Mundarija Kirish bob o’zbekistonnning suvlari va muzliklari
Download 76.08 Kb.
|
O\'zbekiston suvlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 O’zbekiston ko’llari va suv omborlari ………………………..…...,13 2.2 O’zbekiston hududining yer osti suvlari ….…………….…………..22
- Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………….......33 Kirish
Mundarija Kirish…………………………………………………………………..……2 1-BOB O’zbekistonnning suvlari va muzliklari 1.1. Daryolar suvining harorati va muzlash hodisalari …………….….7 1.2. Daryolarning oqiziqlari va muzliklari ………..…………………….8 2-BOB O’zbekiston hududining yer osti suvlari va genetik turlari 2.1 O’zbekiston ko’llari va suv omborlari ………………………..…...,13 2.2 O’zbekiston hududining yer osti suvlari ….…………….…………..22 2.3 yer osti suvlarining genetic turlari…….…………………………….26 Xulosa……………………………………………….…………………......28 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………….......33 Kirish O’zbekistonning iqlimi g`oyat quruq bo’lishiga qaramasdan uning hududida daryo va ko’llar ancha ko’p. Lekin ular respublikamizda notekis joylashgan. Tekislik qismida oqar suvlar juda kam. Tog`larida esa serirmoq daryolar, katta-kichik soy va jilg`alar juda ham ko’p. Tog`lardan oqib tushgan daryolar tekislikka kelishi bilan asosan ekin dalalarini sug`orishga sarf bo’ladi, qisman bug`lanadi, yer ostiga sizib ketadi va shunday qilib, suvi asta-sekin kamayib qoladi. Shuning uchun ham O’zbekiston daryolarining ko’pchiligi ma’lum bir suv havzasiga quyilmasdan tugab qoladi. O’zbekistonning tog`larini o’rab turgan tog` oldi tekisliklarida ham gidrografik tarmoqlar ko’p, lekin ularning ko’pchiligi bosh daryolar va ularning irmoqlaridan suv olib tevarak-atrofdagi yerlarni sug`orish uchun tarqatib beruvchi kanallar va ariqlardan iborat. Binobarin, O’zbekiston tog`lari yog`in suvi yig`iladigan asosiy joy bo’lsa, tekisliklar suv sarf bo’ladigan va bug`lanadigan hududlardir. Oqim doimiy oqar suvlardan, vaqtincha oqar suvlar va qorasuvlardan tashkil topgan. O’zbekistonda ko’llar ham notekis taqsimlangan. Ko’llarning ko’pchiligi tekisliklarda, asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon vodiylarida va deltalarida, vohalarning chekkalarida joylashgan. Katta maydonni egallagan cho’llarda esa tabiiy ko’llar juda kam. Ular daryolarning qayirlarida saqlanib qolgan. Tog`lik qismida ko’llar 2000-3000 m balandlikda, ayniqsa 3000 m dan yuqorida eng ko’p uchraydi. O’zbekiston tog`laridagi muzliklar ham hududda notekis taqsimlangan. Muzliklar Piskom, Hisor tog` tizmalarining g`arbiy, janubi-g`arbiy yonbag`irlarining 3500 metrdan baland qismlarida ko’proq uchraydi. Respublikamizda daryo va ko’llarning notekis taqsimlanganligiga asosiy sabab O’zbekiston hududining iqlimiy, gidrologik va orografik xususiyatlaridir. Respublika maydonining 20 % ga yaqiniga yil davomida 80-200 mm, qolgan 80 % iga esa 200-300 mm va undan ko’p yog`in tushadi. Yog`inning asosiy qismi qish va bahor oylariga to’g`ri keladi. Yozda yog`ingarchilik juda kam bo’ladi. O’zbekistonning tekislik qismida Quyosh radiastiyasining katta bo’lishi, havoning quruq va issiq kelishi, yog`inning oz yog`ishi, qorning kamligi va uzoq turmasligi, yer yuzasi nishobliining kamligi hamda qumoq, qum jisnlarining keng tarqalgani oqimlar, ayniqsa oqar suvlar hosil bo’lishiga imkon yaratmaydi. Shuning uchun O’zbekistonning tekislik qismida doimiy oqar suvlar hosil bo’lmaydi. Faqatgina gil keng tarqalgan va taqirli erlarda qattiq jala yog`ganda, qor birdan eriganda vaqtincha oqar suvlar vujudga keladi. Vaqtincha oqar suvlar va qurib qoladigan soylar O’zbekistonning tog` oldi mintaqasida va tog` etaklarida ham ko’p. O’zbekistonning janubi-sharqida joylashgan tog`lik qismi iqlimiga relef, birinchi navbatda mutlaq balandlik juda katta ta’sir ko’rsatadi. Yuqoriga ko’tarilgan sari yog`in miqdori ham ortadi, havo sovuqroq keladi, qalinroq qor qoplami hosil bo’lib, uzoqroq turadi, namning bug`lanishi va erga shimilishi kam bo’ladi. Shunga ko’ra tog`lar muhim iqlimiy-gidrologik omil bo’lib, ular namlikni to’plab beradi. Bu bilan tog`lar oqar suvlar hamda yer osti suvlarining hosil bo’lishiga qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun O’zbekiston tog`larida daryolar ko’p. O’zbekiston tog`lari O’rta Osiyodagi oqim vujudga keladigan tog`li hududning bir qismi hisoblanadi. Ammo respublika hududidagi tog`larda O’zbekiston yer usti suvlarining faqat oz qismi vujudga keladi. Respublikamizdagi ko’p daryolarning bosh qismi Tojikiston va Qirg`izistondagi doimiy qor hamda muzliklar ko’p bo’lgan baland tog`larda joylashgan. O’zbekistonda foydalaniladigan daryo suvlarining faqat 10 %i (10 km3 atrofida) respublika hududida vujudga keladi, qolgan 90 %i, ya’ni 89 km3 suv manbai mamlakatdan tashqarida joylashgan. Bevosita O’zbekiston hududida vujudga keladigan daryo oqimi Amudaryo havzasi umumiy oqimining 6 % ini, Sirdaryo havzasi oqimining 15 % ini tashkil qiladi. O’zbekiston hududi gidrografik jihatidan ochiq dengiz va okeanlar bilan bevosita bog`lanmagan berk havzadan iborat. O’zbekiston daryolari dunyo okeaniga tabiiy bog`lanmagan Orol havzasiga kiradi. Daryolar. O’zbekiston hududidagi daryolarni to’yinish manbaiga qarab 4 ta turga ajratadi. I. Muzlik va qor suvlaridan to’yinadigan daryolar. II. Qor va muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar. III. Qor suvlaridan to’yinadigan daryolar. IV. Qor va yomg`ir suvlaridan to’yinadigan daryolar. Biroq bu to’yinish turlari shartlidir. Ma’lumki, tog` daryolarining to’yinishi jihatidan qaysi turga kirishi shu daryolarning ma’lum bir kuzatish punktiga nisbatan aniqlanadi va daryoning hamma qismi xususiyatini aks etdirmaydi. Bundan tashqari daryolarning to’yinish sharoitlari yildan yilga ham o’zgarishi mumkin. I. Respublikamizdagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Oqsuv, Xo’jabaqirgan, Sox, Isfara kabi daryolarning bosh qismlari tog`larda 4500 m. dan balandda joylashgan muzliklar va doimiy qorlar suvidan to’yinadi. Bu xil daryolarda oqim yillar davomida eng kam o’zgaradi, yillik oqimda to’lin suv davri eng kech bo’lib, asosan iyul-avgust oylariga to’g`ri keladi. Bu oylarda oqib o’tgan suv yillik oqim miqdorining 30-38 % i ni tashkil etadi. Chunki bu oylarda havo xaroratining ko’tarilishi tufayli tog`larning baland qismidagi muz va qorlar eriydi. Daryo suvining eng kamaygan davri, aksincha qish oylariga to’g`ri keladi. II. O’zbekistonning Sirdaryo, Norin, Qurshob, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to’yinadi. Bu turdagi daryolarning oqimi ko’proq mavsumiy qor va kamroq miqdorda ko’p yillik qorlarning erishi hisobiga hosil bo’ladi, muzlik suvlarining hissasi ancha kam-yillik oqimning 15% i gacha boradi. Bu daryolarda to’lin suv davri may-iyun oylariga to’g`ri kelib, bu oylarda yillik oqimning 30-40 % i o’tadi. Kamsuvlik davri esa dekabr-fevral oylariga to’g`ri keladi. III. Qashqadaryo, G`uzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G`ovasoy kabi suv yig`ish maydonlari 3400 metrdan pastda joylashgan daryolar asosan mavsumiy qorlar suvi hisobiga to’yinadi. Bu daryolar to’yinishida ko’p yillik qor va muzliklarning hissasi juda kam, to’lin suv davri esa ertaroq, ya’ni aprel-may oylarida qorlarning erishi natijasida kuzatiladi va yillik oqimning 60 % gacha qismini tashkil etadi. Yozda esa bu tipdagi daryolar suvi kamayib qoladi. IV. Kalas, Zominsuv, Sheroboddaryo kabi suv yig`ish maydonlari 2000 metrdan pastda joylashgan daryolar qor-yomg`ir va yer osti suvlaridan to’yinadi. Bu turdagi daryolarda to’lin suv davri juda erta, bahor boshida (mart-aprel oylarida) bo’lib o’tadi va bu davrda yillik oqimning 80 % i oqib o’tadi. Chunki bu davrda tez-tez yomg`ir yog`adi, qorlarning erishi tezlashadi. Aksincha yozning ikkinchi yarmida daryolar suvi juda kamayib, ba’zi soylarning suvi esa qurib qoladi. O’zbekistonda doimiy oqimga ega yoki qurib qoluvchi mayda soylar asosan chekkadagi tog` tizmalarida, tog` oldilarida, past tog`larda ko’p uchraydi. Ularning soni Farg`ona vodiysining o’zida 6500 ta, Zarafshonning o’rta oqimida 120 tadan ko’proq, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq daryosi havzalarida ham ancha ko’p. Soylar havzasining o’rtacha balandligi 1000-2000 m. oralig`ida, to’yinish manbalari qor-yomg`ir va buloq suvlaridan iborat, to’lin suv davri fevral-iyun oylariga to’g`ri keladi va bu davrda yillik oqimning 50-100 % oqib o’tadi.O’rtacha yillik oqim miqdori ko’pchilik soylarda 0,02-0,1 m3 G`sekundga to’g`ri keladi. Lekin sel kelganda soylarda katta miqdorda suv o’tadi. Sel suvlari miqdori soylarning bir yillik oqimidan ham ko’p bo’lishi mumkin. Sel respublikamizning tog` oldi hududlarida kuzatilib, ancha tashvishlar keltiradi. Dahshatli sel hodisalari asosan, o’rmonsiz tog`lardan oqib tushadigan soylarda jala tarzida yoqqan yomg`irdan sodir bo’ladi. Bahordagi iliq yomg`irlar tog`dagi qorlarni eritgach soylarda suv miqdori bir necha barobar ortib ketadi. Sel asosan aprel (22 %), may (30 %), iyun (18 %) oylarida ro’y beradi. Sel tez nuraydigan tog` jinslari tarqalgan hamda eroziya mahsulotlari yig`ilib qolgan soylarda ko’proq yuz beradi. 1977-1990 yillarda Farg`ona vodiysida 1000 dan marta ortiq, Qashqadaryo tog`li hududida 180 dan ortiq sel hodisasi qayd qilingan. Bu hududlarda hozir ham sel kelish xavfi mavjud, chunki bitta Farg`ona vodiysining o’zida sel o’tadigan 270 dan ortiq soy bor. Respublikada sel o’tadigan havzalarning maydoni 93,5 ming km2 dan ortiqroq. Ko’p yillik o’rtacha oqim miqdori O’zbekistonda ham asosan iqlimiy omillarga, eng avvalo, yog`in miqdori bilan bug`lanish miqdoriga bog`liq. Qolgan hamma tabiiy-geografik omillar-daryo havzasining relyefi, tuprog`i, o’simliklar qoplami va geologik tuzilishi ko’p yillik o’rtacha oqim miqdoriga ta’sir ko’rsatsa ham, ularning ta’siri asosan yog`in va bug`lanish miqdoriga ta’sir etish orqali bo’ladi. O’zbekiston tog`larida ko’p yillik o’rtacha oqimning miqdori bir xil emas. Nam havo oqimiga ochiq va ular yo’nalishiga ro’para bo’lgan chetki tog` tizmalarining g`arbiy, janubi-g`arbiy va janubiy yonbag`irilaridagi daryolar (Chirchiq, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim irmoqlari) suv yig`ilish maydonlari sersuvligi bilan ajralib turadi. Bu joylarda o’rtacha balandligi 3000 m bo’lgan suv yig`ilish maydonlarida o’rtacha oqim moduli 40 l/cek/km2 dan ortiq, o’rtacha balandligi 3500 m bo’lgan suv yig`ilishi maydonlarida esa 50 l/sek/km2 gacha etadi. Aksincha tog`larning nam havo oqimiga teskari yonbag`irlarida va past tog`larda (mutlaq balandligi 1000 m atrofida) o’rtacha oqim moduli kamayib, 7-12 l/sek/km2 ga, ayrim joylarda hatto 1-2 l/sek/km2 ga tushib qoladi. Download 76.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling