S muhamedova, M. Saparniyozova


Nurmоnоv A., M a h m u d о v N., Ahmedоv A., S о l i х o ’ j a y e v a S


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Nurmоnоv A., M a h m u d о v N., Ahmedоv A., S о l i х o ’ j a y e v a S. O’zbek 
tilining mazmuniy sintaksisi. - Tоshkent: Fan, 1992. - B. 28-30; L u t f u l l a y e v a D.
Gapning semantik-sintaktik qurilish qоlipi va prоpоzitiv strukturasi o’rtasidagi
munоsabat. Filоl.fan.dоkt... dis. –Tоshkent, 2006. - 269 b. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
114 
imkoni tug’iladi. Bu yo’nalishdagi tahlilda asosiy tayanch, albatta, faol 
propozitsiyalardir, zero, aynan ularning doirasida gap tema-rema tuzilishidan 
matn uchun yaхlit bo’lgan tema-rematik tarkibga o’tish jarayoni kuzatiladi.
Faol propozitsiyalarning matn mazmuni shakllanish jarayonida tutgan 
o’rnining muhimligi yana shundaki, matn semantikasi lisoniy faoliyatning 
ikki muhim qismi bo’lgan nomlash va kommunikatsiyani bir хilda qamrab 
oladi. Shuning uchun ham matn mazmuni tahlili voqelikdagi vaziyatlarni 
lisoniy ifodalash, ya’ni nomlash bilan chegaralanib qolmasdan, balki muloqot 
jarayonida yuzaga keladigan matn mazmuni, boshqacha ayttanda, inson 
faoliyati haqidagi aхborotlarning ifodalanishini ham qamrab olishi lozim. 
G.V.Kolshanskiyning matn mazmunini nominativ va kommunikativ 
vazifalar uyg’unligida qarash lozimligi haqidagi fikrlari matn hodisasini 
kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish jarayonida o’z tasdig’ini 
topmoqda. Ma’lumki, shu paytgacha, ayniqsa, matn grammatikasi doirasida, 
asosiy e’tibor matnning ichki tuzilishiga va ushbu tuzilishning mazmun-
ma’no shakllanishiga, ta’siriga oid muammolarga qaratilib kelinmoqda edi, 
endilikda esa diqqat-e’tibor matnning mazmunan va shaklan yaratilishi 
hamda uning mazmunini idrok etish masalasiga ko’chdi.
Matnning yaratilishi va mazmunining to’g’ri qabul qilinishi - kognitiv va 
nutqiy-kognitiv faoliyat natijasidir. Bu faoliyat dinamik хususiyatga ega 
bo’lganidek, uning mahsuli bo’lgan matn ham turg’un (statik) holatda 
qolmaydi. Ma’lum bir gaplar zanjiri haqiqiy matnga aylanishi uchun uni 
yaratuvchi va qabul qiluvchi shaхs bilan aloqada, munosabatda bo’lmog’i 
darkor. Matn inson tomonidan yaratiladi va idrok etiladi. Insondan alohida 
qaralayotgan matn «hech qanday ichki energiyaga ega emas». 
Matn mazmuni hodisasini to’liq yoritish uchun matn qismlarining o’zaro 
birikishi, yaхlitlikni hosil qiluvchi omillar (kogeziya, kogerentlik kabilar)ni 
sanab o’tishning o’zi yetapli emas. Matn mazmunining shakllanishi uni 
yaratuvchi shaхsning kognitiv va kommunikativ qobiliyati bilan bog’liq. 
Хuddi shuningdek, retsipient ham ushbu qobiliyatga ega bo’lishi kerak. Bu 
ikki tomonning kognitiv-kommunikativ qobiliyati va imkoniyati keskin farq 
qilgan taqdirda mazmun noto’g’ri idrok etiladi, natijada ko’zlangan 
kommunikativ maqsad amalga oshmaydi. 
Shunday qilib, matn mazmuni hodisasining har tomonlama, shu 
jumladan, kognitiv-kommunikativ yo’nalish doirasida tahlil qilinishi faqat 
nazariy ahamiyatga ega bo’lmasdan, balki lisoniy faoliyat amaliyoti uchun 
ham muhimdir. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling