Mundarija Kirish bob o’zbekistonnning suvlari va muzliklari
Amudaryo va Sirdaryo haqida ma’lumot
Download 76.08 Kb.
|
O\'zbekiston suvlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hammasi 2332,6 73,57 100,8
- Hammasi 1242,9 38,84 72,67
Amudaryo va Sirdaryo haqida ma’lumot
Orol dengizi havzasida suvning asosiy iste’molchisi O’zbekiston hisoblanadi. O’rtadagi daryolar suvidan davlatlararo kelishuviga ko’ra, O’zbekistonga yiliga 43-52 km3 suv ajratiladi. O’zbekistonda ishlatiladigan yalpi suv miqdori 62-65 km3 ga teng. Buning 25 km3 Amudaryodan, 11 km3 esa Sirdaryodan olinadi. Qolgan qismi kichik daryo va soylar hamda yer osti suvlari hisobiga to’ldiriladi. O’zbekistonda 1988 yilda 54777 mln m3 toza suv ishlatilgan. Bunga 6630 mln m3 qayta ishlatilgan suvni qo’shsak, jami 61407 mln m3 suv sarflangan. Shundan 85 % i qishloq xo’jalik maqsadlarida, 11 % i sanoatda ishlatilgan. Respublikamizda ishlatilgan toza suv miqdori 1990 yilda 52,4 km3 ni, 1992 yilda- 53,8 km 3 ni tashkil etgan. Respublikada yer osti suvlari zahirasi 19 km 3 . Shundan 52 % i xalq xo’jaligida ishlatilmoqda. Buning 3,43 km 3 xo’jalik maqsadlarida, 0,74 km 3 –obikor dehqonchilikda, 2,5 km3 drenaj ishlarida foydalanilmoqda. Suv resurslaridan foydalanishda yo’l qo’yilgan kamchliklar yirik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bular: Orol dengizi muammosi, daryo qayirlarida to’qay ekosistemalarining degradastiyasi, daryo suvlarining ifloslanishi va kamayib qolishi, zovur, tashlama ko’llarning vujudga kelishi, yer osti suvlarining ifloslanishi, zovur suvlarini chuchuklashtirish, tozalash va ulardan yana sug`orishda foydalanishni tashkil etish. O’zbekistondagi nam keltiruvchi shamollarga ro’para bo’lgan baland tog` yonbag`irlarida yiliga 1000 mm gacha yog`in tushadi. Baland tog`larda asosan qor yoqqanligi uchun bu yoqqan qorning hammasi ham shu yili erib ulgura olmaydi va bir qismi keyingi yillarga qolib ketadi. Shu tarzda to’planib qolgan eski qor uyumlari ko’p vaqt o’tishi bilan zichlashib, muzliklarga aylanadi. Shuning uchun O’zbekistonda iqlim qurg`oqchil bo’lsa ham uning tog`larida muzliklar vujudga keladi. O’zbekiston tog`larida 547 ta muzlik bor, lekin bular kichik muzliklar. Ularning umumiy maydoni 332,2 km2. Respublikadagi eng yirik hisoblangan Ayutor-3 muzligining maydoni 3,8 km2, u Toshkent viloyatida joylashgan, Qashqadaryo viloyatidagi Severstev muzligi maydoni esa 2,6 km2 , tengdir. Piskom daryosi havzasida A.Rasulov, F. Hikmatov, D.Aytboev ma’lumotlariga ko’ra, 250 ta muzlik hisobga olingan, ularning umumiy maydoni 127,8 km2 ni tashkil etadi. Ayutor muzligi shu havzada joylashgan. Piskom havzasi muzliklarining 97% kichik muzliklar bo’lib, har birining maydoni 2 km 2 dan, uzunligi esa 1-2 km dan ortmaydi. Piskom havzasidagi muzliklarning suv zahirasi 4,7 km3 ga tengdir. Chirchiq daryosining katta irmoqlaridan yana biri-Chotqol havzasidagi muzliklar ham asosan kichik muzliklar bo’lib, ularning soni 124 ta, maydoni esa 51,2 km2 ga tengdir. O’zbekiston tog`larida muzliklar kam bo’lsa ham ularda (3000-3500 metrdan yuqorida) ko’plab mavsumiy qorliklar hosil bo’ladi. Ular O’zbekistondagi ko’p daryolarning to’yinishida muhim o’rin tutadi, chunki baland tog`lardagi qor ekinlarni sug`orishga ko’p suv zarur bo’lgan yoz oylarida erib, daryolarni suv bilan ta’minlab turadi. Download 76.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling