O’qish – o’quvchining o’z qobiliyati, bilimi, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan harakat.
O’quv-bilish faoliyati – insoniyat tomonidan to’plangan madaniy boylikni egallash bilan bog’liq faoliyat.
O’quv faoliyati – shaxsning yangi bilim, malaka va ko’nikalarni
egallash jarayoni.
Qiziqish – shaxs harakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli shakli.
Yaxlit pedagogik jarayon – tarbiya jarayonida va ta’lim jarayonida tarbiya berishning o’zaro singib ketgan, yaxlit holga kelgan jarayoni.
X U L O S A
Amaliy mashg’ulot asosi talabalarga barcha oliy o’quv yurtlarida ta’lim shakllarini etkazib berishga asoslangan. Talabalar amaliy mashg’ulot ishini tashkil etish, o’qituvchi talabalarga kerak bo’lgan ma’ruzalarning materiallarini beradi va ularni o’zlari amaliy Mashg’ulot materiallari bilan to’ldirilshi kerak. Shuni takidlash kerakki, talabalarning amaliy Mashg’ulot ishi ijobiy natijalar beradi agar, u maqsadli, tizimli va aniq rejalashtirilgan bo’lsa. Bunda talabaning amaliy Mashg’ulot ishining o’ziga hosligi shunda bo’lish kerakki, talaba o’zi mustaqil va yangi bilimlar olish lozim. Bundan shunday hullosaga kelish imiz mumkin:
Talabaning amaliy mashg’uloti - bu turli hil individual yoki guruhli vazifalarni o’qitish usullaridan foydalangan holda bajariladigan amaliy dars (seminar, praktikum) bo’lib, bunda talabalar yangi bilimlarini, yoki oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi.
Shunday qilib, ta’lim standartining auditoriyadan tashqari talabalar amaliy Mashg’ulot ishlarni tashkillashtirish sohasidagi talablarini bajarish uchun zarur:
• talabalar amaliy Mashg’ulotning mahoratini shakllantirish;
• o’qituvchi va talabalarning auditoriyadan tashqari ishining talabalar amaliy Mashg’ulotlarni bajarilib borishini nazorat qilish uchun me’yorlarini ishlab chiqish;
• maxsus o’quv-uslubiy adabiyot va ularning elektron versiyalarini chop etish;
• mavjud elektron nashrlardan foydalanish va o’ziniki (yangisi)ni yaratish va xakozalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |