Fanning maqsad va vazifalari
|
Fizika fanining asosiy maqsadi talabalarni asosiy fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo‘llanishlari bilan tanishtirishdir. Fizika fanining asosiy vazifasi talabalarda ilmiy-amaliy dunyoqarashni, ya’ni fizikaviy hodisalarning tabiatini to‘g‘ri tasavvur qilish, tabiiy fanlar sohasida qo‘yilgan har bir aniq vazifalar mazmunini umumiy fizika qonunlari bilan bog‘lash; asosiy fizikaviy o‘lchov asbob-uskunalaridan foydalana bilish; fizika fanining rivojida o‘zbek allomalarining qo‘shgan hissalaridan g‘ururlanishni shakllantirishdir; talabalarning mustaqil ishlash malakasini, tahliliy mulohaza yuritish qobilyatini, shuningdek asosiy va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish mahoratini o‘stirish.
|
3
|
Fanning o’quv rejadagi fanlar bilan aloqasi
|
Fizika fanining aniq chegarasini ko‘rsatish mumkin emas. Chunki, hozirgi zamon fanida predmetlararo bog‘lanish keng rivojlangan. Mazkur fan matematika, biologiya, kimyo, geografiya, geodeziya, falsafa kabi qator fanlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Shu sababli tabiiy fanlar oralig‘ida yangi ilmiy yo‘nalishlar vujudga kelgan. Masalan, kimyo fizikasi, biofizika, geofizika, geoakustika va boshqa yo‘nalishlar shular jumlasidandir. Fanni egallashda elementar matematika kursini bilishlari hamda differensial va integral tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak. Harakatnig oliy, ancha murakkab formalarini boshqa fanlar – kimyo, biologiya va boshqalar o‘rganadi. Shuning uchun fizika fanini 1-kurs talabalariga 2-semestrdan o‘qitilishi maqsadga muvofiq.
|
4
|
El. pochta va boshqa elektron vositalar orqali aloqa tartibi
|
Talabalarning fizika fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informacion-pedagogik tehnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv–uslubiy majmua, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tarqatma materiallar, tajriba namoyishlari o’quv filmlari, internet tarmog’idan, ko’rgazmali materiallardan foydalaniladi. Shuningdek, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida mos ravishda ilg’or pedagogik tehnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
O’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha. Baholash masalasi elektron pochta yoki telefon orqali muhokama qilinmaydi. Baholash faqat universitet hududida, belgilangan xona va belgilangan vaqtda hamda dars davomida (JN) amalga oshiriladi.
|
5
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |