s. KiriSH. «Kuntug‘mish» I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «Kuntug‘MlSH»


Download 0.53 Mb.
bet17/123
Sana20.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1713168
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
Bog'liq
Nurbek kitob 8-sinf

2-§. LUTFIY 31


  1. Lutfiy qalamiga mansub quyidagi «Dog‘i bor» tajnisli tuyuqning nechanchi satrlarida «bor» so'zi «mavjud» ma'nosida kelgan?

Ko‘ngluma haryonki boqsam, dog'i bor,
Harnecha dardimni desam, dog'i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo'ldi firoqing dog'i bor.

  1. to'rtinchi va ikkinchi satrlarida

  2. birinchi va uchinchi satrlarida

  3. uchinchi va to'rtinchi satrlarida

  4. birinchi va ikkinchi satrlarida

  1. Lutfiyning qaysi g'azalining qofiyasi arabiy-forsiy kalimalardan tashkil topgan?

  1. «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur»

  2. «Xoh inon, xoh inonma»

C) «Qiladurg‘on bu ko'nguldur, bu ko‘ngul»
D) «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...»

  1. Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azalida qaysi so'zlar qofiyadosh bolib kelgan?

  1. sevarim - jigarim - saharim - guzarim - xabarim - basarim - nazarim - siymbarim

  2. saharim - jigarim - sevarim - nazarim - dilbarim - xabarim - guzarim - siymbarim

  3. sevarim - saharim - jigarim - ketarim - guzarim - basarim - xabarim - siymbarim

  4. jigarim - sevarim - qarorim - guzarim - basarim - xabarim - nazarim - siymbarim

  1. Biror shoirning mashhur g'azaliga uning qofiya va radifidan foydalanib, o'xshatmalar yozish nima deb ataladi?

A) nazira B) mustazod
C) musamman D) musaddas

  1. Lutfiy qalamiga mansub qaysi g'azalning oltinchi baytida yor timsolida zimdan Tangri taolo ko'zda tutilgani uchun u hamisha yakka- yu yagona zot sifatida ta'riflanadi va lirik qahramon yorini o'zga kishi bilan yonma-yon ko'rishni istamasligini: «Oy yuzung'a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla yo'qtur nazarim...», — deya ta'kidlash orqali: «Sening Oydek yuzingga boshqa kishining boqishini istamayman», — degan fikrni ham singdirishga harakat qiladi?


32 2-§. LUTFIY




A) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur»
B) «Xoh inon, xoh inonma»
C) «Qiladurg‘on bu ko'nguldur, bu ko‘ngul»
D) «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...»

  1. Lutfiyning «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» deb boshlanuvchi g'azali qaysi vaznda bitilgan?

  1. hazaji musaddasi mahzuf

  2. hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf

  3. mutaqoribi musammani mahzuf

  4. ramali musaddasi mahzuf

  1. Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azali qaysi vaznda bitilgan?

  1. mutaqoribi musammani mahzuf (yoki maqsur)

  2. hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (yoki maqsur)

  3. ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur)

  4. mutaqoribi musaddasi mahzuf (yoki maqsur)

  1. Lutfiyning «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» deb boshlanuvchi g'azalida maqollar qaysi misralarda keladi?

  1. faqat ikkinchi, uchinchi misralarda

  2. faqat ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi misralarda

  3. toq misralarda

  4. juft misralarda

  1. Quyidagi tuyuqning qofiyalaridagi yashirin ma'nolarni toping. Ko'ngluma haryonki boqsam, dog‘i bor, Harnecha dardimni desam, dog'i bor, Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo'ldi firoqing, dog'i bor.

  1. dog‘i bor - otashi bor;

dog‘i bor-dog‘i bor;
dog‘i bor - yana (tag'in) bor.

  1. dog‘i bor - yana (tag'in) bor;

dog‘i bor - otashi bor;
dog‘i bor- dog'i bor.

  1. dog'i bor - dog'i bor;

dog‘i bor - yana (tag‘in) bor;
dog'i bor - otashi bor.

  1. dog'i bor - yarasi bor;

dog‘i bor - yana bor;
dog‘i bor - otashi yuk.




2-§. LUTFIY 33


  1. Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonmaw radifli g-azalida matla'da radifdan tashqari necha so‘z ishtirok etgan?

A) 5 ta B) 4 ta
C) 3 ta D) 6 ta

  1. Lutfiy qalamiga mansub quyidagi tuyuqning to'g'ri talqinini toping. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men.

Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga su/tonsen, ey dil, banda men.
A) Men sening dastingdan, ey dil, banda (fuqaro) men.
Vah, men qachon u dilbandga yetgayman?
Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil, banddaman (bog'lanib qolganman).
B) Vah, men qachon u dilbandga yetgayman?
Men sening dastingdan, ey dil. banddaman (bog'lanib qolganman),
Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil, banda (fuqaro) men.
C) Men sening dastingdan, ey dil, bandaman (fuqaro) men, Vah, men qachon u dilbandga yetgayman?
Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil, bandda (bog'lanib qolganman) men.
D) Men sening dastingdan, ey dil, banddaman (bog'lanib qolganman),
Vah, men qachon u dilbandga yetgayman?
Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil, banda (fuqaro) men.

  1. Lutfiy qalamiga mansub «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azalning mavzusini toping.

A) majoziy ishq B) ilohiy ishq
C) tabiat mavzusi D) do'stlik mavzusi

  1. Lutfiy qalamiga mansub g'azalning radifida ishtirok etgan «inonma» - hozirgi tilimizda mavjud «ishonma» so'zining XV asrdagi shakli bo'lib, hozirda ham mamlakatimizning qayerlarida «ishonma» o'rniga «inonma» shaklining ishlatilishini kuzatish mumkin?

  1. Qashqadaryo viloyatida, Turkmanistondagi o'zbek shevalarining ba'zilarida

  2. Xorazm viloyatida, Turkmanistondagi o'zbek shevalarininq ba'zilarida




34 2-$. LUTFIY


  1. Buxoro viloyatida, Afg‘onistondagi o'zbek shevalarining ba'zi- larida

  2. Samarqand viloyatida, Afg'onistondagi o'zbek shevalarining ba'zilarida

  1. Lutfiy «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azalining nechanchi baytida yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg'ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetgan lirik qahramon holatini tasvirlaydi?

A) matla'da B) 3-baytda
C) 4-baytda D) maqta'da

  1. Lutfiyning «Qiladurg‘on bu ko'nguldir, bu ko'ngub radifli g'azalining nechanchi baytida shoir o‘ziga murojat etib, bu ishni boshqadan ko'rma, ko‘z yoshlaringni daryodek to'kayotgan ham aynan «bu ko'nguldur, bu ko‘ngul», deydi.

A) matla'da B) uchinchi baytida
C) beshinchi baytida D) maqta'da

  1. Quyidagi tuyuqning to'g'ri talqinini toping.

Ko‘ngluma haryonki boqsam, dog'i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo'ldi firoqing dog‘i bor.

  1. Ko'nglimga har tarafdan boqsam, dog‘i bor, har qancha dardimni aytsam, otashi bor. Qildekkina tanamga bori ishqing yor edi, firoqing bir taraf bo'ldi, yana bor.

  2. Ko'nglimga har tarafdan boqsam, dog'i bor, har qancha dardimni aytsam, yana bor. Qildekkina tanamga ishqing yuki yor edi, bir tarafdan endi firoqing otashi ham yuk bo'ldi.

  3. Ko'nglimga har tarafdan boqsam, dog'i bor, har qancha dardimni aytsam, otashi bor. Qildekkina tanamga ishqing yuki yor edi, bir tarafdan endi firoqing otashi ham yuk bo'ldi.

  4. Ko'nglimga har tarafdan boqsam, dog‘i bor, har qancha dardimni aytsam, yana bor. Qildekkina tanamga bori ishqing yor edi, firoqing bir taraf bo'ldi, yana bor.

  1. Muayyan tartibga solingan matn nima deb ataladi?

A) rukn B)vazn
C) nazm D) hijo



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling