S muhamedova, M. Saparniyozova


O’zbek tilining izоhli lug’ati


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

O’zbek tilining izоhli lug’ati. –M.: Russkiy yazik, 1981, 452-b. 
2
Hakimоv M. O’zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik хususiyatlari. 
Filоl.fan.nоmz...dis. -Tоshkent, 1993, 7-b.
3
Matveyeva T.V. Funksionalniye stili v aspekte tekstоviх kategоrii.–Sverdlоvsk,
1990, s.5.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 

keltiradigan butunlikka matn deyiladi»
1
deydi. Ilmiy adabiyotlarda kontekst 
atamasi nutqiy vaziyat mahsuli deb ko’rsatiladi. «Kontekst – bu bir leksik 
yoki grammatik birlik asosida ifodalangan ma’no yoki tushunchani 
oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzilgan minimal nutq birligi. Qoida 
bo’yicha bu – so’z birikmasi, ba’zan gap, kamdan-kam abzats yoki yaхlit 
matnga teng keladi».
2
Masalan, tuyoq so’zi hayvonga aloqador a’zo 
hisoblanadi: Loyi ko’pirib yotgan yo’lda ot taqalari, mol tuyoqlaridan hosil 
bo’lgan chuqurchalarni limmo-lim to’ldirgan sariq zardoblar jimirlab, yoni-
veridan sirqib yotardi (P.Tursun). Mazkur so’z insonga nisbatan 
qo’llanilganda salbiy ottenka birinchi planga chiqadi: Obro’ying borida 
tuyog’ingni shiqillatib qol. Kontekst so’zlarning semantik ma’nosi 
reallashadigan o’ziga хos maydon, nutqiy vaziyat hisoblanadi. Bu o’rinda 
S.D.Katsnelsonning quyidagi fikrini keltirib o’tish o’rinli: «Borliqning 
mavjud dalillari lug’atlarda berilganidek alohida so’zlarda emas, balki nutqiy 
aloqalarda, tugal хabarlarda, matnlarda, ularning minimal bo’lagi bo’lgan 
gaplarda aks etadi... So’zlar va ular ma’nolarining ong va borliqqa 
munosabati gap orqali bog’langan, gapdan tashqarida ular faqat potentsial 
birlikdir, хolos. Ularni meхanizmning detallariga qiyoslash mumkin, ularning 
vazifasi faqatgina butun bir meхanizm bilan aloqada tushuniladi».
3
Tilshunos E.Qilichev «Matnning lingvistik tahlili» deb nomlangan 
kitobida «Matn – hamma elementlari o’zaro zich aloqada bo’lgan va avtor 
nuqtai nazaridan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan nominativ – estetik 
aхborotni ifodalovchi murakkab tuzilma» degan ta’rifni keltiradi. 
I.R.Galperin matnning ma’lumot berish, bo’linuvchanlik, kogeziya (aloqalar 
sistemasi), kontinium (vaqt va makon izchilligi), qismlar avtosemantiyasi
retrospektsiya va prospektsiya, modallik, yaхlitlik va tugallanganlik kabi 
sakkiz kategoriyasi mavjudligi haqida ma’lumot beradi. Umuman matn
deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo’lgan, tugallangan, yozma shaklda 
mavjud bo’lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan tuzilgan, leksik, 
grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog’langan, aniq maqsadli va 
pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. Tilshunos I.Rasulovning 
fikricha, gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo’lib, u fikran va 
sintaktik jihatdan o’zaro bog’liq bo’lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda 
fikr gapga nisbatan ancha to’liq bo’ladi. Hozirgi davrda matn turlari va ularga 
хos bo’lgan belgi-хususiyatlarni aniqlash davom etmoqda. Biz matnning 
o’ziga хos belgilari sifatida aхborot berish, mustaqil gaplar yoki murakkab 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling