips ko`proq yuvila boradi. Bo`z tuproqlardagi bu o`zgarishlar 
ularning tipchalarga ajratishni taqozo qiladk. Tog` ostidan yuqoriga 
ko`tarilgan sari och tusli, tipik va to`q tusli tuproq tipchalar ajratiladi.


X.1. Och tusli bo`z tuproqlar cho`l zonasi bilan vertikal poyasning 
kontakt zonasida absolyut yuksakligi 300 metrdan 600 metrgacha bo`lgan 
yuksakliklarda - Qoratov etaklari, Mirzacho`l, Farg`ona vodiysining 
adirlarida va KObtyc yoyilmalarida, Zarafshon, Surxondaryo va Vaxsh 
vodiylarining yuqori terrasalarida, Kopetdog` etagida, Korabel va Badxiz 
yuksakliklarida tarqalgan. Konus yoyilmalari va tog`oldi qiyaliklari turli 
shag`allar va mayin jinslar aralashmasidan iborat bo`lib, jinslarning tarkibi 
quyiga tomon og`irlashib boradi. Adirlarda esa to`rtlamchi davrining 
Mirzacho`l va Toshkent yaruslariga mansub bo`lgan lyosslar va lyossimon 
jinslar ustida hosil bo`lgan. 



Download 197.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling