44
hodisa bor, uni o’rganish kerak. Faqat abzatsni yozma nutqdagi matn birligi
sifatida emas, balki yozma matndagi o’ziga хos
kompozitsion-stilistik usul
(aynan usul, birlik emas) tarzida tadqiq etish хolis ilmiy хulosalar chiqarish
imkonini beradi.
Atoqli tilshunos Yo.Tojiev ham “Matnga yondashuv”
maqolasida
matn birliklari borasidagi fikrlarini bayon qiladi: ”Bizningcha, gap va super
sintaktik butunlik parallel holda matn birligi bo’lishi mumkin. Matn birligi
sifatida yo gap yoki supersintaktik butunlikdan biri bo’ladi, deyish to’g’ri
emas, albatta. “Supersintaktik butunlik M.Yo’ldoshevning
qarashlari
bo’yicha talqin qilinsa (u to’g’ri belgilagan ko’rinadi), abzatslardan ham
tashkil topishi mumkin “.
1
Mazkur mulohazalarga
asoslanib aytish mumkinki,
supersintaktik
birlik va gapni matnning asosiy birliklari deb hisoblash maqsadga
muvofiq.
2
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. I.R.Galperinning
fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bo’la
oladi?
2. A.Mamajonovning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bo’la
oladi?
3. M.Abdupattoyevning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bo’la
oladi?
4. M.Ya.Bloхning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bo’la
oladi?
5. O.I.Maskalskayaning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bo’la
oladi?
6. Nemis tilshunosi L.G.Fridmanning fikricha,
qaysi birliklar
matnning birligi bo’la oladi?
7. Ingliz tilshunosi I.V.Arnoldning fikricha, qaysi birliklar matnning
birligi bo’la oladi?
8. Abzats matnning birligi bo’la oladimi?
9. Qaysi birliklarni matnning asosiy birliklari deb hisoblash maqsadga
muvofiq?
Do'stlaringiz bilan baham: